Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


O„zbekistonda uzumchilikning tarixi, hozirgi ahvoli va rivojlantirish



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
1.2.O„zbekistonda uzumchilikning tarixi, hozirgi ahvoli va rivojlantirish 
istiqbollari. 
 
Tayanch iboralar: Tokchilik, qadimgi gulli o„simlik, chirmashib o„sadigan 
Vitaceae, Vitis avlodi, Vitis vinifyera, sun‟iy tanlash, tokni parvarishi, tup va 
novdalar, vinochilik, tokzor barpo qilish, tog„ va tog„ oldi hududlar, keksa toklarni 
yoshartirish, kasalliklarga chidamli navlar.
 
Tok eng qadimgi gulli o„simliklarga kiradi. Uning ajdodlari (Vitaceae) quyosh 
tushib turadigan, ochiq joylarda o„sgan buta holidagi tabiatan yorug„sevar o„simlik 
bo„lgan, so„ngra ular yorug„lik uchun kurashda chirmashib o„sadigan shaklga kirib
o„rmonda yashashga moslashgan. 
Vitis (tok) avlodining vakillari dastlab yer sharining iqlimi bir vaqtlar issiq 
bo„lgan arktika zonasida o„sgan. Muzlik davrida arktika zonasidagi toklarning bir 
qismi nobud bo„lgan, bir qismi janubga siljigan, Shimoliy Amerika va Sharqiy 
Osiyoda uning qadimgi turlari hozirgacha saqlanib qolgan. Janubiy Yevropada 
o„lchamli davrning oxirgi erasida yoki bundan ancha oldin paydo bo„lgan Vitis avlodi 
saqlanib qolgan. U ekish uchun yaroqli hisoblanadi. 
Materik bo„linib ketgandan so„ng Vitis avlodi uch turga: shimoliy amerika
sharqiy osiyo va yevropa-osiyo guruhlariga bo„linib ketgan. Oxirgi guruhga kiruvchi 


11 
Vitis vinifyera turini uzoq vaqt sun‟iy tanlash natijasida hozirgi toklarning ko„p 
xilma-xil navlari yetishtirildi. Tok navlarining kamrog„i boshqa turlardan kelib 
chiqqan. 
Markaziy Osiyo uzumchiligining tarixi uzoq asrlardan boshlangan. U yerda tok 
Aleksandr Makedonskiy yurish boshlashidan ancha oldin (IV asrda yangi eragacha) 
ekilgan. Greklar Markaziy Osiyoni bosib olishi davrida (yangi yeraning I asri) bu 
yerda tokchilik va vinochilik rivojlangan edi, bunda Farg„ona vodiysi alohida 
maqtovga sazovor bo„lgan, Chunki bu yerda yirik feodallarning katta-katta tokzorlari 
bo„lib, ular vino tayyorlab, uni 10 yillab saqlar edilar. 
Arab hukmronlari (VII-VIII asrlar) xalqaro aloqani kengaytirdilar. Bu bilan 
O„rta Osiyoga Arabiston, Hindiston, Eron va boshka mamlakatlardan tokning yangi 
navlarining keltirilishiga yordam berdilar. Tok markaziy Osiyoning barcha 
sug„oriladigan dehqonchilik viloyatlarida, ayniqsa, Toshkent, Farg„ona, Zarafshon 
vodiysida, Qashqadaryoda, Amudaryoning o„ng va chap sohillarida, Xorazmda ko„p 
ekilgan. 
Tokchilik sanoat miqyosida katta ahamiyatga ega. Mayiz va shinni faqat qo„shni 
sharq mamlakatlari bilangina savdo tovari bo„lib qolmay, balki Volga bo„yi 
tomonlarga ham olib boriladi. Ekiladigan tok navlarining xilma-xilligi, tokni parvarish 
qilishning ancha murakkab sistemasi bu davrda tokchilikni rivojlantirish yuqori 
darajada ekanligini ko„rsatadi. Masalan, bir tup tokka bir necha nav tok ulanganligi, 
shingillar alohida yoqimli mazali bo„lishi uchun tup va novdalarga har xil eritmalar 
yuborilganligi va hokazolar haqida ma‟lumotlar bor. 
Mo„g„ullarning O„rta Osiyoga hujumi (eramizning XIII asrida) natijasida bosib 
olingan yerlar xarobaga aylanadi, bu esa qishloq xo„jaligining barcha tarmoqlarining 
inqirozga uchrashiga sabab bo„ldi. Lekin, XV asrda tokchilik qayta tiklandi. Keyingi 
asrlarda O„rta Osiyodagi feodal davlatlarda (Xorazm, Buxoro, Qo„qon xonliklarida) 
musulmon dinining talabiga muvofiq vino ichish man qilingan edi. Shuning uchun, 
tokning faqat mayiz qilinadigan va kishmish navlari ekilar edi. Tokzorlardagi vino 
uchun ishlatiladigan toklar olib tashlanib, ular boshqalari bilan almashtirildi. Bu 
maqsad uchun ekiladigan toklarning faqat juda qimmatbaho navlari (Baxtiyoriy, 
Obaki, Vassarg„a va boshqalar) saqlanib qolgan. Bularni yangiligicha iste‟mol qilish 
va shinni qilib ishlatish mumkin edi. Vinochilik juda cheklangan holda mavjud edi. 
O„rta Osiyoning Rossiyaga qo„shilishi bilan yangi uzum va mayiz Rossiyaning 
markaziy bozorlarida olib borila boshlandi. Vinochilik tez suratlar bilan rivojlana 
boshladi, shu bilan bir qancha savdo firmalari va soxibkorlar shug„ullandilar. Tokning 
Qrim, Moldaviya, Kavkaz ortidan va boshqa joylardan keltirilgan yevropa vinobop 
navlari o„stirila boshlandi. Shu vaqtda Turkistonga sohibkorlar keldi.


12 
Uzumchilikni rivojlantirishda Rossiya bog„dorchilik jamiyatining Turkiston 
bo„limi ijobiy rol o„ynaydi, bu bo„lim keyinchalik qishloq xo„jaligining Turkiston 
jamiyatiga aylantirildi. Bu jamiyat ko„paytirish uchun tokning eng yaxshi navlarini 
tavsiya etdi va ularni boshqa tokchilik hududlaridan olib kelish ishlarini tashkil qildi. 
1911 yilda Turkiston uzumchilik va vinochilik qo„mitasi tashkil qilindi. U 
tokchilikda, xususan, tokzorlarni filloksyeradan saqlashda, tokning oidium kasalligiga 
qarshi kurashda va bundan tashqari, ko„chatzorlar barpo qilishda ko„pgina 
agrotexnika tadbirlarini qo„llashga, mevachilik va uzumchilik bo„yicha ko„rgazmalar 
tashkil etishga, vinolarning sifatini oshirishga va boshqalarga ta‟sir etdi. 
1924 yildan boshlab tokchilik va vinochilik umuman tez rivojlandi. Vinochilik 
sanoati uchun asosiy xom ashyo bazasi hisoblanadigan bog„dorchilik-uzumchilik 
xo„jaliklari tashkil etildi. 
1970 yillardan boshlab O„zbekistonda uzumchilik yaxshi rivojlana boshladi. 
Toshkent va Samarqand viloyatlarida bir qancha uzumchilikka ixtisoslashgan 
xo„jaliklar tashkil etildi va shu davrdan boshlab intensiv tokzorlar barpo etila 
boshlandi. Ayniqsa, O„zbekiston sobiq ittifoqning mayiz yetishtiradigan asosiy 
bazasiga aylantirildi yoki ittifoqda yetishtiriladigan barcha mayizning 70-75% ini 
O„zbekiston berar edi. 
1985 yilda sobiq ittifoq hukumatining ichkilikbozlikka qarshi kurash mavzusida 
qabul qilgan qaroriga muvofiq, bir qancha vinobop uzum navlari ekilgan maydonlar 
buzildi, keyinchalik ularning o„rniga xo„raki va mayizbop uzum navlari ekildi. 
1991 yildan boshlab uzumchilikni rivojlantirishga O„zbekiston hukumati katta 
e‟tibor bera boshladi. Ko„pchilik tok ekilgan maydonlar fermer xo„jaliklariga, oilaviy 
pudratlarga bo„lib berildi, yangidan barpo qilinayotgan tokzorlarga asosan mayizbop 
navlarni ekish tavsiya qilindi. Bir qancha paxtachilikka ixtisoslashgan xo„jaliklarda 
ham uzumchilik brigadalari va fermer xo„jaliklari tashkil etildi. 
1997 yilda O„zbekistonda jami 125 ming gektardan ko„proq tokzorlar maydoni 
mavjud bo„lib, shundan 100 ming gektariga yaqin hosilga kirgan tokzorlar edi. 
O„zbekiston bo„yicha hosildorlik gektaridan 55-60 s ni tashkil etadi, lekin bir qancha 
ixtisoslashgan xo„jaliklarda esa 200-220 s gacha hosil olinmoqda, ayniqsa vinobop 
uzum navi Bayan Shireydan ayrim oilaviy zvenolar gektaridan 600 s gacha hosil 
olmoqdalar. 
Kelgusida O„zbekistonda uzumchilikni rivojlantirish uchun nimalarga e‟tibor 
berilishi kerak: tokzor barpo qilish uchun yaroqli bo„lgan tog„ va tog„ oldi hududlarida 
tokchilikni rivojlantirish; mavjud bo„lgan tokzorlardagi xatolarni to„ldirish, keksa 
toklarni yoshartirish; xo„jalikning yo„nalishiga qarab uzumning yuqori hosilli, 
kasalliklarga chidamli navlarini ekish, masalan, vinobop navlardan Rkatsiteli, Bayan 
Shirey, Kuljinskiy, xo„raki navlardan Daroi, Kattaqo„rg„on, Nimrang, Pushti toyfi


13 
mayizbop navlardan Oq kishmish, Qora kishmish, Botir kishmish, Qorajanjal, 
Sultoniy tokzorlarda asosiy agrotexnologik jarayonlarni o„z vaqtida sifatli qilib 
bajarish, kasalliklarga qarshi kurashning eng samarali usullarini qo„llash va hokazo. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin