2.4.Tokning tashqi muhit omillariga munosabati
Tokning tashqi muhit omillariga talabi. Tokning o„sishi, rivojlanishi va hosil
berishi tashqi muhitga chambarchas bog„liq bo„ladi. Barcha tashqi sharoit komplekslari
ichida iqlim, tuproq va biotik omillar muhim hisoblanadi. Bu omillar tokka bir vaqtda
ta‟sir ko„rsatadi. Tok har xil tur va navlari hamda o„suv fazalarida tashqi muhit
omillariga munosabati har xil bo„ladi.
Iqlim omillari: tok ekini issiq va subtropik iqlim o„simligi hisoblanadi. U
shimoliy yarim sharning 20°C dan 5200 gacha bo„lgan kengliklarida xo„jalik
miqyosida ekiladi. Lekin, har xil agrotexnika tadbirlarini qo„llab, ekinni yer sharining
hamma mintaqalarida o„stirish mumkin.
Iqlim omillaridan tok uchun yorug„lik, harorat va namlik eng katta ahamiyatga
ega.
Yorug„lik.
Tok yorug„sevar o„simlik. Soyada u sekin o„sadi, hosildorligi va
mevasi tarkibidagi shakar miqdori kamayadi. Juda soyada qolsa, barglari sarg„ayib
gullari, tugunchalari va mevalari to„kiladi, barg bandi va novdalarning bo„g„im oralig„i
uzayadi, to„qimalardagi hujayralar differensiatsiyasi va yog„ochlikning pishishi uzoqqa
cho„ziladi, novdalar yomon pishadi.
Harorat.
Tok ekini va uning qismlari uchun havo va tuproq haroratining
muhim ahamiyatga ega. Bahorda tuproqning harorati 8-9°C ga ko„tarilganda tok
19
ekinida shira harakati boshlanadi. Sutkalik o„rtacha harorat 10°C bo„lganda
tokning tana va novdalarida kurtaklar bo„rta boshlab, 11-12°C da ular Yozila
boshlaydi. O„rtacha sutkalik havo harorati 25-30°C da tok jadal gullaydi, novdalar
yaxshi o„sadi, harorat 38-40°C dan yuqori bo„lganda tokdagi fizologik jarayonlar,
novdalarning o„sishi deyarli to„xtaydi, barg va g„ujumlar zararlanadi, sifati
pasayadi.
Kuzda havo harorati -3-5°C da barg va g„ujumlar, -8-12°C da kurtak va
novdalar sovuqdan zararlanadi. Qishda tok novdalari -18-22°C, ildizlari esa -5-7°C
da zararlanadi. Yaxshi chiniqqan tokning zang va madang qismlari -20-25°C gacha
sovuqqa chiday oladi. Yer sathidagi qor qatlami ham tuproq haroratini oshirishga,
tuproqni muzlamasligiga yordam beradi.
Bahorda havo haroratining 1°C gacha pasayishi kurtaklarni uyg„onishdan
to„xtatadi, Qishda organik tinim davri tugagandan so„ng kunlarning ilib qolishi tok
uchun katta xavf tug„diradi. Tok yoki uning qismlari chiniqa olmaydi, shu bois hatto
-3-4°C bo„lgan kuchsiz sovuqda bo„rtgan kurtaklar, o„sayotgan yosh yashil novdalar
va barglar, 0-2°C da esa to„pgullar nobud bo„ladi.
Qish davridagi havoning sovuq harorati hamda sovuqning davomiyligiga
qarab tok tuplari ko„miladigan, shartli ko„miladigan va ko„milmaydigan
hududlarga bo„linadi. Sovuq -20°C dan yuqori bo„ladigan xududlarda tok ko„milib,
sovuq -16-18°C, bo„ladigan rayonlarda shartli ko„milishi, sovuq -15°C dan
oshmaydigan joylarda esa ko„milmasdan o„stirilishi mumkin.
O„zbekistonning shimoliy xududlari hisoblangan Qoraqalpog„iston
Respublikasi, Xorazm viloyatida, ayniqsa, qishning boshqa viloyatlarga nisbatan
qattiq bo„lishi tok tuplarini noyabr-fevral oylarida ko„mib qo„yishni talab qiladi.
Surxondaryo viloyatida va boshqa viloyatlarning janubiy tumanlarida qish
oylarining mo„tadil va nisbatan iliq bo„lishi tok tuplarini ko„mmasdan o„stirish
imkonini beradi (Sh.Temurov. Uzumchilik, 2002).
Mashhur klimatolog F. F. Davitaya mevasi har xil mudatda pishib yetiladigan tok
navlari uchun o„suv davrida quyidagi haroratlar yig„indisi: juda ertangi navlar uchun
2400-2600°C, kechki navlar uchun 2800-3000°C, juda kechki navlar uchun 3000°C
dan ortiq bo„lishi zarurligini aniqlagan.
O„zbekiston sharoitida havoning faol xarorat yig„indisi ertapishar navlar
(Daroyi, Chillaki, Pyerlet va x.k.) uchun 2600-3100°C, o„rta va kechpishar navlar
uchun 3200-3700°C va undan ortiq qilib belgilangan. Tog„li, tog„ oldi xududlarda
havoning faol harorat yig„indisi yuqoridagi ko„rsatkichlardan kamrok bo„lsa,
ammo quyosh radiatsiyasining kuchli ta‟siri natijasida uzum sug„oriladigan
yerlarga qaraganda oldinroq pishadi. Keltirilgan ma‟lumotlar nisbiy hisoblanib,
ular ob-havo sharoitlariga qarab o„zgarishi mumkin.
20
Namlik.
Tok ekini qurg„oqchilikka o„ta chidamli ekin hisoblanadi. Lekin,
O„zbekiston sharoitida faqat tokni sug„orib, yuqori hosil olish mumkin. Tok har xil
yillik o„suv fazalarida namni bir xilda talab qilmaydi. Novdalarning va barg yuzasining
jadal o„sishi davrida nam juda katta ahamiyatga ega. Gullash vaqtida tuproqda va
havoning ortiqcha nam bo„lishi gullarning to„kilib ketishiga sabab bo„ladi; nam
o„simlik qismlarining kuchli o„sishini tezlashtiradi, bunda generativ organlarning
zarariga ko„p miqdorda oziq moddalar sarflanadi. Mevalar to„lishishi vaqtida ham tok
ko„p nam talab qiladi. Novdalar pisha boshlashi bilan namga talab kamayib boradi.
Uzum pishishi oldidan tuproqda namning ortiqcha bo„lishi meva shirasining suyulib
ketishiga va undagi shakarning kamayib ketishiga sabab bo„ladi, tashish va saqlash
qiyin bo„ladi. Bu holda meva po„sti yupqalashib qoladi, yoriladi va mevalar iriy
boshlaydi. Sernam havo uzoq saqlansa, tokzorlarda zamburug„ kasalliklar, asosan
oidium kasalligi tarqaladi.
Nam etishmaganda novda, barg, uzum boshlari, g„ujumlar o„sishdan to„xtaydi,
hosil kamayadi, uning sifati pasayadi, qurg„oqchilik davrida esa tokning bir qancha
fiziologik funksiyalari buziladi, og„izchalar kichik ochiladi, transpiratsiya, fotosintez
jarayoni keskin pasayadi, onalik tumshuqchasidagi suyuqlik qurib qoladi, tok qishga
yomon tayyorlanadi. Shunday qilib, tok me‟yorida rivojlanishi uchun qishda va erta
bahorda yerda ko„p nam to„plansa tok gullagandan so„ng, mevalar to„lishayotganda
namni juda oshirish, gullash va mevalarni etilishida hamda novdalarning pishishi
davrida o„rtacha saqlash lozim.
Shamol.
Tokzorlarda yengil shamol juda foydali; u tokzorlarda ayeratsiyani
yaxshilab, tok zanglarini zamburug„ kasalliklari bilan zararlanishdan saqlaydi, tokni
chetdan changlanishiga yordam beradi, sovuq tushgan vaqtlarda sovuq havoning turib
qolishiga yo„l qo„ymaydi.
Kuchli shamol tokzorlarga zarar keltiradi, ya‟ni yer qurib qoladi, bag„azlardagi
novdalar tushib ketadi, ularni sindiradi, barglarini silkitadi. Issiq shamol (garmsel)
novdalarni, barglarni va uzum g„ujumlarini zararlaydi. Yomg„irda va harorat past
vaqtida shamol bo„lsa, novdalar muzlab qoladi va ko„milmagan toklarda kurtaklar
nobud bo„ladi. Uzum pishishi davrida kuchli shamol bo„lib turadigan hududlarda
xo„raki, ayniqsa, yupqa po„stli (Xusayni, Kattaqo„rg„on va boshqa) navlarni iloji
boricha ekmaslik lozim, Chunki ular mexanik shikastlanishi tufayli uzumning sifati
pasayadi.
Tuproq.
Tok O„zbekistonning botqoq va kuchli sho„rlangan tuproqli yerlaridan
tashqari, barcha yerlarda o„sa oladi. Tokning bu xususiyati ildiz tizimining plastikligiga
anchagina bog„liq bo„ladi. Suv bilan to„la ta‟minlanganda tuproqli yerlarda undan mo„l
hosil olish mumkin. Yengil qumoq tuproqli yerlar tok uchun juda mos keladi. Toshloq,
21
shag„alli, yirik qum donali tuproqlarda ham maxsus agrotexnika tadbirlarini qo„llab,
tokdan yuqori hosil olish mumkin.
Sizot suvlarining sathi va ularning naqadar yuza joylashishi tok ekish uchun katta
ahamiyatga ega. Sizot suvlari juda yuza (0,5-1 m) joylashgan bo„lsa tok nobud bo„ladi.
Bunday yerlarda zovurlar qazib suvni qochirgandan so„ng, tokzor barpo etish mumkin.
Tuproqda tuzlarning umumiy miqdori 0,5-0,7% bo„lganda, lekin xloridlar 0,02-0,04%
dan ortib ketmaganda tok nisbatan normal o„sadi va hosil bera oladi. Tok uchun tuproq
eritmasining konsentratsiyasi rN-5-7 bo„lganda yaxshi o„sadi. Kislotali tuproqli
yerlarda tok yomon o„sadi. Tok sho„rga nisbatan chidamli o„simlikdir. Tok oziq
moddalarga boy va unumdor tuproqlarda yaxshi o„sadi.
Biologik muhit, begona o„tlar, o„simlik parazitlari (zarpechak), tok zangining
zararkunanda va kasalliklari, bakteriyalar, viruslar va zamburug„lar tok o„simligining
hayotiga zararli ta‟sir etadi. Shuning uchun, bularga qarshi kurashish talab etiladi.
Tok uchun yerning relefi ham katta ahamiyatga ega. Chunki, joyning balandligi
va relefi o„zgarishi bilan, ma‟lumki, iqlim va tuproq sharoiti ham o„zgaradi, bu esa
tokning o„sishi va hosil berishiga, mahsulotning sifatiga ta‟sir etadi. Joyning
balandligiga qarab, tokning o„suv davridagi faol haroratlar yig„indisi kamayadi. Shunga
ko„ra, uzumning xillari hamda uzumchilik-vinochilik tarmog„i o„zgaradi.
Tog„li va tog„ oldi hududlarida tok ekib ko„paytirish uchun O„zbekistonda ko„p
qulayliklar mavjud. Qirda tokzor barpo etish uchun joy tanlashda, oqadigan soy va
buloqlardan sug„orish imkoniyati, yon bag„rlarning yuvilib ketishini oldini olish, yerni
mexanizatsiya yordamida ishlash nazarda tutiladi.
Tokning o„sishi, rivojlanishi, xosildorligi va xosil sifatiga ta‟sir ko„rsatuvchi asosiy
omillarga yoruglik, issiklik, namlik, shamol, do„l, tuprok sharoitlari kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |