Akmeologik yondashuvlar asosida o’qituvchi kasbiy mahoratini oshirish



Yüklə 259,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.11.2022
ölçüsü259,22 Kb.
#68591
1   2   3
3096-Article Text-6267-1-10-20220428

Qobiliyat, iqtidorlik bir-biri bilan uzviy ketma-ketlikda rivojlanishida bo‘lishini 
nazarda tutish kerak. Akmeologiyaning tadqiqot obyekti - bu akme shaxs ya’ni yetuk 
shaxs, obyektiv qonuniyatlarga asoslangan holda kasb faoliyatining va ijodiy 
faoliyatning metodologik, texnologik hamda gumanitar jihatlarini o ‘rganish 
jarayonida jamiyat rivojida kasb-hunar moddiy, ma'naviy jihatlari bilan bog‘liq 
akmeologik muammolami aniqlaydi. Bugungi kunda bozor munosabatlarining 
rivojlanishida yangi kasb-hunarlarni shakllantirish, davr talabiga mos keluvchi yetuk 
kadrlar yetishtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Globalizatsiya 
jarayonlariga ijodiy kompleks yondoshish, kasbkorlik madaniyati, komillik va 
mukammallik haqida alloma va mutafakkirlaming qarashlarini tahlil etishda milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga xos jihatlami va zamonaviy tajribalami chuqur egallash, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1082


texnika, texnologiya va axborot madaniyatini o ‘zlashtirish masalalari ham 
akmeologiyaning obyektlaridan biriga aylanishi mumkin. 
Inson qobiliyatlari chek chegara bilmaydi aslida, ammo bu chegarasiz manbaa 
shunchaki paydo bo’lib qoladigan topilma emas, balki bunga uzoq mehnat bilim olish 
jarayonlari hamda takomillashib boradigan akmeologik qobiliyatlar ya’ni insonning 
ma’lum soha yoki yo’nalishlariga fan, san’at, sport, kasb umuman olganda inson 
faoliyat sohalarining ham jismoniy ham manaviy tomonlarini o’ziga qamrab oladi. 
Inson shaxsi o’zining psixologik xarakter temperamenti, olamni anglash hissi, 
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlar asosida insonda kasbga hunarga alohida moyillik 
hosil bo’ladi bularga: inson inson, inson tabiat, inson badiy obraz, inson texnika 
kabilarga bo’linadi. Shu asosida yoshlarimizni tarbiyalashda uning imkoniyatlari, 
qobiliyati va asosiysi qiziqishlarini inobatga olgan holda bilimlarni egallashiga 
yo’naltirish lozim. Keyingi yillarda jahonning sinovdan o’tgan tajribalari asosida 
ta’limni yo’lga qo’yishga alohida e’tibor beriliyapti. Jahonning ko’plab ta’lim 
tizimlarida ijtimoiy muhitga moslashuv va o’zaro harakatlar tizimini o’rtgatishga va 
professional bilimlarga o’rgatiliyapti bu murakkab jarayon inson umrining oxirigacha 
davom etuvchi yo’l sanaladi. Bu tizimni o‘rganadigan fanlar yangi yondashuvlarni
tamoyillar, metod va qarashlar bilan yanada boyib borishni o’rganadigan akmeologiya 
sohasi aynan kishini komillik darajasiga chiqish yo’llarini izlash ustida bosh qotiradi. 
Insonni rivojlanish fenomenologiyasini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini 
o‘rganuvchi, tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar integrallashuvida paydo 
bo‘lgan akmeologiya fani xuddi shunday fanlar sarasiga kiradi. Sotsiologiya, 
pedagogika va psixologiya bilan o‘zaro harakatda rivojlanib borayotgan akmeologiya 
fani so‘nggi paytlarda o‘z e’tiborini kadrlarni malakali mutaxassis tayyorgarligiga va 
uzluksiz ta’lim tizimiga qaratmoqda.
Akmeologik yondashuv yordamida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini takomilashtirishni turli qirralarini hisobga olgan holda, malakali 
mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini ochish va rivojlantirish muammolari oldingi 
o‘ringa chiqib bormoqda. Bu borada ta’lim tizimida o’qituvchi shaxsiga e’tibor katta. 
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy moslashishini akmeologik jihatdan tadqiq qilinsa 
bugungi zamon talabiga mos, biroq avvalgi chuqur bilimlarga ham ega yetuk 
o’qituvchi shaxsini, o’z ishining mutaxassisi etib yetishtirish jarayoni juda murakkab 
pedagogik va psixologik jarayon hisoblanadi. 
Yosh avlodga ta’lim tarbiya beruvchi yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash muhim 
ustivor masala bo’lib qolaveradi. O’qituvchi shaxsi o’z ustida tinimsiz ishlashi hamda 
izlanishi masalasiga e’tibor bugungi kunda ham juda katta. Akmeologik yondashuvlar 
asosida o’z faoliyatining akme darajasiga intilish va uni ro’yobga chiqarish ustida 
yangi usul va har kim oziga hos yo’nalishlaridan borishini talab etadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1083


O'z-o'zini anglashning individual usuli va varianti g'oyasi (K.A.Abulxanova-
Slavskaya, A.A.Derkach va boshqalar). Olingan vaqtinchalik kompetensiyalar va 
shaxs tomonidan erishilgan vaqtinchalik malaka darajasi ko'p jihatdan bo'lajak 
o'qituvchilarning individual psixologik xususiyatlari va xususiyatlarining o'ziga xosligi 
bilan belgilanadi. A.A.Derkachning fikricha akmeologiyada modelga murojaat qilish 
zarurati bizga psixologik hodisani tasavvur qilish, uning muhim xususiyatlarini, 
tarkibiy xususiyatlarini, mexanizmlarini, shakllanish darajalarini ochib berishga imkon 
beradi. 
Reflektiv tomoniga ko‘ra: (rivojlanayotgan «Men» sifatidagi shaxsni o‘zligini 
anglash va mehnat faoliyati jarayonida kommunikatsiya bo‘yicha hamkorlarini 
tushuna bilishi bilan bog‘liq) tizim yaratuvchi faktor hisoblanib, insonni 
kasbiylashuvini belgilashda akmeologik aspektlarning optimal o‘zaro harakatini 
ta’minlaydi. 
Maktab yoshidagi bolaga, yosh avlodga va boshqa tinglovchiga bilim berishda 
o’z kasbiy mahorati yuksak akmeshaxs bo’la oladigan o’qituvchi o’zining tasirigagi 
tinglovchini to’la jaalb eta olishi hamda uni bilim olish va hayotiy ko’nikmalarga 
tayyorlashi tayin. Akmeologik ta’lim texnologiyalarini o‘qitish amaliyotida tatbiq 
etish, ta’lim va ijodni rivojlanishini refleksli-psixologik konsepsiyasi asosida malakali 
mutaxassislarni tayyorlashda akmeologik yondashuvlarni tuzilmaviy tomonlarini 
hisobga olib borish lozim. 
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o’qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng 
ta’rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya’ni axloqli, odobli, bilimdonligi, 
ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta’lim- tarbiya jarayoni uchun 
asosiy negiz bo’lsa, ijodiy izlanish o’qish va o’qitishning yangi shakl, uslub hamda 
vositalarini qidirish o’qituvchining eng muhim kasbiy sifatlaridan ekanligini uqtiradi. 
Bu bilan Abdulla Avloniy o’qituvchi faoliyatiga nisabatan akmeologik yondashuvni 
o’z davri qiyofasida olg’a suradi. 
Bo’lajak o’qituvchilarni akmeologik rivojlanish jarayonini yana bir e’tiborli jihati 
bu yuqorida ta’kidlab o’tilgan yo’nalishlardagi kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni 
o’zlashtirish va amaliyotga to’laqonli tatbiq etishning zaruriy shart- sharoitlari 
majmuasining belgilanishidir. Chunki, qulay va maqsadga yo’naltirilgan pedagogik 
sharoit jarayondan ko’zlangan natijaga erishishini engillashtiradi. 

Yüklə 259,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin