Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tokning yillik rivojlanish fazalari va tinim davri



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127
2.3.Tokning yillik rivojlanish fazalari va tinim davri 
Yorug„lik me‟yorida bo„lganda mevalar yaxshi ranga kiradi, mevasi oq rangda 
navlarning yoruqqa qaragan tomoni qaxrabo, sarg„ish yoki biroz qo„ng„ir, nim 
ranglarning mevasi pushti tusga kiradi. Bunda meva po„sti pishiq, qalin va qattiq 
bo„ladi, natijada ularning tashishga va saqlashga chidamliligi ortadi. Yaxshi 
yoritilganda issiqlik va namlik bilan birgalikda changlanish hamda urug„lanish jarayoni 
normal boradi, kurtaklardagi to„pgul boshlang„ichlari yaxshi taqsimlanadi, uzum 
boshlari va novdalari pishadi, mevalar tarkibidagi shakar miqdori ortadi. 
Tokzor barpo qilishda, joy tanlash paytida, uni tegishli tog„ yon bag„irlarga 
joylashtirishda, qator olishda, zangni simbag„azga olishda, novdalarni o„z vaqtida 
bog„lashda, ortiqcha novda va qo„ltiq novdalarni butash va hokazolarda yorug„likka 
e‟tibor beriladi. 
Tok navlari har xil haroratni talab qiladi. Bu har xil navlar ekish chegarasini
ixtisoslashtirilgan va nav tarkibini, undan foydalanishi, shuningdek hosil miqdorini va 
uning sifatini belgilaydi. 
Yillik siklning har xil fazalarida tok issiqlikni turlicha talab etadi. Ildiz tarqalgan 
qatlam 8-9°Cga yaqin isiganda shira harakati boshlanadi. Kunlik o„rtacha harorat 10°C 
bo„lganda kurtaklar bo„rta boshlaydi va 11-12°C bo„lganda Yozila boshlaydi. SHunday 
qilib, kunlik o„rtacha harorat 10°C bo„lganda tok barqaror o„sa boshlaydi. Bu chegara 
tokning o„sishi uchun biologik “nol” harorat deb qabul qilinadi. Bunday haroratda 
kuzda tok o„sishdan to„xtaydi va barglari to„kila boshlaydi. 10°C dan yuqori harorat tok 
uchun aktiv harorat hisoblanadi. Tok o„rtacha kunlik harorat 10°C ga yaqin bo„lganda 
gullaydi, lekin 25-30°C optimal harorat hisoblanadi. 30°Cda novdalar eng tez o„sadi. 
Tuproqda namlik etishmasa 40°C dan yuqori haroratda tok o„sishdan to„xtaydi va 
barglari kuyadi, mevalari jigarrang tusga kiradi, burishadi va quriy boshlaydi. 
Kuzda 3-5°C sovuqda barg va mevalari zararlanadi. Oktyabrning oxiri 
noyabrning boshida harorat 8-12°C gacha keskin pasayib ketganda ko„milmagan tok 
zangidagi kurtak va novdalar zararlanishi mumkin. Qishda tok novdalari 18-22°C va 
undan past darajadagi sovuqdan, ildizlari esa 5-7°C sovuqdan zararlanadi. Zangning 
eski qismlari ba‟zan 20-26°C sovuqqa chiday oladi. Agarda qishda harorat 15°C dan 
yuqori sovuq bo„lmaydigan mintaqalarda tokni ko„mmay o„stiriladi, asosan janubiy 
mintaqalarda. 
Kurtaklar Yozilgandan so„ng bahorda harorat - 1°C bo„lganda tokning barglari va 
o„sish nuqtalari-yashil novdalarining uchi zararlanadi. Biroz bo„rtgan kurtaklar 3-4°C 
sovuqqa chidaydi. To„p gullar 0-0,5°C haroratda zararlanadi. 
Bir yillik ko„k novdalar ko„mish kechiktirilsa birinchi sovuqlardanoq jigar rangga 
o„zgaradi, bukilganda elastik bo„ladi. Tok barglari esa to„kilishdan avval o„z rangini 
o„zgartiradi, mevalari oq sariq rangda bo„lsa sariq rangga o„tib xazon bo„ladi, agarda 


18 
mevalari qizil, qora, to„q rangda bo„lsa qizil rangga o„tib xazon bo„ladi. Bu paytda 
bargda bo„lgan barcha plastik moddalar novdaga o„tib, barg bandi bilan novda 
o„rtasida probka qavati paydo bo„ladi va barg to„kiladi. Shuning uchun, xazonrezgilikni 
o„tagan tok tuplarida qishga chidamliligi ancha yuqori bo„ladi, bu fazani o„tamagan 
tuplarga nisbatan. 6-faza tugagandan so„ng, ya‟ni oktyabr oyiga borib toklar tinim 
davriga o„tadi. Tokda tinim davri 2 ga bo„linadi: birinchi-asosiy tinim davri (oktyabr, 
noyabr, dekabr oylari davom etadi) va majburiy tinim davri (yanvar, fevral, mart 
oylarida). Asosiy tinim davrida tok chuqur tinim davrida bo„ladi, majburiy tinim 
davrida esa tok qulay sharoit bo„lishi bilanoq uyg„onishi mumkin. Tokning erta, oxirgi 
sovuqlar o„tmasdan uyg„onishi salbiy hol hisoblanadi. Chunki tok uyg„ongandan so„ng 
sovuq havo takrorlansa hamma uyg„ongan kurtaklarni yoki ko„kargan novdalarni sovuq 
urishi mumkin. O„zbekiston sharoitida bu hol bir necha yilda bir marta kuzatiladi. 
Shuning uchun, tokning iloji boricha zarur chora-tadbirlarni ko„rib, uyg„onishga 
qo„ymaslik kerak. 
Shularni e‟tiborga olib, bo„lg„usi mutaxassis tokning o„sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini, uning tashqi muhit omillariga talabini o„rganishi uchun har bir 
xo„jalikda fenologik kuzatishlar olib borish, ya‟ni yillik o„suv fazalarining boshlanishi 
va o„tishini aniqlashi lozim. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin