Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Makonning ko‘p o‘lchovliligi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə79/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Makonning ko‘p o‘lchovliligi. Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion o‘zaro tasirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o‘lchovliligi va vaqtning bir o‘lchovliligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar ham mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning ko‘p o‘lchovliligi g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

Makon va vaqt ko‘rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.

Erda hayot paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqti doirasida joylashgan alohida, biologik makon va vaqt o‘lchovi yuzaga keladi. SHu munosabat bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi olimlar etiborini o‘ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, V.I.Vernadskiy va boshqalar o‘rgandi. Ular jonsiz tabiatga xos bo‘lmagan asimmetriya molekulyar darajada atomlar guruhlarida «so‘l» va «chap» qanotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin