Kalima keltirish – «Ashhadu an la iloha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh», ya’ni «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad uning bandasi va payg‘ambari ekanligiga shohidlik beraman» demak. Kalima keltirgan kishi islomni qabul qiladi, Ollohga bo‘ysunadi va farzlarni bajarish mas’uliyatini oladi.
Namozkuniga besh vaqt o‘qiladi, undan faqat bemorlar va yosh bolalar ozod qilinadilar. Musulmonlar erta tongda, tushda, tushdan so‘ng, kun botishdan va uyqudan avval namoz o‘qishlari kerak. Namozdan oldin, albatta, tahorat (poklanish) marosimiga amal qilinadi. Agar suv bo‘lmasa, hatto tuproq bilan ham tahorat qilishga ijozat beriladi. Musulmonlar o‘z turmush tashvishlari bilan namoz vaqtini unutmasliklari uchun masjidlarda baland minoralar quriladi va u yerdan turib masjid muazzin (so‘fi)lari baland ovoz bilan musulmonlarni namoz o‘qish vaqti haqida xabardor qiladilar.
Ro‘za.Islom dinida faqat bitta shunday cheklash mavjud. Bir oy davomida musulmon kishi erta tongdan kechgacha taom yemasligi, suv ichmasligi, ishrat qilmasligi lozim. Faqat qorong‘i tushishi bilan me’yorida taom yeyishga ruxsat beriladi. Islomda bir yil 354 kundan iborat bo‘lganligi uchun ramazon (ro‘za) oyining vaqti doimo o‘zgarib turadi. U qahraton qishga ham, yozgi jazirama kunlarga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. Ramazon oyida mehnat qilish odatdagidek kechadi. Ro‘zani sababsiz buzgan kishi farzga amal qilmagan deb hisoblanadi. Ro‘za tutishdan maqsad musulmonlar irodasini chiniqtirishdir. Shuningdek, ro‘za odamlarning ma’naviyatini yuksaltiradi. Ro‘za vaqtida musulmonlar bir- birlariga yaxshi niyat tilaydilar, o‘zaro munosabatlarda yomonliklar, janjallar unutiladi va odamlar gaplashganda yomon (qo‘pol) so‘zlarni ishlatishdan o‘zlarini tiyishga harakat qiladilar.
Zakot. Har bir mulkdor musulmon yilda bir marta kambag‘al, beva- bechora, nochorlar uchun yillik daromadining bir qismini berishi shart. Bu islomga e’tiqod qiluvchi mulkdor musulmonlar uchun majburiy amal sanaladi. Zakot islom davlatlarida muntazam ravishda yilning oxirida olinadi. Uning miqdori pul daromadining ulushi 1/40 (2,5 %)ga teng. Dunyoviy davlatlarda musulmonlarning ayrim qismi zakotni masjidlarga ixtiyoriy xayr-ehson sifatida beradilar. Majburiy bo‘lmagan yana bir vazifa
sadaqa. U odatda ixtiyoriy ravishda kambag‘allar, yetimxonalar, masjidlar va moddiy yordamga muhtoj kishilarga beriladi. Sadaqa o‘ziga to‘q musulmonlar uchun taskin topish, qoniqish hissi bilan birga, beva-
bechora, kambag‘allar jamoasining hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Haj. Shariatga binoan, har bir musulmonning hayotda aqalli bir marta Makka shahrining muqaddas yerlarini hamda xudoga sig‘inishi va Ka’bani ziyorat qilishi. Ziyorat quyidagi talablarni bajarishni taqozo etadi: Ka’bani yetti marta aylanish, qora toshni o‘pish, Safa va Marva tepaliklari o‘rtasida tez yurish, Zamzam muqaddas qudug‘idan suv ichish, Arafot tog‘i yonida turish, Mino vodiysida shaytonga tosh otish, Ollohga qurbonlik qilish kabi marosimlar shular jumlasidandir. Kim haj qilsa, «hoji» unvoniga ega bo‘ladi va uning oq salla o‘rab yurishiga ruxsat etiladi.
Musulmon ruhoniylari yuqorida bayon etilgan beshta asosiy farzdan tashqari, yana bir farz – jihod (g‘azovot)ni tashviq qiladilar. Qur’onda bu haqda birmuncha aniq ma’lumot berilgan. Yilda sakkiz oy (to‘rt oy qon to‘kish taqiqlangan oylar hisoblanadi) yomonlikka, dushman kuchlariga qarshi yoki dinni kuch yordamida yoyish (bu masalada musulmonlarning qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi) uchun kurashish muqaddas ish deb baholanadi. Muhammad payg‘ambar o‘gitlariga ko‘ra, «ulug‘ jihod» bu musulmonning e’tiqodi va gunohlariga tavba-tazarru qilish ehtiyoji o‘rtasidagi ma’naviy kurash bo‘lsa, «qurolli kurash» din yo‘lidagi odatiy harakatdir.
Islom aqidalariga ko‘ra, muqaddas jihodda ishtirok etish, hatto halok bo‘lish kishini gunohlardan forig‘ qiladi va shahidning jannatdan o‘rin olishida buning ahamiyati kata hisoblanadi. Aytish joizki, jihod tarzida nafaqat bosqinchilik urushlari, balki milliy ozodlik kurashlari ham olib boriladi (masalan, XX asrda bu shior ostida qator milliy-ozodlik kurashlari bo‘lib o‘tgan).
Islomda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Ular qatorida eng katta e’tiborga ega bo‘lganlari Ro‘za hayit, Qurbon hayit, Me’roj, Mavlud bayramlaridir.