muqaddaszaytunmoyisurtishmarosimibemor odam uchun bajariladigan sirli tadbir. Marosimda bemorning peshonasi, yonog‘i, labi, ko‘kragi va qo‘llariga muqaddas zaytun yog‘i surtiladi. Ruhoniy bularni amalga oshirish davomida duolar o‘qib, bemorning sog‘ayib ketishiga xudodan yordam so‘raydi. Diniy ta’limotga binoan, zaytun moyini surtish marosimi mo‘jizaviy davolovchi kuchga ega bo‘lib, bemorni gunohlaridan xalos qiladi. Bu marosim ruhoniylikka qabul qilishda ham o‘tkaziladi;
ruhoniylikunvoniniberishmarosimiIII asrda jamiyatda alohida guruhni tashkil etgan ruhoniylar uyushmasi paydo bo‘lganligi sababli joriy qilingan. Pravoslaviyeda bu marosim alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uni rohiblikni ixtiyor qilgan kishining boshiga yuqori martabali ruhoniy qo‘lini
qo‘yib bajaradi. Marosim davomida rohiblikka qabul qilinayotgan kishiga sirli ravishda xudoning marhamati o‘tadi hamda u xudo va odamlar o‘rtasida vositachilik qilish huquqiga ega bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Pravoslaviyeda, sirli marosimlar bilan birga, ibodat qilish, xoch, butlar, tabarruk narsalar, shahidlar va avliyolarga sig‘inish kabi marosimlar mavjud.
Ibodatqilish– dindorning yoki dindorlar guruhining xudoga, avliyolarga iltimos, shikoyat yoki minnatdorchilik bildirib, bevosita murojaat qilishi. Bunda kishi tanasining holatiga alohida e’tibor beriladi, chunki ibodatning turiga yoki mazmuniga ko‘ra, kishining tiz cho‘kishi, qo‘llarini ko‘targan holatda yoki ko‘zini yumib turishi talab qilinadi. Pravoslav cherkovida, odatda, ibodat tik turib bajarilishi sababli dindorlarning o‘tirishlari uchun kursilar qo‘yilmaydi.
Xochgasig‘inish– Iso Masihning xochga mixlab qo‘yilishi bilan bog‘liq marosim. U xristianlikning timsoli hisoblanadi. Bu pra- voslaviyening eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, diniy rivoyatlarda yozilishicha, Iso Masihning qoni to‘kilganligi sababli, xoch ilohiy kuchga ega bo‘lgan. U odamlarni yovuz kuchlardan saqlaydi. Xoch to‘rt burchakli, olti burchakli (Isoning boshidan balandroq qilib xochga yozuv taxtachasi qoqib qo‘yilganligi sababli), sakkiz burchakli (Isoning oyog‘i bilan tayanishi uchun xochga taxtacha qoqib qo‘yilganligi sababli) shakllarda tasvirlanadi. Xochning barcha shakllaridan keng foydalaniladi va ular bir xil ahamiyatga ega.
Butlargasig‘inish– pravoslaviye marosimlarining muhim elementlaridan biri. Butlarda Ota xudo, O‘g‘il xudo, Muqaddas Ruh, Muqaddas uchlik, Bibi Mariyam, avliyolarning va yevangeliyalar mual- liflarining tasvirlari chizilgan yoki o‘yib ishlangan bo‘ladi. Diniy rivoyatlarga ko‘ra, xristianlar butlarda tasvirlangan personajlarga sig‘inishi yoki ular bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Butlar ilohiy kuchga ega bo‘lib, odamlarga kundalik muammolarini hal qilishlarida ko‘maklashadi. Pravoslaviyeda Bibi Mariyamning tasviri chizilgan butlar alohida ulug‘lanadi. Diniy rivoyatlarda yozilishicha, butlar tirik mavjudotlar kabi xislatlarga ega. Ular odamlar singari ko‘radi, eshitadi, og‘riqni sezadi, iztirob chekadi, ucha oladi, suvda suzadi va qo‘yilgan joyidan ketib qolishi mumkin. Butlardagi personajlar turli qiyofalarda tasvirlanadi. Masalan, Iso Masih VII asrgacha qo‘y yoki baliq qiyofasida, Muqaddas Ruh kabutar ko‘rinishida, havariylar: Luka – buqa, Ioann – burgut singari qiyofalarda tasvirlangan. Personajlar qiyofalarida milliylik belgilari mavjud.
Avliyolarga sig‘inish. Avliyolar – xristianlikda o‘zini xudoga xizmat qilishga bag‘ishlab, taqvodorlik bilan yashaganligi uchun narigi dunyoda mukofotlangan va odamlarning taqdiriga aralashishdek mo‘jiza ko‘rsatish kuchi baxshida etilgan kishilar. Xristianlikda aytilishicha, avliyolar odamlarga homiylik qilishlari va hayotiy muammolarining hal etilishiga ko‘maklashishlari mumkin. Ular xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachilardir. Avliyolar mahshar kuni kishilar gunohining kechirilishini xudodan so‘rab berishlari mumkin.
Xristianlik shakllanayotgan davrlarda odamlarga xizmatlari uchun avliyo unvoni berishning umum e’tirof etgan qoidasi hali ishlab chiqilmagan edi. Shu bois o‘sha davrlarda afsonaviy obrazlar, xalq folklori qahramonlari va majusiy ma’budlar ham avliyo deb e’lon qilingan. Keyinchalik bu masaladagi noaniqliklar bartaraf etilgan (jumladan, pravoslaviyeda avliyo unvonini berish masalasi bilan maxsus komissiya shug‘ullanadi va uning taklifi muqaddas Sinodda ko‘rib chiqilganidan keyin muhokamaga qo‘yiladi hamda qaror qabul qilinadi). Avliyolar ijtimoiy hayotdagi ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi va quyidagilarga bo‘linadi: farishtalar, payg‘ambarlar, havariylar, taqvodorlar, haqiqat uchun kurashganlar va hokazo.