Ажиниёз номидаги Нукус Давлат педогигика институти
Dinamika - jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga keltiruvchi va o`zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o`rganadi.
Statika - jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o`rganadi va fizikada dinamika qonunlari bilan birgalikda ko`riladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fizika kursida “Mexanika” bo`limining “Kinematika” qismi asosiy tushunchalari quyidagilardan, ya`ni: moddiy nuqta, absolyut qattiq jism, ilgarilanma va aylanma harakat, sanoq sistemasi, moddiy nuqta harakatining kinematik tenglamasi, vektor hamda skalyar kattaliklar va ular ustida amallar, traektoriya, ko`chish yo`l, o`rtacha tezlik vektori, oniy tezlik, tekis va notekis harakatda tezlik, tezliklarni qo`shish, o`rtacha tezlanish, to`g`ri chiziqli tekis o`zgaruvchan harakat, burchak tezlik, burchak tezlanish, aylanish chastotasi va davri kabilardan iborat.
“Dinamika” qismida asosan quyidagi tushunchalar o`rganiladi, ya`ni ular, N`yutonning birinchi qonuni, inertsial sanoq sistemasi, inertlik, massa, kuch, N`yutonning ikkinchi qonuni, harakat miqdori (impul`s), kuch impul`si, kuchlar ta`sirining mustaqillik printsipi, N`yutonning uchinchi qonuni, Galiley printsipi, ishqalanish kuchi va uning turlari, ishqalanish koeffitsienti, qiya tekislik va undagi harakatlar kabilardan iborat.
Bu erda asosiy fizik kattaliklar bo`lmish massa, kuch kabi fizik kattaliklar, ularning birliklari, jism harakatida ularning roli kabi tushunchalar ko`rib chiqiladi.
“Massa” tushunchasini o`zlashtirish:
1. Massa – inertsiya o`lchovi.
2. SI sistemasida asosiy fizik kattalik.
3. SI sistemasining birligi 1 kg.
4. Massa skalyar kattalik.
5. Massani o`lchashning ikki usuli bor:
a) tarozi bilan tortish;
b) jismlarning o`zaro ta`siri bilan.
Kuch tushunchasini o`zlashtirish:
1. Kuch fizik kattalik bo`lib, jismlarning o`zaro ta`siri orqali aniqlanadi.
2. Kuch vektor kattalik.
3. Kuch SI sistemasida hosila birlik.
4. Kuchning SI sistemasidagi birligi 1N.
5. Kuch dinamometr bilan o`lchanadi hamma formulalar bilan aniqlanadi.
6. Kuch xillari – tortish kuchi, ishqalanish kuchi, elastiklik kuchi, muxitda jism harakatiga qarshi yo`nalgan kuch va boshqalar.
Maktab kursi «Dinamika» bo`limida ko`rilgan fizik kattaliklarning mazmuni, fizik ma`nosi o`quvchilar uchun qulay va qisqa formada keltirilgan bo`lib, ularning tushunishida deyarli qiyinchilik tug`dirmaydi.
Biz bu malakaviy bitiruv ishida Akademik litseylarning Fizika fanidagi «Dinamika» bo`limida «Maktab kursidan» farqliroq, fizik kattaliklarning Ilmiy tasavvurlar asosida qaralishi, ularning tajribaviy yo`llar bilan olinishi va boshqalar murakkabroq shaklda o`rganiladi.
Kuch tushunchasidan fanda uzoq vaqt hodisalarning sababini tushuntirish uchun foydalanganlar. Qadimgi Yunoniston olimi Aristotel` “Kuch” tushunchasidan harakat sababi sifatida foydalangan.
N`yuton birinchi marta kuch jism tezligining o`zgarishi deb to`g`ri talqin qilgan. Kuch tushunchasi fizikaning boshqa bo`limlarida ham o`rganiladi. Tok kuchi, Amper kuchi, Lorents kuchi, linzaning optik kuchi, yadro kuchlari va boshqalar.
Fizika darslarida massa tushunchasi birinchi marta VI sinfda beriladi. Bunda hajmlari bir xil bo`lgan, ikki xil materialdan tayyorlangan jism massalari har xil bo`lishi haqida fikr yuritiladi. IX sinfda massa jism tezlanishiga bog`lab tushuntiriladi. Massa o`zgarmas fizik kattalik deb qaraladi. Maktab kursida “Nisbiylik nazariyasi elementlari” bo`limi o`rganilayotganda jism massasi tezligiga bog`liq ravishda o`zgarishi tushuntiriladi. Shu maqsadda quyidagi formula berilgan:
,
bu erda: m0 - jismning tinchlikdagi massasi;