“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 5
Ushbu usul boʻyicha aksiyalarni baholashda e'tiborga olinadigan ba'zi
muhim jihatlar quyidagilardan iborat:
- kompaniyaning barcha aktivlari bazasi, shu jumladan, joriy aktivlari va
majburiyatlari, masalan, debitorlik qarzlari, qarzlar, rezervlar hisobga olinishi
kerak;
- asosiy vositalarni sotish qiymati boʻyicha hisobga olish kerak;
- nomoddiy aktivlarning bir qismi sifatida gudvilni baholash muhim
ahamiyatga ega;
- yozilmagan aktivlar va majburiyatlar va boshqalar ham inobatga olinishi
kerak.
2. Daromad yondashuv
Ushbu yondashuvda ikki xil yondashuv mavjud: diskontlangan pul oqimi
(DCF) usuli va narxlarning daromadlilik darajasi (PEC) usuli. DCF usuli adolatli
qiymatni aniqlash uchun kelajakdagi pul oqimlari prognozlaridan foydalanadi va
agar bu ma'lumotlar oqilona mavjud boʻlsa, DCF usulidan foydalanish mumkin.
PEC usuli oldingi davr daromadlaridan foydalanadi va agar korxona uzoq vaqt
davomida ishlamagan boʻlsa va oʻz faoliyatini endi boshlagan boʻlsa, u holda bu
usulni qoʻllash mumkin emas.
3. Bozor yondashuvi
Ushbu yondashuvga muvofiq aksiyalarni baholashda ularning bozor qiymati
hisobga olinadi, biroq ushbu yondashuv faqat aksiyalarini ochiq bozorda olish
mumkin boʻlgan listing kompaniyalari uchun amalga oshiriladi. Agar listingga
kiritilgan va oʻxshash biznes bilan shug'ullanadigan kompaniyalar mavjud boʻlsa,
unda bunday kompaniya aksiyalarining bozor qiymatlaridan ham foydalanish
mumkin.
1-jadval Varshava fond birjasida tahliliy hisobotlarda qoʻllanilgan aksiyalarni baholash usullari [11] Koʻrsatkichlar Kuzatuvlar soni Ulushi (%) DCF
511
91.25%
Bozor yondashuvi (multiples)
503
89.82%
P/B – ROE model
44
7.86%
NAV (sof aktiv qiymati)
10
1.79%
Qoldiq qiymat
5
0.89%
Likvidatsion yondashuv
4
0.71%
SOTP
1
0.18%
Uilkoks-Gambler modeli
1
0.18%
Jami
560
Xalqaro amaliyotga e’tibor qaratsak, fond bozorlarida aksiyalar qiymatini
baholash ham emitent sifatida kompaniya uchun, ham investorlar uchun muhim
jihat hisoblanadi. Varshava fond birjasida listingdan oʻtgan kompaniyalar uchun
tavsiyalar berish uchun tayyorlangan hisobotlarda polshalik tahlilchilar tomonidan
aksiyalarni baholashning turli xil usullarining qoʻllanilishini oʻrganish boʻyicha
tadqiqotlar oʻtkazildi (1-jadval).