“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 4
1-rasm. Korxona qiymatini boshqarish modeli 1
Aksiyalarni baholashning muayyan usulini qoʻllashning turli sabablari
mavjud, umuman, bu baholash maqsadiga bog'liq. Usullarning kombinatsiyasidan
foydalanish,
odatda,
yanada
ishonchli
baholashni
ta'minlaydi.
Quyida
yondashuvlarning oʻziga xos xususiyatlarini koʻrib oʻtamiz.
1. Aktivlar boʻyicha yondashuv
Agar kompaniya katta kapitalni talab qiladigan va katta miqdordagi
investitsiya kiritilgan kompaniya boʻlsa yoki kompaniyada katta hajmdagi kapital
ishlab chiqarishda mavjud boʻlsa, u holda aktivlar boʻyicha yondashuv qoʻllanilishi
mumkin. Ushbu usul kompaniyalarni birlashtirish yoki tugatish jarayonida
aksiyalarni baholash uchun ham qoʻllaniladi.
Ushbu yondashuv nomoddiy aktivlar va majburiyatlarni oʻz ichiga olgan
kompaniya aktivlari va majburiyatlari qiymatiga asoslanadi. Ushbu yondashuv
ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va boshqalar uchun juda foydali
boʻlishi mumkin. Ushbu yondashuv, shuningdek, daromadli yondashuv yoki bozor
yondashuvlari boʻyicha olingan xulosalarni tasdiqlash uchun oqilona tekshirish
sifatida ishlatiladi.
1
Iqtisodiy adabiyotlar asosida muallif tomonidan shakllantirilgan
Korxona qiymatini boshqarish sikli: Joriy bozor qiymati
Bozor va ichki qiymat o‘rtasidagi farq
Haqiqiy ichki qiymat
Strategik va operatsion imkoniyatlar
Ichki yaxshilanishga asoslangan potensial qiymat
Qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar
Boshqarishning maksimal imkoniyatlari
Optimal qayta tuzilgan qiymat
Moliyaviy boshqaruv imkoniyatlari
Ichki va tashqi yaxshilanishlarni hisobga olgan holda potensial qiymat