Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 453 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix15.02.2023
ölçüsü453 Kb.
#84425
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-курс-Жахон-адабиёти

Robindranat Thokur ijodi
tahlili
Thokur – „Sharq va G‘arbni yaqinlashtirgan figura“. „Gitanjali“
she’rlar to‘plamining yaratilish tarixi va mavzular ko‘lami. Adibning
hikoyanavislik mahorati. „Halokat“ romani tahlili. Roman
qahramonlariga tavsif. Thokur romanlarida milliy kolorit tasviri.
2
18
Ernest Xeminguey ijodi
Xeminguey ijodida urushga nafrat tuyg‘usining kuchliligi. „Alvido
qurol“ romani adib ijodining muhim bosqich ekanligi. „Chol va
dengiz“ qissasida inson irodasining qudrati masalasi. Chol Santyago
obraziga tavsif. Yozuvchining badiiy mahorati.
4
Jami
56
2.3 Reja bo‘yicha mazkur o‘quv fani uchun kurs ishi soatlari ajratilmagan.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabaning mustaqil ta’limi „Jahon adabiyoti“ fanini o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv
ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda
bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi
o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish
uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Mustaqil ishni tashkil etishda har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini
hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o‘quv
adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish; nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llash; mavzu yuzasidan tahlilga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;
badiiy matnlarga xos xususiyatlarni belgilash va boshqalar. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish
o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba uchun fan
bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini
bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan
tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv
qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va
ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha
avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi. Mustaqil ishda taniqli jahon adiblarining
nasriy yoki nazmiy asarlarining badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Mustaqil ish A-4 formatdagi
qog‘ozda 10 betdan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.


13

Yüklə 453 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin