Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə87/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

4. Olmoshlar turkumi. Turkiy tillardagi olmosh so‘z turkumi eng qadimgi turkumlardan biri sanaladi. Turkiy bobotilda hozirgi turkiy tillardagi olmoshlarning barcha turlari uchraydi.
4.1. Ko‘rsatish olmoshlari. Olmoshning ushbu turi predmetlarning so‘zlov-chiga nisbatan fazoda qanday joylashganligini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ana shu nuqtayi nazardan predmetlarning fazoda joylashuvining asosiy uchta planini ajratish mumkin: 1) yaqindagi plan; 2) so‘zlovchidan sal uzoqroq plan; 3) ancha uzoq plan.
Ushbu planlarni ifodalash uchun turkiy bobotilda alohida olmosh o‘zaklar qo‘llanilgan.
Yaqindagi predmetni ko‘rsatish vositasi sifatida turkiy bobotilda bu (ancha qadimgi shakli pu) olmoshi qo‘llanilgan. Uning ayrim turkiy tillardagi ifodalanishi quyidagi formalarni beradi: 1) bu shakli qadimgi turkiy, turk, ozarbayjon, oltoy, qumiq, uyg‘ur, qaraim, qorachoy-balqar, gagauz, turkman va yoqut tillarida; 2) pu shakli xakas tilida uchraydi; 3) oli shakli tuva (bo), shor (po); 4) oxiri lli shakli boshqird, qoz. bъl (bu) tarzida ishlatiladi. Chuvash tilida ku (bu) shakliga ega.
So‘zlovchidan ancha uzoqdagi predmetni ko‘rsatish uchun shu olmoshi ishlatiladi. Osh so‘zining o‘zagi biriktirgan ushbu muayyan ko‘rsatuvchi olmosh imo-ishora yoki so‘z orqali kuchli ko‘rsatishni ifodalaydi. Shu affiksning mavjudligi inkor etiladi.
Haqiqatan, shu o‘zakli nutqqa xos olmosh oldidan ulanadigan elementlarga ega bo‘ladi: esk.o‘zb oshul (o‘shul), boshq. ъshъ (mana shu), qoz. os (o‘sha), qirg‘. ushu(l) (o‘sha), oshol (ana shu).
Kuchaytiruv yuklamalari va olmosh o‘zaklari oxirida joylashuvi mumkin; ana shundan oshul, osha tipidagi olmoshlar hosil bo‘lgan.
Chuvash tilida shu olmoshga genetik jihatdan s‘ag‘ъ va s‘avъ (s‘av, s‘al, s‘a (ana shu, mana shu) olmoshi yaqin turadi.
So‘zlovchidan uzoqdagi predmetni ko‘rsatish uchun ol olmoshi ishlatiladi. U ikkita komponent -o o‘zak olmoshi va deyktik (ko‘rsatuvchi) kuchaytirgich -l dan tashkil topgan. Uning quyidagi turkiy tillarga xoslangan turlarini ajratish mumkin: 1) ol (q.tur, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy, tuva, xakas, yoqut va shor tillari; 2) ul (tatar va boshqird); 3) u (uyg‘ur); 4) o (ozarbayjon, turk); 5) vъl (chuvash).

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin