Makon va vaqtning topologik xossalari. Topologik xossalarga sifat ko‘rsatkichlari, makon va vaqtning uzluksizligi, bog‘liqligi, vaqt tartibi, yo‘nalishi va o‘lchamliligi kiradi. Makonning topologik xossalari – makonning bir xilligi, izotropligi (jarayonlar ayni bir sharoitda bir xil kechishi) hamdir. Vaqtning topologik xossalari - bir yo‘nalishlilik, muayyan o‘lchovlilik, orqaga qaytmaslik. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi hanuzgacha faylasuflar shug‘ullanadigan qator muammolarni tashkil etadi va falsafiy jihatdan ilmiy-nazariy asoslashga muhtojdir.