Mashqlar
1.
Puls chastotasini tekshirish uchun barmoqlar uchi arteriya tomiri o‘tadigan
joyga qo‘yiladi va zarbalarni his qilish uchun shu joy bosiladi.
Madina pulsni o‘lchaganda bir minutda 67 ta zarbani his qildi.
a) Puls chastotasining ma’nosini tushuntiring. U qanday kattalik
(belgi)?
b)
Har soatda Madinaning yuragi necha marta uradi?
2.
Karim uyida 14 bet matn terib, 8 ta imloviy xatoga yo‘l qo‘ydi. Agar
1 betda o‘rtacha 380 ta so‘z bo‘lsa:
a) Karimning matn terish sifatini aniqlang va yuqoridagi misolda olin-
яgan natija bilan solishtiring. Karimning matn terish sifati yaxshilandimi?
b) Karim 100 ta so‘z terganda o‘rtacha qancha xato qiladi?
3.
Ma’ruf 12 soat ishlab 148 m 20 cm, Murod esa 13 soat ishlab 157 m
95 cm ariq tozaladi. Ularning mehnat unumdorligini solishtiring.
4.
Avtomashina yangi shina protektorining chuqurligi 8 mm ni tashkil qiladi.
32178 km yurilganidan so‘ng yemirilish natijasida shina protek torining
chuqurligi 2,3 mm bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
a) 1 km masofa yurilganda shina protektori chuqurligi qanday
o‘zgaradi?
b) 10000 km masofa yurilganda-chi?
5.
Madina Qarshi shahridan soat 11:43 da chiqib, soat 15:49 da Guliston
shahriga yetib keldi. Agar u 350 km masofa yurgan bo‘lsa, uning o‘rtacha
tezligi necha
km
soat
bo‘ldi?
Misol
. Silindr shaklidagi idish suv bilan bir xil tezlikda to‘ldirilmoqda.
Bunda silindrik idish ichiga vaqtga proportsional bo‘lgan suv (hajmi)
quyilayotgani bois suv sathining (balandligining) vaqtga nisbatan bog‘lanishi
chiziqli funksiya ko‘rinishida bo‘ladi (1-rasmga qarang).
4
5
1-rasm.
Bu holda idishdagi suv sathining vaqtga bo‘lgan nisbati (ya’ni sathning
o‘zgarish tezligi
) o‘zgarmas son bo‘lib qolaveradi.
Endi boshqa shakldagi idishni qaraymiz (2-rasm):
2-rasm.
2- rasmda suv sathining o‘zgarish tezligining vaqtga nisbatan bog‘lanishi
aks ettirilgan.
1-savol.
3-rasmda suv quyishga mo‘ljallangan idish tasvirlangan.
3-rasm.
suv
sath
sath
vaqt
0
1,5 m
1,0 m
1,5 m
|