Mazkur tajriba harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy bilan o’rtacha ta’minlangan o’tloqi-taqir tuproqda amalga oshirilgan va blinda kaliyning maqsadga muvofiq me’yori gektariga 150 kg bolishi aniqlangan.
Mahalliy o’g’itlardan sholiga go’ng, kompostlar va ko’kat o’g’itlar qo’llaniladi. Go’ng va kompostlarni kuzda, shudgor ostiga 20—40 t/ga miqdorida ishlatish hosildoriikni gektariga 20—25 s ga oshiradi.
Azotli o’g’itning yillik me’yori bo’lib-bo’lib ekisli oldidan va qo’shimcha oziqlantirishda beriladi. Asosiv o’g’itlash ammiak shakldagi azotning nitrifikatsiyalanishini kamaytirish maqsadida ekish oldidan o’tkaziladi. Bunda yillik azot me’yorining 1/2 — 2/3 qismi kultivator yoki diskali tirma yordamida tuproqning 8—10 sm chuqurligiga kiritiladi. Og’ir granulometrik tarkibli tuproqlarda asosiy o’g’itlashdagi azot miqdori bir muncha oshirilishi muinkin. Azotli o’g’itning qolgan qismi 1—3 ta qo’shimcha oziqlantirish yo’li bilan beriladi. Ko’p hollarda qo’shimcha oziqlantirish ikki muddatda — 2—3 chin barg va to’planish davrlarida o’tkaziladi. Qo’shimcha oziqlantirish oldidan sholipoyalarga suv kirishi to’xtatiladi, o’g’itlashdan keyin 2—4 kun o’tgach, cheklar yana suv bilan bostiriladi.
Almashlab ekish sharoitida fosforli o’g’itlar azotli o’g’itlar bilan birgalikda qo’llanilgandagina yaxshi samara beradi. Sholi uchun eng yaxshi fosforli o’g’it — superfosfat hisoblanadi. Markaziy Osiyo sharoitida bir ga maydonga, tuproqning harakatchan fosfor bilan ta’rninlanganligini hisobga olgan holda, 60—90 kg fosfor (P2O5) kiritish loziinligi aniqlangan. Lekin uni qo’llash muddatlari haqida yakdil fikrga kelinmagan. Fosforning yillik me’yori ko’pincha to’laligicha shudgor ostiga kiritiladi. Ayrim mutaxassislar fosforning yillik me’yorining 1/2—2/3 qismini shudgor ostiga, qolgan qismini esa to’planish davrida qo’shimcha oziqlantirish sifatida kiritish tarafdoridir.
Kaliyli o’g’itlarning me’yori tuproqning almashinuvchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq ravishda belgilanadi. Kaliyli o’g’itlar qadimdan haydalanadigan va qayir tuproqlarda yaxshi samara beradi. Kaliyli o’g’itlarning sholi uchun tavsiya etiladigan o’rtacha me’yori gektariga 50—100 kg. Belgilangan kaliyli o’g’it miqdori to’laligicha tuproqni asosiy ishlash paytida kiritiladi. Ba’zi hollarda yillik me’yorning 50—70% i ekishgacha, qolgan qismi qo’shimcha oziqlantirish tarzida to’planish yoki naychalash davrida qo’llaniladi. Sholiga har qanday shakldagi kaliyli o’g’itlarni qo’llash mumkin, bu maqsadda ko’proq kaliy xloridi va kaliy tuzi ishlatiladi. O’g’itlarning samaradorligi sholining navi bilan bevosita bog’liq. Masalan, tajribalar asosida UzRos 7/13 navi UzRos 59 naviga nisbatan kaliyli o’g’itlarga talabchan.