xudoga ishonish. Xristianlikda xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir. U Ota xudo, O‘g‘il xudo (Iso Masih) va Muqaddas Ruhdan iboratdir. Ota xudo tug‘ilish yo‘li bilan paydo bo‘lmagan, uni hech kim yaratgan emas. Olam va undagi mavjudotlar uning faoliyati mahsulidir. O‘g‘il xudo (Iso Masih) mo‘jizali ravishda tug‘ilgan. U – xristianlikning asoschisi. Muqaddas Ruh esa Ota xudodan paydo bo‘lgan8. Xristianlikdagi xudo obrazi boshqa dinlardagi xudo obrazlaridan farq qiladi. Masalan, Qadimgi Gretsiya xudolari kabi shuhratparastlik, odamlar taqdiriga befarqlik, aysh- ishratga moyillik, manmanlik, shafqatsizlik, qasoskorlik va odamlarga xos boshqa illatlar unda yo‘q. Xudolar o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro keskin kurash ham yo‘q. Xristianlikda xudo odamlarning aql-idroki bilan tushunib bo‘lmaydigan tilsimot bo‘lib, u ilohiy dunyoda mavjud. Xudo muhabbatdir. U odamlarga hech qachon yomonlik qilmaydi. Yomonlik insonning birlamchi gunohkorligi va «noto‘g‘ri» turmush tarzining natijasidir9;
Iso Masihning xaloskor-messiya ekanligiga ishonish. Xudo Adam (Odam Ato) va Yeva (Momo Havo)larning «birlamchi gunohi»ni afv etish va odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazish maqsadida o‘z o‘g‘lini yer yuziga yuborgan. Iso Masih yerdagi hayot iztiroblari va o‘limi bilan ularning gunohlarini o‘z zimmasiga olgan. Odamlarga xalos bo‘lishning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatib, xristianlikka asos solgan;
Iso Masihning qayta tirilishiga ishonish. Iso Masih o‘ldirilganidan keyin uch kun o‘tgach qayta tirilgan va 40 kundan keyin osmonga ko‘tarilgan. U yer yuziga yana bir marta oxiratda Dajjol (Antixrist)ni o‘ldirib, o‘liklar va tiriklarni so‘roq qilish va ilohiy podsholikni qurish uchun qaytib keladi;
odamning gunohkorligi va undan xalos bo‘lishiga ishonish. Xudo odamlarning ajdodi Adam va Yevani o‘zining jismiga o‘xshash qilib yaratgan va ularga boqiy hayot baxshida etgan, moddiy dunyoga egalik qilish va boshqarishni buyurgan. Jannatda yashayotgan Adam va Yeva xudodek bo‘lishga intilib, man qilingan «donishmandlik» daraxtining mevasini yeganlar. Oqibatda odam boshqa jonzodlar bilmaydigan yaxshilik va yomonlikni farqlay boshlagan, uyat nimaligini tushungan. Shu
8 Kapaнг: Bacuлbeв.C.Иcтopи… peлигий Bocтoкa. – M., 1983. – C. 86.
9 Bвeдeниe в кyльтypoлoгию / Oт. peд. w. B. Пoпoв. – M., 1996. – C. 220.
bois insoniyat hayotida cheksiz muammolar paydo bo‘lgan. Xudo ularni bu qilmishlari uchun jazolagan: birinchidan, odamlar yalpi gunohkorlikka mahkum qilinganlar; ikkinchidan, boqiy hayot imtiyozi bekor qilingan.
Xristianlikda birlamchi gunoh oqibatlaridan qutulish yo‘llari ko‘rsatilgan. Bu ish bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Iso Masih yerga kelib, yerdagi iztiroblari va o‘limi bilan birlamchi gunohni o‘z zimmasiga olgan. Ikkinchi bosqichda Iso Masih yerga oxiratda yana qaytib keladi, Antixristni yengib abadiy hayot, baxt-saodat hukmron bo‘lgan ilohiy podsholikni vujudga keltiradi. Shu vaqtdan boshlab, odamlarga berilgan «birlamchi gunoh» jazosi bekor qilinadi, insonlarning baxtli va boqiy hayot davri boshlanadi;
jannatvado‘zaxgaishonish.Jannat va do‘zax – odamlarning o‘lganidan keyin yerdagi xulq-atvorlariga ko‘ra ruhlari oxiratgacha turadigan joy;
oxiratgaishonish.Xristianlik ta’limotiga binoan, oxirat boshlanishidan oldin yerga Antixrist keladi va qiyomat-qoyim boshlanadi. Oxir-oqibatda Iso Masih yerga qaytib kelib, Antixristni yengadi. O‘lganlar qayta tiriladi, tiriklar va o‘lganlar qayta ajrim qilinib, yangi hayot boshlanadi;
axloq qoidalarining diniy ta’limotdagi katta ahamiyati. Xristianlik axloqidagi ustuvor qoidalar xudoni sevish va yaqin kishiga bo‘lgan muhabbatdir. Yaqin kishini sevish odamning o‘z yaqin qarindoshlarinigina emas, balki u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan odamlarni ham sevishini bildiradi. Xudo asosiy axloqiy qadriyat sanaladi va odamlardagi mo‘minlik, haqiqatni izlash, rahmdillik va tinchliksevarlik fazilatlari ulug‘lanadi.
Xristianlikda (boshqa dinlardagi kabi) diniy marosimlar va bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Zero, ular orqali kishilar ongida xudoga ishonch, e’tiqod mustahkamlanadi, o‘zaro ilohiy munosabatlar o‘rnatiladi. Kishilar ongiga hissiy-obrazli ta’sir etish bilan diniy ta’limot mustahkamlangan va avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan. Masalaning murakkabligi shundaki, xristianlikning marosim va bayramlari uzoq vaqt davomida shakllangan va bu jarayon undagi turli yo‘nalish va oqimlarning vujudga kelishi bilan bir vaqtda amalga oshgan. Shu bois xristianlikning marosim va bayramlari masalasiga yo‘nalishlarini tahlil qilganda to‘xtalish maqsadga muvofiq bo‘ladi.