O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani quyi ta’lim bosqichlari, xususan, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kollejlarida o‘tiladigan “Ona tili”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanlari bilan; oliy ta’limda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qitiladigan “O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi”, “Ona tilini o‘qitish metodikasi”, “Yozma nutq me’yorlari” fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanini o‘qitishda ta’limning sinalgan ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda darslik va o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ko‘rsatmalar, lug‘atlar, ma’ruza matnlari, elektron majmualardan foydalaniladi. O‘tiladigan mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda samarador an’anaviy usullar bilan birga noan’anaviy metodlar (“Blits-so’rov”, “Klaster”, “Keys-stadi”, “Aqliy hujum” usullari, slaydlar, jadvallar ustida ishlash, multimediya texnologiyasi kabilar)dan foydalanish ham nazarda tutiladi.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |