Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə144/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

-tї//-ti, -їt//-it, -t ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qiliтпan sifatlar ozroq izlari ot turkumi sifatida saqlangan: tat. ya°rt (yorti)(yormoq) kabi. Ushbu tipdagi ayrim otlar -ntї//-nti affiksiga ega bo‘lib, undagi -n ko‘rsatkichi nisbat ma’nosini anglatadi: o‘zb. tashlanditurkm. tapїndї (topilgan)(topmoq), tat. sьg‘ьntь (to‘pon, turi)<sьq (siqmoq), qa°zьntь (qazilgan)(qazmoq). -їt//-it, -t ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlar yanada kam uchraydi: ozarb. yog‘urd (qattiq)(aralashtirmoq), tur. do(g‘)ut (tug‘ilgan joy)(tug‘ilmoq), turkm. ayїrt (shaxobcha, tarmoq, ayrilish)(ayrilmoq).
Fe’ldan yasalgan sifat affiks -tїq//-dїq, aslida ikkita fe’ldan hosil qilingan affiks -t va -їk dan tashkil topgan bo‘lib, u, dastlab, harakat natijasini anglatgan. Ushbu affiks hozirgi turkiy tillarda keng tarqalmagan: boshq. ta°bьldьq (topildiq)< ta°p (topmoq), tat. qa°ldьq (qoldiq, qolgan)(qolmoq), tur. bildik (tanish)(bilmoq) kabi.
-їsh//-ish ko‘rsatkichli fe’ldan yasalgan sifatlar, dastlab, harakat natijasini bildirgan, sababi ushbu affiksli sifatdosh tarkibiga kiradi.
Hozirgi turkiy tillarda -їsh//-ish affiksi ot turkumidagi so‘zlarda uchraydi: ozarb. büküsh (bukish)(bukmoq), qirg‘. batїsh (botish)(botmoq) kabi.
Turkiy tillarda keyingi paytlarda fe’ldan yasalgan sifatlarning sifatdoshlarga aylanish tendensiyasi kuzatiladi. Bu tendensiya, avvalo, muayyan zamonga– hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonga bog‘liq sifatdosh yuzaga kelganda ifodalanadi.
13.1. Hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlari. Qadimgi fe’ldan yasalgan -ar//-їr ko‘rsatkichli sifat ma’nosida uning hozirgi va kelasi zamon sifatdoshiga aylanishi uchun asos mavjud. U predmetning kandaydir doimiy belgisi, nimagadir qobilyatini ifodalaydi: uchar (doimo uchadigan, umuman, uchishga qobiliyatli). Bunday sifatdoshning o‘tgan zamonga munosabati belgining doimiy ma’nosi faqat mantiqan o‘tgan zamonga o‘tishda ifodalangan. Shuning uchun bunday fe’ldan yasalgan sifatlar shu sababdan o‘tgan zamonning maxsus sifatdoshi bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin