Qadimgi Gretsiya diniy tizimi antik madaniyatning tarkibiy qismi sifatida boshqa qadimgi dinlar kabi uzoq rivojlanish bosqichidan o‘tgan. Bu davlatda diniy tizim Qadimgi Sharq sivilizatsiyalaridan o‘zgacha shart- sharoitlarda yuzaga kelgan va rivojlangan. Gresiyada Misr va Mesopotamiyadagi kabi yirik daryolar bo‘lmagan. Xo‘jalikning asosini tashkil etuvchi agrar sohada ekin maydonlari lalmikor yerlar bo‘lib, ularning asosiy qismi xususiy mulkdorlarga qarashli bo‘lgan. Mamlakatning siyosiy tuzumi klassik qulchilik munosabatlariga asoslangan shahar-davlatlardan tashkil topgan. Ma’lumki, Qadimgi Gretsiyadan farqli o‘laroq, Qadimgi Sharqda qullar hech qachon asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo‘lmagan.
Birinchi bo‘lib Qadimgi Gretsiyada davlatni demokratik boshqarish shakli paydo bo‘lgan. Keyinchalik cheklangan demokratiya deb ba- holangan davlat boshqaruv shakli, garchi juda ko‘p kamchiliklari bo‘lsa- da, aholining ma’lum bir qismiga keng huquq va erkinliklar bergan. Cheklangan demokratiya odamlarning o‘z ichki qobiliyatlari va is- te’dodlarini namoyon qilishlari uchun Sharq davlatlaridagiga nisbatan keng imkoniyatlar yaratgan. Insonning oliy qadriyat ekanligi to‘g‘risidagi g‘oya paydo bo‘lgan va rivojlantirilgan. Yuqorida qayd etilgan xususiyatlar mamlakat diniy tizimida o‘z aksini topgan.
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi rivojlanishini ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin: birinchi bosqich miloddan avvalgi III ming yillikning oxiridan II ming yillikning oxirlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Birinchi bosqich Minoy (miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri – miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmi) va Axeya (miloddan avvalgi 1500 – miloddan aввaлги 1100 йиллap) дaвpлapигa 6yлинaди.
Mинoй davrida diniy qarashlar, ibtidoiy din shakllarining тaъcиpи кyчли 6yлгaнлиги ca6a6ли жyдa coддa 6yлгaн. Diniy ta’limotda тa6иaтни jonli вa g‘ayritabiiy кyчгa ega deb tasavvur qilish, xudolarni yarim odam, yarim hayvon qiyofasida тacвиpлaш, aфcoнaлap vositasida диний ta’limotni tushuntirish кeнг qo‘llanilgan. Ta6иaт voqeliklari qatorida oнa ep aлo идa yлy–лaнгaн. ’peклapнинг диний pивo…тлapигa кypa, 6yтyн oлaм Yerdan paydo 6yлгaн.
Diniy qarashlarda oнa %aминни zaminni вa yнгa unga grek jamiyatida
aли matriarxatning ta’siri kuchli ekanligi va дe кoнчилик xo‘jalikning asosiy tarmog‘iga aylanganidan dalolat beradi. Лeкин ijtimoiy hayotda ibtidoiy din shakllarining ta’siri qanchalik kuchli bo‘lmasin, qudratli xudolarga sig‘inish uzil-kesil qaror topgan va keng yoyilgan. Дacтлa6 xudolar tabaqalarga bo‘linmagan. Keyinchalik Krit orolining yirik shahar- davlat atrofida birlashtirilishi (miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri) natijasida xudolar darajasida ham tabaqaviy bo‘linishlar boshlangan. Zevs xudosi (grekcha zeus – yorug‘ osmon degan ma’noni anglatadi; osmon, yorug‘lik, momaqaldiroq va chaqmoq xyдocи) bosh xudo va Minoy pod- sholarining ajdodi sifatida ulug‘lana boshlangan. Xudolar asosan odam (antropomorf) вa киcмaн …pим yarim , yarim hayvon (zoomorf) qiyo- falarida tasvirlangan. Tabiat voqeliklarida g‘ayritabiiy mavjudotlar (yarim xudolar) mavjudligiga ishonish saqlanib qolgan.
Bu davrning diniy tizimida totemistik tasavvurlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Afsonalarga кypa, пoдшo вa дaвлaт oкими…ти acocлapи asos- lari вa davlat hokimiyati кyшилишлapидaн пaйдo 6yлгaн. +yки% qo‘shilishlaridan тимcoли 6yлгaн. /y 6oиc yнинг тacвиpи tasviri 6yюмлapbuyumlarкийим-кeчaклapkechaklarmaishiy 6e%aклapи вa 6oшкa жoйлapдa кyплa6 joylarda .
Miloddan avvalgi XV asrdan boshlab Qadimgi Gretsiyaning katta qismini Axeya qabilalari bosib olgan. Shuning uchun miloddan aввaлги XV acpдaн miloddan asrdan XI asrgacha bo‘lgan muddat Axeya davri deb ataladi. Axeya qabilalari bosib olingan xalqning ilg‘or madaniyatini, jumladan dinini yo‘q qilib tashlamaganlar. Axeyaliklar greklar diniy tizimini qabul qilganlar. Ayni paytda o‘zlarining xudolaridan ham voz
kechmaganlar. Natijada xudolarning vazifalari o‘zgargan va yangi xudolar yuzaga kelgan. Shu vaqtdan e’tiboran hosildorlik va uzumchilik xudosi – Dionis, dengiz xudosi – Poseydon, savdo-sotiq xudosi – Germes, urush xudosi – Aresga sig‘inish boshlangan. Ularning xudolar orasidagi mavqei mustahkamlangan va keyinchalik ular Olimpiya xudolari qatoriga kiritilganlar.
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi rivojlanishining ikkinchi davri miloddan avvalgi XI asr oxirlaridan boshlangan. Bu Gomer («Iliada» va
«Odisseya» dostonlarining muallifi) davri deb ataladi. Gomer davrining boshlanishi Qadimgi Gretsiyada asilzodalar (aristokratiya) hokimiyatining vujudga kelishi va mustahkamlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Asilzodalar hokimiyatining mustahkamlanishi davrida diniy tizimda umumxalq xudolari guruhi ajralib chiqqan. Greklar ularni «Olimpiya xudolari» deb ataganlar. Olimpiya xudolari guruhining shakllanish davri uzoq vaqt davom etgan va miloddan avvalgi VI–V asrlarga kelib bu jarayon uzil- kesil yakunlangan. Olimpiya xudolari o‘n ikkita xudodan iborat bo‘lib, ularga Zevs boshchilik qilgan. U asilzoda xudolar Aid (o‘liklar podsholigi xudosi), Poseydon (dengiz xudosi) va boshqalarga tayanib dunyoni boshqargan. Zevs boshchiligidagi bosh xudolar guruhi umumxalq xudolari sifatida tan olinsa-da, aholi orasida juda ko‘p mahalliy xudolarga sig‘inish an’anasi saqlanib qolgan.
Xudolar shu vaqtdan boshlab odam qiyofasida tasvirlana boshlagan. Ular kishilarga nafaqat tashqi qiyofasi bilan o‘xshagan, balki oziq-ovqat, kiyim-kechak, mehnat va urush qurollari kabilardan foydalangan, hashamatli qasrlarda yashagan, odamlardek tug‘ilgan va insonlardagi illatlarga ham ega bo‘lgan. Xudolar odamlardan faqat ilohiy qudrati va boqiyligi bilan farq qilgan. Insonlar xudolarning qahrini keltirmaslikka va ularning e’tiborini qozonishga harakat qilib, hashamatli ibodatxonalar qurganlar, juda ko‘p qurbonliklar keltirganlar va xudolar sharafiga boshqa ko‘plab diniy marosimlar o‘tkazganlar.
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda quldorlik shahar-davlatlarining yanada rivojlanishi diniy ta’limotning mohiyatini o‘zgartirgan. Diniy tizim shahar-davlat fuqarolarining qullar ustidan hukmronligini mustahkamlagan, uning grek jamiyatidagi ahamiyatini himoya qilgan. Shu davrdan boshlab, jamiyatda hunarmandchilik va savdo-sotiqqa homiylik qiluvchi xudolarning ijtimoiy nufuzi ortgan. Ularning vazifalari o‘zgargan. Shahar-davlatga homiylik qiluvchi xudo ayni paytda hunarmandchilikka va savdo-sotiqqa ham homiylik qiladigan bo‘lgan. Jamiyatning o‘rta va quyi tabaqalari orasida Olimpiya xudolarini asilzodalarning homiysi va
ular hokimiyatining himoyachisi ekanligiga doir qarashlar mustahkamlangan. Ular Olimpiya o‘zlarining mahalliy xudolariga sig‘inishni davom ettirganlar.
Qadimgi Gretsiyada kohinlar ijtimoiy mavqeining o‘ziga xosligi bilan ajralib turganlar. Ular ijtimoiy hayotda alohida tabaqani tashkil etmaganlar va asosan ibodatxonadagi ishlarni boshqarish bilan shug‘ullanganlar. Diniy marosimlarga odatda davlat xizmatchilari yoki faylasuflar rahbarlik qilganlar. Greklar kohinlarni xudolarning o‘zlari tanlashlari kerak deb hisoblaganlar. Shu bois kohinlar da’vogarlar orasidan qur’a tashlab aniqlangan va ibodatxonalarda yashaganlar. Ibodatxonada bir yoki bir necha kohin bo‘lgan. Ibodatxona qaysi xudoga bag‘ishlab qurilganligiga qarab, erkak yoki ayol kohinlar xizmat qilganlar. Kohinlarning turmushini tartibga soluvchi umumiy qoida ham ishlab chiqilmagan. Ayrim ibodatxonalarda ayol yoki erkak kohinlarning turmushga chiqishi yoki uylanishi taqiqlangan bo‘lsa, ayrimlarida ularning albatta oilali bo‘lishlari talab qilingan. Kohinlarga davlat ish haqi to‘lamaganligi sababli, ular asosan ehsonlar hisobidan yashaganlar. Ularga ibodatxonalarda xudolarga qurbonlik qilingan chorva mollarining go‘shtini iste’mol qilish, terisi, shoxi va tuyoqlarini bozorda sotishga ruxsat berilgan. Ibodatxona davlat xazinasini va xususiy qimmatbaho narsalarni saqlaganligi uchun haq olgan. Odatda kohinlarni moddiy turmushi jihatidan o‘rta tabaqa vakillariga kiritish mumkin.
Diniy tizimda qahramonlarga sig‘inish, ular sharafiga qurbonliklar qilish marosimi mavjud bo‘lgan. Greklar Vatan uchun jonini qurbon qilgan kishilarni qahramonlar deb atashgan. Afsonalarda odatda xudo bilan odamning nikohidan tug‘ilgan qahramonlar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Ular o‘z Vatanining shon-sharafi uchun jangda jasorat ko‘rsatganlar, yurtdoshlarini turli xavf-xatarlardan himoya qilganlar. Bunday kishilar vafot etganlaridan keyin ularning el-yurt uchun qilgan xizmatlari taqdirlanib, xudolar qatoriga qabul qilinganlar. Qahramonlar xudo bo‘lganidan keyin ham o‘z yurtiga homiylik qilishni davom ettiradi, deb hisoblangan.
Greklar Vatan uchun qurbon bo‘lgan kishilarni e’zozlash bilan fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga, yurtning tinchligi, ravnaqi va porloq kelajagi uchun qayg‘uradigan komil insonlarni tarbiyalashga harakat qilganlar.
Qadimgi Gretsiyada taqdiri azalga, odamlar va hatto xudolarning ham taqdiri oldindan belgilanganligiga ishonish mavjud edi. Diniy rivoyatlarga ko‘ra, hatto qudratli xudolar ham o‘z qismatini o‘zgartira olmaganlar.
Taqdiri azal barchaning ustidan hukmronlik qilgan. Odamlar va xudolarning taqdirini moyralar (grekcha moira– qismat, taqdir degan ma’nolarni anglatadi) to‘qigan.
Taqdiri azalga ishonish bashoratchilikning keng yoyilishiga sabab bo‘lgan. Greklar biron muhim ishni boshlashdan oldin bashoratchining fikrini bilishga harakat qilganlar. Bashoratchilar turli usullardan foydalanib voqea-hodisalarni oldindan aytib berishga harakat qilganlar. Bu ish bilan asosan kohinlar shug‘ullanganlar. Ular ko‘proq qurbonlik qilingan hayvonning ichki a’zolari joylashuvi va holatiga qarab bashorat qilish usulidan keng foydalanganlar. Bunday usul xaruspitsiya (etrusk tilida harus – ichki organlar, lotincha specio – kuzataman degan ma’nolarni bildiradi) deb atalgan. Qadimgi davrda Delfa orolidagi Pifiya ibodatxonasi bashoratchilari butun Elladada (greklar o‘z yurtini shu nom bilan atagan- lar) mashhur bo‘lganlar. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, makedoniyalik Iskandar ham Eronga yurish qilishidan oldin Delfa oroliga kelib, bashoratchilarning fikrini bilgan.
Qadimgi Gretsiyadagi siyosiy tarqoqlik diniy tizimga ham ta’sir qilgan. Bu yerda umumxalq ahamiyatga ega diniy tashkilot bo‘lmagan. Shuningdek, grek quldorlik demokratiyasi diniy ta’limotda ham turli qarashlarning o‘zaro kurashini keltirib chiqargan. Oqibatda Qadimgi Gretsiyada birinchi yashirin diniy jamiyatlar va marosimlar vujudga kelgan. Ular orasida Demetra (hosildorlik, dehqonchilik, nikoh va oilaviy hayot ma’budasi) va Dionis (uzumchilik va vinochilik ma’budi)ga bag‘ishlangan sirli marosimlar eng mashhur bo‘lgan. Demetra sirli marosimi (Elevsin marosimlari) yilda bir marta o‘tkazilgan. Marosim narigi dunyoning sirlarini bilishga bag‘ishlangan. Unda ishtirok etuvchilar shu asosda narigi dunyoga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganligini namoyish qilganlar. Marosimda ishtirok etuvchilarga gunohlaridan xalos bo‘lish, ruhlarining narigi dunyoda rohat farog‘atda yashashi va’da qilingan.
Dionis sirli marosimlarining ishtirokchilari ramziy ravishda o‘lib- tirilib, narigi dunyo tilsimotlarini tushunishga intilganlar. Marosim davomida qurbonlik qilingan hayvonning xom go‘shti va qoni iste’mol qilingan.
Diniy tizimda yashirin diniy jamiyatlarning vujudga kelishiga demokratik siyosiy tuzum va diniy aqidalar talqinidagi tafovutlar bilan birga ijtimoiy tabaqalarning turmushidan norozi ekanligi ham ta’sir etgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Qadimgi Gretsiya diniy tizimi ta’limotida ayrim insonlar xudo darajasiga ko‘tarilgan. Diniy qarashlarda
ibtidoiy din shakllarining ta’siri kuchli bo‘lsa-da, xudolar odam qiyofasida tasvirlangan, insonlardek yashagan va o‘zaro muloqotda bo‘lgan. Odamlar g‘ayritabiiy mavjudotlar va hatto xudolar bilan raqobat qilganlar.
Diniy tizim ijtimoiy hayotni to‘liq nazorat qilishni da’vo qilmagan. Diniy tartiblar ko‘proq tavsiya mazmuniga ega bo‘lgan. Har bir kishining ularga amal qilishi yoki o‘z xohishiga ko‘ra yashashi mumkin bo‘lgan. Lekin insonlar xulq-atvorlari va xatti-harakatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lganlar.
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi ta’limoti va marosimlari keyinchalik xristianlik ta’limoti va marosimlarining shakllanishida muhim manba vazifasini bajargan.