Gravitatsion tortishish kuchi – bu ikkita moddiy nuqtalar orasidagi o`zaro ta`sir etuvchi kuchdir. Butun dunyo tortishish qonuniga asosan m1 va m2 massali jismlar orasidagi gravitatsion tortishish kuchi jismlar massalariga to`g`ri proportsional va oralaridagi masofaning kvadratiga teskari proportsional bo`lib, ikki jism markazlarini tutashtiruvchi to`g`ri chiziq bo`ylab yo`nalgan bo`ladi:
(10)
bu erda - gravitatsion doimiylik.
= 6,672010-11N m2 /kg2 Bu ifodada massalar tortishish xususiyatini belgilagani uchun ularni gravitatsion massalar deb atashadi, ammo qiymati bo`yicha inertsion massalarga tengdir.
Bu ikkita q1 va q2 nuqtaviy zaryadlar orasidagi ta`sir etuvchi kuchdir:
, (11)
k – proportsionallik koeffitsienti, r – zaryadli nuqtalar orasidagi masofa.
Gravitatsion tortishish kuchidan farqli ravishda Kulon kuchi tortishish yoki itarish xususiyatlariga ega bo`lishi mumkin.
Agar zaryadlar harakatlansa, Kulon qonuni aniq bajarilmaydi, chunki zaryadlar harakatiga bog`liq magnit maydon va uning kuchlari paydo bo`la boshlaydi.
Butun olam tortishish qonuniga ko`ra, tabiatdagi barcha jismlar bir-birini tortishish xususiyatiga egadirlar. Bu qonunga binoan, er atrofidagi barcha jismlar erning tortish kuchi ta`sirida bo`ladi. erning tortish kuchi ta`sirida hosil bo`ladigan kuch og`irlik kuchi deyiladi va bu kuch jismlarning erkin tushish tezlanishiga bog`liqdir. Shuning uchun bu kuchni jismlarning erkin tushish tezlanishi ta`sirida paydo bo`luvchi kuchham deyiladi
, (12)
m – jism massasi, g – erkin tushish tezlanishi ko`chishiga proportsional va muvozanat holati tomon o`nalgan bo`ladi (2 - rasm):
, (14)
bu erda - jismning muvozanat holatidan siljishini belgilovchi radius-vektordir.
- jismning elastiklik xususiyatiga bog`liq bo`lgan proportsionallik koeffitsienti.