1-jadval
O„zbekistonda uzum yalpi hosili (ming tonna), 2018 yil
Viloyatlar
Barcha toifadagi
xo„jaliklar
Fermer xo„jaliklari
Dehqon xo„jaliklari
Qishloq xo„jaligi faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlar
Qoraqalpog„iston
7,6
1,1
6,1
0,4
Andijon
71,2
33,9
37,2
0,1
Buxoro
188,1
75,7
111,8
0,6
Jizzax
24,7
7,6
17,0
0,1
Qashqadaryo
96,9
46,4
47,7
2,8
Navoiy
77,4
28,4
48,7
0,3
Namangan
111,1
35,7
75,2
0,2
Samarqand
601,8
343,9
242,6
15,3
Surxondaryo
91,9
41,4
47,7
2,8
Sirdaryo
12,6
1,1
11,5
0,0
Toshkent
109,7
58,7
48,8
2,2
Farg„ona
157,4
9,8
143,8
3,8
Xorazm
39,4
8,3
30.7
0,4
Respublika
bo„yicha:
1 589,8
692,0
868,8
29,0
2-jadval
O„zbekistonda tokzorlar maydoni (ming gektar), 2018 yil
Viloyatlar
Barcha toifadagi
xo„jaliklar
Fermer xo„jaliklari
Dehqon xo„jaliklari
Qishloq xo„jaligi faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlar
Qoraqalpog„iston
1,2
0,5
0,6
0,1
Andijon
3,3
1,9
1,3
0,1
Buxoro
10,1
5,6
4,1
0,4
Jizzax
4,4
1,8
2,2
0,4
Qashqadaryo
8,7
5,3
2,9
0,5
Navoiy
5,7
3,5
2,0
0,2
Namangan
7,6
3,6
3,8
0,2
Samarqand
37,4
25,7
10,0
1,7
Surxondaryo
9,2
6,0
2,6
0,6
Sirdaryo
1,6
0,4
1,1
0,1
Toshkent
15,2
10,5
3,5
1,2
Farg„ona
6,2
1,3
4,5
0,4
Xorazm
2,7
1.0
1,4
0,3
Respublika
bo„yicha:
113,3
67,1
40,0
6,2
3-jadval
Hosil beradigan yoshdagi tokzorlar maydoni (ming gektar), 2018 yil
Viloyatlar
Barcha toifadagi
xo„jaliklar
Fermer xo„jaliklari
Dehqon xo„jaliklari
Qishloq xo„jaligi faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlar
Qoraqalpog„iston
0,8
0,3
0,5
0,0
Andijon
3,0
1,6
1,3
0,1
Buxoro
9,6
5,4
4,1
0,1
Jizzax
3,2
1,2
2,0
0,0
Qashqadaryo
8,1
5,1
2,7
0,3
Navoiy
5,2
3,2
1,9
0,1
Namangan
6,9
3,1
3,7
0,1
Samarqand
35,5
24,0
10,0
1,5
Surxondaryo
8,4
5,5
2,5
0,4
Sirdaryo
1,4
0,3
1,1
0,0
Toshkent
10,8
7,1
3,3
0,4
Farg„ona
5,7
0,9
4,5
0,3
Xorazm
2,3
0,8
1,4
0,1
Respublika
bo„yicha:
100,9
58,5
39,0
3,4
1.TOKNING KELIB CHIQISHI VA TARQALISHI.
TOKDOSHLAR OILASI
1.1. Uzumchilikning xalq xo„jaligidagi ahamiyati
Tayanch iboralar: Tok ekini, uzum navlari, urug„li xo„raki navlar, urug„siz
navlar, uzum mevasi, qandlar, organik kislotalar, vitaminlar, o„simlik yelimi,
shifobaxshligi, uzum mahsulotlari, oziq-ovqat, vinochilik, mayiz, kishmish, shinni,
uzum asali, marinadlar, vino,
konyak, uzum sirkasi, uzum moyi.
Uzumchilik fani to„g„risida.
Uzumchilik fani o„simlikshunoslik fanlari qatoriga
kirib, tok ekinining botanik ta‟rifini, biologik xususiyatlarini, uzum navlarini va
mo„l hamda sifatli hosil yetishtirish texnologiyasini o„rganadi.
Uzumchilik qishloq xo„jaligining muhim tarmoqlaridan bo„lib, aholining oziq-
ovqatga va sanoatni esa xom ashyoga bo„lgan talabini qondiradi. O„zbekistonning
tuproq va iqlim sharoiti bu ekin uchun nisbatan qulay bo„lgani uchun u
mamlakatimizning barcha tuproq va iqlim sharoitlarida o„stiriladi. Hech bir tomorqa
yo„qki bu ekin ekilmagan.
Tok qimmatbaho ekin hisoblanadi.Uzum mevasi tarkibida 15–30% hatto
so„litilganda esa 40-50 % gacha shakar, organik kislotalar, pektin, oshlovchi
moddalar, xushbo„y hidli va bo„yoq moddalar, o„simlik yelimi, bir qancha fermentlar,
A, V
1
,
V
2
, S vitaminlar va mineral tuzlar bo„ladi.
Uzumdan har xil maqsadlar uchun foydalaniladi. Uzum yangiligicha ko„p
ishlatiladi, undan iyun oyidan boshlab noyabrgacha daladan uzib ishlatiladi.
Saqlashga qulay bo„lgan navlarini esa maxsus xona va muzxonalarda kelgusi yilning
may oyigacha saqlash mumkin.
Uzum oziq-ovqat va vino sanoati uchun juda ham yaxshi xom ashyodir. Yangi
uzumdan murabbo, kompot, marinadlar tayyorlanadi. Uzum suvi tegishlicha
tayyorlangandan so„ng eng yaxshi to„yimli parhez va shifobaxsh mahsulot sifatida
ko„p oylar davomida saqlanishi mumkin. Uning suvini qaynatish yoki sovuqda
konsentrlash yo„li bilan shinni vakkum-suslo, uzum asali va tarkibida 60-75 % gacha
shakar bo„lgan boshqa mahsulotlar olinadi.
Uzumdan quritilgan qimmatbaho mahsulotlar: urug„li navlardan mayiz, urug„siz
navlardan kishmish, juda mayda (6-9 mm) urug„siz qora mevali Korinka nav
uzumdan quritilgan korinka olinadi.
Kaloriyasi yuqori bo„lganligi, uzoq saqlanishi, tashish uchun qulayligi tufayli
mayiz kondityer va kulinariya sanoatida ishlatiladigan qimmatbaho oziq-ovqat
mahsulotiga aylanadi.
10
Uzumdan har xil vinolar, shampan vinosi, konyak tayyorlanadi. Iste‟mol
qilinadigan vinolardan uzum sirkasi tayyorlanadi. Uzum turpidan spirt, vino kislota,
tanin moddasi, uzum moyi, bo„yoqlar, yoritkich gaz va boshqalar olinadi. Turp
komposti bilan bog„ va tokzorlar o„g„itlanadi.
Tok yana shu bilan qimmatliki, u erta (o„tqazilgandan so„ng 2-3 yili) hosilga
kiradi, uzoq yashaydi, yaxshi parvarish qilinsa, 80-100 yilgacha hosil beradi. Tokning
ildiz tizimi baquvvat va kuchli rivojlanganligidan u qurg„oqchilikka nisbatan chidamli
bo„ladi va undan melioratsiya maqsadlarida tog„larni, tog„ etaklarini o„zlashtirishda,
qum va jarlar ham shunga o„xshashlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. U
boshqa ekinlarni o„stirish uchun yaroqsiz bo„lgan yerlarda shag„al toshli, sho„rxok,
sizot suvlari yer yuziga yaqin (1-1,5 m) bo„lgan o„tloq-botqoq tuproqli yerlarda
muvaffaqiyatli ravishda o„stiriladi.
Bundan tashqari tok ekinida boshqa daraxtlarda uchraydigan davriylik xodisasi
yo„qligi tufayli har yili barqaror yuqori hosil olish mumkin. Shuning uchun,
uzumchilik daromadli tarmoq ham hisoblanadi. O„zbekistonning uzumchilikka
ixtisoslashgan xo„jaliklarida uzumchilikdan olgan daromadi xo„jalikdagi barcha
daromadning 58-65% ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |