2. Ustav kapitalidagi jami aksiyalar soni
Dona
395 660
3. Bir dona aksiyaning bozor qiymati
Soʻm
49 736
Shunday qilib, “A” AJning 1 dona aksiyasining baholash sanasiga boʻlgan
bozor qiymati – 49 736,0 ming (qirq toʻqqiz ming etti yuz oʻttiz olti) soʻm miqdorida tavsiya etiladi.
Baholash obyektining mazkur baholash hisobotida aniqlangan yakuniy
qiymati Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻg‘risida”gi
Qonunning 18-moddasiga asosan tavsiya xususiyatiga ega boʻlib, mulkning
yakuniy sotish qiymatini mulkni tasarruf etuvchi oʻz manfaatdorlaridan kelib
chiqqan holda belgilaydi.
Xulosa Aksiyadorlik jamiyatlarining bir dona aksiyasini baholash uchun barcha
aksiyalar paketi hisobga olinib, ularning bozor qiymati oʻrganiladi. Ushbu tartib
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan barcha imtiyozli va oddiy
aksiyalarning narxini aniqlash uchun amalga oshirilishini ta’kidlashimiz lozim.
Yuqorida aksiyalarni baholash boʻyicha tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi
xulosalarni keltirishimiz mumkin:
1. Xalqaro amaliyotda aksiyalar qiymatini baholash turli sabablar tufayli
kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. Aksiyalar qiymatini baholash
kompaniyani sotishda yoki kompaniya qiymatini aniqlashda, qimmatli qog'ozlar
sifatida aksiyalar asosida kredit olish uchun bankka murojaat qilinganda, birlashish
va qoʻshib olish operatsiyalarida, soliqlarni hisoblashda va boshqa hollarda zarur.
2. Aksiyalarni baholashda ilmiy va amaliy usullar bilan bir qatorda sanoat
sharoitlari, kompaniya mahsulotlariga boʻlgan talab va taklif, mahalliy va xalqaro
bozor sharoitlari, texnologiyalar, kompaniya hayoti, mahsulot narxlari va
raqobatdoshlik holati kabi omillarni ham hisobga olish zarur.
3. Aksiyalarni baholash natijalaridan foydalanishda turli xil modellar bir xil
aksiyalar uchun har xil qiymatlarni chiqarishi mumkin. Bu shuni koʻrsatadiki,
aksiyalarning qiymati bitta yoʻl bilan emas, balki bir necha yoʻl bilan baholanishi
kerak va shu orqali haqiqatga yaqin koʻrsatkichni aniqlashga erishish mumkin.
4. Bugungi kunda milliy amaliyotimizda aksiyalarni baholashda xalqaro
tajribadan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda xalqaro tajribada
kompaniyalar tomonidan e’tiborga olinishi zarur boʻlgan jihatlarni oʻrganish milliy
aksiyadorlik jamiyatlari va investorlar uchun ham qoʻl keladi. Bu orqali aksiyalarni