“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 6
2-jadval Aksiya qiymatini baholashda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar [11] Koʻrsatkichlar Kuzatuvlar soni Ulushi (%) P/E (narx / daromad)
461
91.65%
EV/EBITDA (kompaniya qiymati / EBITDA)
454
90.26%
EV/EBIT (kompaniya qiymati / EBIT)
146
29.03%
P/BV (narx / nominal qiymat)
69
13.72%
P/S or MC/S (narx /sotishdan tushgan daromad yoki bozor
kapitalizatsiyasi / sotishdan tushgan tushum)
36
7.16%
P/EBIT (narx / EBIT)
23
4.57%
P/CE (narx / naqd daromad)
19
3.78%
EV/S (kompaniya qiymati / sotishdan tushgan tushum)
11
2.19%
PBV/ROE ((P/BV) / ROE)
7
1.39%
EV/FCF (kompaniya qiymati / erkin pul oqimi)
2
0.40%
P/EV (narx / oʻrnatilgan qiymat) yoki MC/EV (bozor
kapitalizatsiyasi / oʻrnatilgan qiymat)
1
0.20%
Sof majburiyat / xususiy capital
1
0.20%
DY (dividend boʻyicha daromadlilik)
1
0.20%
P/AUM (narx / boshqaruvdagi aktivlar)
1
0.20%
Jami
(aksiyalarni
baholash
uchun
bozor
yondashuvi
qoʻllanilgan kuzatuvlarning umumiy soni)
503
Aksiyalar qiymatini baholashda qoʻllaniladigan metodlarni toʻldirish va
hisob-kitoblarni aniq amalga oshirishda yordam beradigan koʻrsatkichlar ham
qoʻllaniladi (2-jadval).
Aksiyalar qiymatini baholashning hozirda mavjud boʻlgan barcha usullarini
uchta toifaga ajratib qoʻllash mumkin:
1) inflyatsiyani va kapitalning joylashtirilishi alternativ variantlari
samaradorligini hisobga olgan holda yoʻnaltirilgan pul mablag‘laridan vaqt birligi
ichida olinadigan daromad boʻyicha hisoblash usullari;
2) bir aksiyaga toʻg‘ri keladigan aktivlar ulushi boʻyicha hisoblash usullari;
3) kompaniyani kompleks ifodalovchi koeffitsiyent va indekslarni
hisoblashga asoslangan usullar. Mavjud usullar aksiyalar (ular paketi)ni sotib olish
maqsadiga bog‘liq holda tanlanadi.
Oʻzbekiston sharoitida aksiyalar qiymatini toʻliq, aniq va toʻg‘ri baholash
uchun aksiyalar bozori investorlari va emitentlarini shartli ravishda uchtadan
toifaga ajratish maqsadga muvofiq.
Solishtirma oʻlchovlarni aniqlash quyidagi asosiy omillarni tahlil qilgan
holda amalga oshirildi (3-jadval).