Ажиниёз номидаги Нукус Давлат педогигика институти



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/8
tarix20.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#58845
1   2   3   4   5   6   7   8
Ажиниёз номидаги Нукус Давлат педогигика институти

1.2 Moddiy nuqta dinamikasi

Dinamika jismlar harakatini uning kelib chiqish sabablarini bilgan holda o`rganadi. Dinamika asosida N`yuton qonunlari yotadi.


N`yutonning birinchi qonuni. Jism o`zining tinch holatini yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatini tashqaridan boshqa jismlar ta`sir etmaguncha saqlab qoladi.
Jismlarni o`zining tinch holatini yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatini saqlab qolish xususiyati, jismlarning inertsiya xususiyati deb ataladi.
Shuning uchun, N`yutonning birinchi qonuni, inertsiya qonuni deb ham ataladi.
Mexanik harakat nisbiydir va uning xususiyatlari sanoq tizimiga bog`liq bo`ladi. N`yutonning birinchi qonuni istalgan sanoq tizimida bajarilavermaydi, shuning uchun bu qonun bajariladigan sanoq tizimlari inertsial sanoq tizimlari deb ataladi.
Boshqa sanoq tizimlariga nisbatan o`zining tinch holatini yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatini saqlay oladigan sanoq tizimlari inertsial sanoq tizimlari bo`la oladi.
Koordinata boshi Quyosh markaziga joylashgan geliotsentrik sanoq tizimini juda katta aniqlik bilan inertsial sanoq tizimi deb hisoblash mumkin. Uning koordinata o`qlari o`rganiladigan planeta yoki yulduzlarga yo`naltirilgan bo`ladi.
Xuddi shu holat uchun, er bilan bog`langan sanoq tizimi inertsial sanoq tizimi bo`laolmaydi, chunki er nafaqat Quyosh atrofida, hattoki o`zining o`qi atrofida ham aylanishini hisobga olish zarur. Ammo erdagi mexanikaviy harakatlar uchun er bilan bog`liq bo`lgan sanoq tizimini inertsial sanoq tizim deb hisoblash mumkin.
Tajribalardan ma`lumki, bir xil ta`sir ostida turli jismlar o`zining harakat tezligini bir xil o`zgartirmaydi, boshqacha qilib aytganda, har xil tezlanish qiymatlariga ega bo`ladilar.
Tezlanish faqat ta`sir kuchiga bog`liq bo`lmay, jismning o`zini xususiyatiga, ya`ni massasiga ham bog`liqdir.
Jismning massasi – materiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bo`lib, uning inertsial va gravitatsiyaviy xususiyatlarini belgilaydi.
Inertsial massa jism inertligining o`lchov birligi bo`lib, inertlikni o`zi esa, jismning o`z holatini saqlab qolish xususiyatidir.
N`yutonning birinchi qonunidagi ta`sirni ta`riflash uchun kuch tushunchasini kiritish zarurdir. Tashqi kuch ta`sirida jism o`zining harakat tezligini o`zgartiradi, tezlanishga ega bo`ladi yoki o`zining shakli va o`lchamlarini o`zgartirishi mumkin – deformatsiyalanadi. Demak kuch ikki xil ta`sirga egadir: dinamik va statik.
Vaqtning har bir belgilangan momentida, kuch o`zining qiymati, fazodagi yo`nalishi va qaysi nuqtaga qo`yilgani bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, kuch vektor kattalik bo`lib, boshqa jism yoki maydonlarning, jismga mexanikaviy ta`sirining o`lchovi bo`laoladi.
N`yutonning ikkinchi qonuni – ilgarilanma harakat dinamikasining asosiy qonuni bo`lib, tashqi qo`yilgan kuch ta`sirida moddiy nuqta yoki jismning mexanikaviy harakati qanday o`zgarishini tushuntirib beradi.
Moddiy nuqta yoki jismga har xil kuchlar ta`sir etganda, tezlanish qo`yilgan kuchlarning teng ta`sir etuvchi qiymatiga proportsionaldir.


, (1)

Turli jismlarga bir xil kuch ta`sir etsa, ularning olgan tezlanishlari har xil bo`ladi. Jismning massasi qancha katta bo`lsa, uning inertligi shuncha yuqori bo`ladi va olgan tezlanishi kichik bo`ladi.




(2)

(1) va (2) – ifodalardan foydalangan holda, kuch va tezlanish vektor kattalik ekanligini hisobga olib, quyidagi ifodani yozishimiz mumkin:


, (3)

(3) – formula N`yuton ikkinchi qonunining matematik ifodasidir.


Moddiy nuqtaning olgan tezlanishi, ta`sir etuvchi kuch yo`nalishiga mos kelib, shu kuch moddiy nuqta massasining nisbatiga tengdir.
N`yutonning ikkinchi qonuni faqat inertsial sanoq tizimlari uchun o`rinlidir.
«XB» tizimida proportsionallik koeffitsienti K birga teng. U holda:

yoki
, (4)
, (5)

vektor kattalik, tezlik yo`nalishi bo`yicha yo`nalgan bo`lib, harakat miqdori – impul`s deb ataladi.


, (6)
Moddiy nuqta harakat miqdorining vaqt bo`yicha hosilasi jismga ta`sir etuvchi kuchga tengdir.



N`yutonning uchinchi qonuni. Moddiy nuqtalarning o`zaro ta`siri xarakterini N`yutonning uchinchi qonuni bilan ifodalash mumkin. Moddiy nuqta yoki jismlarning bir-biriga ta`siri, o`zaro ta`sir kuchlari xarakteriga ega, bu kuchlar moduli bo`yicha teng bo`lib, bir-biriga qarama-qarshi yo`nalgan:
, (7)
Musbat va manfiy zaryadlar bilan zaryadlangan m1 va m2 massali jismlar bir-biriga tortishishgandagi o`zaro ta`sirni ko`rib chiqaylik (1 - rasm).



1 - rasm. Zaryadlangan jismlarning o`zaro ta`siri

va kuchlar ta`sirida jismlar va tezlanishlarga ega bo`ladilar.


N`yutonning ikkinchi qonunini quyidagicha yozish mumkin:


, , (8)


yoki , (9)
O`zaro ta`sir etuvchi jismlarning olgan tezlanishlari massalariga teskari proportsional va bir-biriga qarama-qarshi yo`nalgan bo`ladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin