cho‘qintirishmarosimikishining xristian cherkoviga qabul qilinganligini ramziy ifodalovchi asosiy sirli marosimlardan biridir. Pravoslaviyeda cho‘qintirish yoshi belgilanmagan. Cho‘qintirish marosimida yosh bola suvga uch marta botirib olinadi, katta yoshdagi kishi suvda poklantiriladi. Diniy rivoyatga ko‘ra, odam cho‘qintirilganidan keyin birlamchi gunohdan forig‘ bo‘ladi. Katta yoshdagi kishi cho‘qintirilganidan keyin birlamchi gunoh bilan birga, shu vaqtgacha qilgan gunohlari ham kechiriladi. Ushbu marosimni bajargan kishi xristianlikka (katolik cherkovida cho‘qintirilsa, katolik cherkoviga, pravoslav cherkovidan o‘tgan bo‘lsa, pravoslav cherkoviga) qabul qilinadi. Shu tariqa ilohiy haqiqatni bilish va xalos bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, yosh bola cho‘qintirilganidan keyin unga ism qo‘yiladi. Odatda, bolaga cho‘qintirilgan kun qaysi avliyoning nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘sha avliyoning ismi qo‘yiladi;
nonvavinotortishmarosimixristianlikda ikkinchi, lekin ahamiyatiga ko‘ra, juda muhim sirli marosim hisoblanadi. Bu barcha oqim va mazhablar qabul qilgan marosim. Diniy rivoyatlarda aytilishicha, Iso birinchi marta o‘z shogirdlari bilan maxfiy kecha kunida bu marosimni o‘tkazgan. Keyinchalik xristian cherkovi Iso Masih o‘tkazgan marosimni qabul qilgan. Shu bois sirli marosimdan o‘tkazilayotgan kishiga xudoning jismi va qoni timsoli bo‘lgan non va vino iste’mol qildiriladi. Bu bilan insonning Isoga yaqinlashishi va abadiy hayotga daxldor bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.
Pravoslaviyeda bu marosim uchun kvasda qorilgan xamirdan tayyorlangan kulcha non (prosfora) va qizil sharob (vino) ishlatiladi. Odatda, u bir qator boshqa sirli marosimlar bilan qo‘shib o‘tkaziladi. Cherkov Iso Masih bilan uzluksiz aloqada bo‘lishni istagan kishiga bu marosimdan yilda bir marta o‘tib turishni tavsiya qiladi;
tavba-tazarruqilishmarosimiIV–V asrlarda xristianlikda sirli marosim sifatida qabul qilingan. Pravoslaviyeda bu marosim dindor kishi hayotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dinda buyurilgan amallarni yoki cherkov qoidasini buzgan kishi tavba qilib, qilgan gunohini ruhoniyga aytadi. Marosim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: birinchi bosqichda odam ruhoniyga sodir etgan gunohi to‘g‘risida hisob beradi, ya’ni marosim odamning o‘z gunohini anglashiga uni qayta takrorlamasligiga va ma’naviy poklanishga yordam beradi, gunohini yengillashtiradi; ikkinchi bosqichda maxsus vakolatga ega ruhoniy Muqaddas Ruhning kuchi bilan ushbu insonning gunohini kechiradi.
Ilk xristian jamoalarida tavba-tazarru qilish marosimi qo‘llanilmagan. Bunga sabab, o‘sha vaqtda xristian jamoasining a’zosi din talablarini buzmaydi, degan noto‘g‘ri qarashning ustunlik qilganligidir. Lekin hayotda buning aksi bo‘lib chiqqan. Shu bois dindorlar jamoasida oshkora tavba qilish tartibi joriy qilingan. IV asrda oshkora tavba-tazarru qilish ruhoniylar tabaqasining manfaatlariga mos kelmay qolganligi sababli, uning mazmunini sir tutish joriy qilingan. Cherkov tavba-tazarru sirini oshkor qilmaslikka kafolat beradi. Tavba sirini oshkor etish katta gunoh hisoblanadi;
miro surtish sirli marosimi cho‘qintirish sirli marosimidan keyin o‘tkaziladi. Uni bajaruvchi ruhoniy xushbo‘y miro yog‘ini kishining peshonasi (fikri), ko‘kragi (yuragi, his-tuyg‘ulari, istaklari), ko‘zi, burni va quloqlari (mayllari), shuningdek qo‘l-oyoqlari (xatti-harakatlari)ga xoch shaklida surtadi. Miro yog‘ini surtish vaqtida sirli ravishda xudoning marhamati o‘tadi va shu tariqa uning pokligi saqlab qolinadi, ma’naviyatining yuksalishiga erishiladi, deb hisoblanadi;
nikohsirlimarosimikatolitsizmda XII asrda vujudga kelgan va XVI asrdan boshlab sirli marosim sifatida qabul qilingan. Pravoslaviyeda bu marosim alohida o‘rin tutadi, chunki oila kishilar jismoniy va ma’naviy birligining boshlang‘ich bo‘g‘inidir. Oila jamiyatning tayanchi, abadiy hayot timsolidir. Shuning uchun nikoh sirli marosimi tantanali ravishda o‘tkaziladi. Ruhoniy bayram kiyimlarida nikohdan o‘tayotgan yoshlarni kutib oladi. Xudoni sharaflovchi duolar o‘qiladi. Yosh kelin-kuyovlarning boshiga hosildorlik timsoli bo‘lmish gulchambar taqib qo‘yiladi. Yovuz kuchlarni haydovchi ladan (isiriq) tutatiladi. Marosim vaqtida nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovga xudoning marhamati tushadi, yangi oilada tinchlik, totuvlik va muhabbat hukmron bo‘lishiga ilohiy shart-sharoit yaratiladi, deb hisoblanadi;