m - jismning – tezlik bilan harakatlanayotgandagi massasi;
- jismning tezligi;
S - yorug`lik tezligi.
“Dinamika” bo`limi mexanikaning asosiy qismi hisoblanadi. Asosan N`yutonning klassik mexanika qonunlari o`rganiladi. O`rta maktabda bu bo`limni o`tishdan asosiy maqsad moddiy nuqta dinamikasiga doir qator tushunchalar bilan o`quvchilarni tanishtirish, N`yuton qonunlari va ularni zamonaviy texnika va kosmonavtikada qo`llanishlari, shu bilan bir qatorda N`yuton mexanikasining qo`llanish chegarasini o`quvchilarga tushuntirishdir. Dinamika tushunchalari “Jismlarning o`zaro ta`siri”, “Inertsiya”, “massa”, “inertsial va noinertsial sistemalar”, “kuch”, “impul`s” ni shakllantirish mexanika bo`limining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu tushunchalar na faqat mexanika bo`limida, balki fizikaning boshqa bo`limlarida ham ko`p marta uchraydi. Masalan, kuch va massa tushunchalari elektrodinamikada, massa va impul`s tushunchalari elementlar zarrachalar bo`limida uchraydi. N`yutonning birinchi qonuni nisbatan sodda hisoblansada, ammo o`quvchilar uni o`zlashtirishlari qiyin. Birinchi qonuni ikki qismdan iborat bo`lib, uning birinchi qismi quyidagicha: shunday sanoq sistemalari borki, bularga nisbatan tinch turgan jismga boshqa jismlar ta`sir qilmasa (yoki boshqa jismlarning ta`siri kompensatsiyalansa) u o`zining tinchlik holatini saqlaydi. Bu o`quvchilar uchun tushunarli hisoblanadi, chunki o`quvchilar tinch turgan jismga boshqa jismlar ta`sir etmasa u o`zining avvalgi tinch holatini saqlashi mumkinligini ko`z oldilariga keltira oladilar.
Ikkinchi qismining ma`nosi quyidagicha: shunday sanoq sistemalari borki, bularga nisbatan ilgarilanma harakatlanuvchi jismga boshqa jismlar ta`sir qilmasa (yoki boshqa jismlarning ta`siri kompensatsiyalansa) jismlarning tezligi o`zgarmaydi, ya`ni u to`g`ri chiziqli tekis harakatini davom ettiradi. Qonunning shu qismini tushuntirish uchun darslikda keltirilgan xokkeychi shaybani klyushka bilan urgandagi (1-rasm) shayba harakatini muhokama qilamiz. Klyushkaning shaybaga ta`siri to`xtaganda shayba o`z harakatini davom ettiradi. Zarbdan so`ng shayba deyarli o`zgarmas tezlik bilan to`g`ri chiziq bo`ylab harakat qiladi. Muz va shayba qancha silliq bo`lsa, shayba shuncha uzoq vaqt davomida harakat qiladi. Ishqalanish yo`qotilsa, shayba erga nisbatan o`zgarmas tezlik bilan to`xtovsiz harakat qilgan bo`lar edi, deb tushunish mumkin-mi? Mumkin, demak, buni hayolan ko`z oldiga keltirish yo`li bilan o`quvchilarga tushuntirishga harakat qilamiz. Aslida esa shayba biroz vaqtdan so`ng to`xtaydi, chunki muz bilan shayba orasidagi ishqalanish kuchi va havoning qarshilik kuchi kabi ta`sirlar mavjud. Inertsiya qonunining bajarilishi uchun ideal sharoit yaratib bo`lmaydi, ya`ni shaybaga bo`ladigan ta`sirlarni butunlay yo`qotib bo`lmaydi. Ammo muzni va shaybani silliqroq bo`lishini ta`minlash va uni uzoqroq muddat harakat qilishiga erishish mumkin.
Inertsiya qonuniga o`quvchilar tushunganlaridan so`ng o`zlari misollar keltira oladilar. Masalan: mashinaning dvigateli o`chirilgandan keyin harakatini davom ettirishi, harakatlanayotgan tramvay keskin tormoz berganda yo`lovchilarni oldinga qarab og`ishi va h.k.
Inertsiya qonunining bajarilish yoki bajarilmasligi sanoq sistemasiga bog`liq. Masalan, to`xtab turgan poezdning vagonida o`tiribsiz. Vagon ichidagi stolchada koptok bor. Poezd tinch turganligi uchun koptok ham tinch turibdi. Chunki unga ta`sir etuvchi erning tortish kuchi va ishqalanish kuchi bir-birini kompensatsiyalayapti. Poezd oldinga qarab harakatlana boshlab tezligini o`zgartirsa, ya`ni tezlanish olsa koptok orqaga qarab harakatlanadi va stolchadan tushib ketadi. Ko`rib turibmiz-ki, koptok o`zining tinch holatini unga boshqa jism to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilmasa ham yo`qotdi. Demak, ana shunday tezlanuvchan sistemada N`yutonning birinchi qonuni, ya`ni inertsiya qonuni bajarilmas ekan.
Bunday misollarni o`quvchi yaxshiroq tushunishi uchun “N`yuton qonunlari” nomli o`quv fil`mining I qismini namoyish qilish tavsiya qilinadi. So`ng yana N`yutonning birinchi qonunini ta`rifiga o`quvchilarning e`tiborini qaratib, shunday sanoq sistemalari borki, bularga nisbatan tinch turgan yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatlanayotgan jismga boshqa jismlar ta`sir qilmasa (yoki boshqa jismlarning ta`siri kompensatsiyalansa) u o`zining tinch holatini yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Nima uchun birinchi qonunni ta`rifi “shunday sanoq sistemalari borki” deb boshlanar ekan?
Inertsiya qonuni bajariladigan inertsial sistema haqida tushuncha berish kerak bo`ladi. Ko`zg`almas yulduzlar bilan bog`liq bo`lgan hisob sistemasi inertsial sanoq sistemasi bo`la oladi. er bilan bog`liq bo`lgan hisob sistemasini ham tahminan inertsial sistema deyish mumkin. erga nisbatan to`g`ri chiziqli tekis harakatlanadigan har qanday sistema ham inertsialdir.
Dostları ilə paylaş: |