Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Jannatu zohid, toning'u bulhavas



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə11/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Jannatu zohid, toning'u bulhavas,
Navoiyga yom havas bo ‘Isa bas.
Yor yuzi yodi bila shod o‘ lay,
Do'zax ila ravzadan ozod o‘lay.
Beshinchi maqolat
KARAM, OLIJANOBLIK, SAXOVAT HAQIDA
Ustingga saxovat kiyimi nasib etgan, qo‘lingda diramning qiymati qolmagan inson! Panjang mag‘ribi-mashriqda kumush sochish uchun ochildi. Siym bilan qoiingda adovat boshlandi. Unda fano, munda esa saxovat - bir-biri bilan talashadi. Kafting chaqmoqdan ham tezroq oltun sochib turganida, chaqmoq uyalganidan terga g‘arq bo‘ladi. Boshing ustida saxovat jig‘asi, uning ustida esa juvonmardlik gavhari yarqiraydi. Buki sanga tangri ato ayladi, karam qismi bilan

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
saxo ayladi. Jismingdagi har bir tuk tilga aylanganida ham buning shukrini aytib ado etib bo‘lmaydi.
Endi saxovat jo‘sh urgan chog‘ingda shukr qilish kerak bo‘lganda, baxillikka yuz tutmagil. Baxillik barcha sifatlarning eng xasisidir, saxo esa hayot javharidir. Bu duri sertobni xor aylama. Buxl hisobida haddan tashqari sarflayverma. Saxovat har qancha maqtashga arzirli bo‘lsa ham, xalq baxillik tarzida ko‘p sarllama, xalq bekorga isrof etishni baxillik bilan teng tutadilar.
Ey, sen tangri molu davlat nasib etgan ekan, kimlarga yaxshilik qilish haqida ta’lim ham berib qo‘ygan. Bilib ol: saxovat qilish uchun kimlar haqli, kimlarga oltinu kumush hadya qilish mumkin?
Ot chiqarish, nom qoldirish, ismini ulug'lash uchun hatto qo‘l bilan yetaklab gavhar sochish aqllilarga munosib emas. Mast yoki jinni kishi bunday bema’ni ishga qo‘l urishi mumkin.
Hotami Toyi haqida hikoya
Bir pok tabiatli odam Hotami Toydan so‘radi: “Kaftlaring ishi saxovat boMganidan beri o‘zingga o‘xshagan biron kishini ko‘rdingmi?” U javob berib aytdiki: “Bir kuni katta bir bazm qurib, shu cho‘lda yashayotgan barcha odamlarni mehmon qildim. Ziyofat uchun yuzta tuya, son-sanoqsiz qo‘yu qo‘zi so‘yilgan edi. Bir vaqt mehmonlar oldidan biroz dam olish uchun ochiqqa, sahroga chiqdim. Shu payt ko‘z oMimda mashaqqat chekib, orqasiga tikanli shox-shabbalarni ortib, yuk ostida jismi uyi egilib, unga hassadan sutun tirkab olgan, har qadam yurganida to‘xtab, har nafas olguncha damini rostlab borayotgan bir keksa namoyon bo‘ldi. Uning chekayotgan iztiroblari mening ko'nglimga o‘t solgandek bo4ldi- yu, unga boqib, lutfu rahmdillik bilan shunday xitob qildim: “Ey, qaddini mashaqqat yuki past aylagan, jismida g‘am tikani azob berayotgan inson! Bugun Hotam uyida chaqiriq bo‘layotganligidan xabar topmadingmi, uning dargohidagi ziyofatga bormadingmi? Hotam hammani mchmonga chorlab,
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
barcha yaxshi-yomonning ko‘nglini olyapti-ku! Tikaningni tashlagin-da, izzat gulshaniga yet, ko‘p mashaqqat chekmay, o‘rningdan turib, chaqirilgan manzil tomon yo‘l olgin”, dedim.
Mening u haqida tashvish chekayotganimni anglagan kishi boshini ko‘tarib kuldi-yu, shunday javob qildi: “Ey, oyog‘ini hirs-ochko‘zlik zanjirband etgan, bo‘ynini esa ta’mayu tilanchilik arqoni mahkam bog‘lagan, g‘ayrat vodiysiga qadani urmagan va himmat panjarasini kezib chiqmagan inson! Sen ham bu tikan azobini totib ko‘r, shunda Hotami Toy minnatini eshitmaysan!”
Uning bu so‘zlari asosli bo‘lib, mendan uning himmati yuksak edi”. Ey Navoiy, sening ham himmating bo‘lsa, Hotami Toy senga banda bo‘lar edi.
Oltinchi maqolat ODOB HAQIDA
Elga molu dunyo, sharaf-shon, obro‘ bo‘lmay, hayo bilan odobgina sharaf hisoblanadi. Chunki yog‘inning boshlanishi hayo bo‘lganidek, yog‘inning har qatrasi tuprog‘ni kimyoga aylantiradi.
Odobsiz kishilar izzatli bo'lmaydilar. Baland, osmon bu xil kishilarni pasaytirib qo‘yadi.
Odobsizlikning biri kulgu bo‘lib, kulgu odobning yo‘qligidan belgi, xolos. Qahqahasi tufayli kaklik qattiq sayrab, bu xil kulgu uning boshiga xilma-xil balolar keltiradi. G‘uncha esa ovozsiz ochilib, ochilishi so‘ngida sochilib ketadi.
Yashin o‘z qahqahasi tufayli tog‘ ichida yiqilib, yer bilan yakson bo‘ladi. Subh esa ovozsiz o‘z jamolini ayon qilar ekan, quyosh nurlari o‘z durlarini uning ustidan isiriq qilib sochadi.
Kulgu o‘z haddidan oshgach, yig‘lash undan ko‘p yaxshiro([ bo‘lib qoladi, sham’ har tuni yig‘lab, o‘zini ayon etar ekan, uning ustidan kulayotgan g4unchalarni yel uchirib ketadi. Bulut past ovoz bilan ko‘z yoshlarini to‘kar ekan, yashin kulgusidan xoksor holatiga tushadi.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Odobli insonlar kulguga ko‘p ham og‘iz ochavermaydilar. Lekin hayo buluti qatrasiz ham bo'lmaydi. Qahqaha hazil bilan yer bo‘lsa, ikkovining qiyofasi qurbaqaning kuyi bflan sakrashini eslatadi. Yuziga soqol bog1 lab elni kuldirishga intilgan odam o‘z soqoliga o‘zi kulgu keltiradi.
Masxaraboz kulgu uyg‘otish uchun bir diram deb naq ikki shapaloq yeydi. Boyo‘g‘li ham o‘z ko‘rinishi jihatidan masxarabozga o‘xshab ketgani uchun, qushlar uni urmoq uchun hujum qiladilar. Bu masxarabozliklarning barchasi hayo va odob kelsa, darhol daf boiadi.
Quyosh ruxsori jilva qilgach, kecha zulmati yer tubiga kirishga majbur bo‘ladi.
Har bir aql-hushli inson o‘z so‘zini aql bilan so‘zlaydi. Mast odamgina shovqin-suron solib gapiradi. Tulki bilan it kulgu eshigini ochishsa, sher ko'ringach, bor ulus uyidan qochib chiqadi.
Tavozu’ yoki adab deb atalgan narsa haqida aql faqat ularni maqtasa ham, ulus flkriga muvofiq birdek boimaydi. Masalan, ularni har kishining tavriga - holatiga qarab ko‘rinishi va holatiga muvofiq bajarishi zarur. Masalan, bek qulga uzoq hurmat ko‘rsatsa, o‘zini yaxshi, uni yaxshi hurmat qilmaydigan bo‘ladilar, gadoyning oldida sajda qilish ehson emas, balki ehson unga diram bermakdur. Nola uchun o‘rindan turish ham adab hisoblanmaydi. Keksalar bunday ishni adabga nisbat bermaydilar. Bunday holda u mutakabbir-u, sen yengil tabiatli inson bo‘lib qolasan. Shuning uchun ham el bu ikki xil ishni qilishni qoralaydi.
Odobda uning muayyan shartlariga amal qilmoq muhimdir. Har kishiga muomala qilinganda, uning senga nisbatan yoshi, obro‘-e’tibori, qandayligi hisobga olinishi kerak. Boshqalarning obro‘yi senga nisbatan pastroq bo‘lsa ham, baland bo‘Isa ham, ularga yaxshi muomalada bo‘lish kerak. Ular boshqacha ish tutsalar ham, sen hisob bilan ish ko‘rishing darkor. Bu xil ishingni javobini qiyomat kuni ko‘rasan. Umuman, barcha bilan yaxshi muomala qilmoq vojibdur.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Biron kishi martabada sendan past bo‘lib, sening hukming ostida bo‘lsa ham, uning so‘zi, shikoyatlari senga xush kelmayotgan boisa ham, payg‘ambarimiz hadislariga ko‘ra yoqimli muomalada bo‘lish, unga so‘z odobi haqida o‘git berishdan yiroq bo‘lmoq lozim. Bunday odamlarga hamisha yaxshilik qilish, ayni chog‘da ularning ahvollaridan xabardor bo‘lib turish zarurdir. Bu ularga ko‘rsatilgan ehtirom, ta’zim bo'lishidan umidvor bo‘lish kerak. •
Agar ahli ayoling bo‘Isa, ularga ham xuddi shunday mehribonlik ko‘rsatish lozim. Bolalarni kichiklikdan parvarish qilishda hikmat ko‘p. Qatrani sadaf tarbiya qilib kelgani uchun u boshga chiqish sharafiga ega bo‘ldi.
Yana biri farzandga yaxshi ot qo‘ymoqdir. Shunday ism qo‘yish zarurki, odamlar ataganlarida uyalib qolmasin. Ismlarda ham farq ko‘p uchraydi. Biri Husayn bo‘Isa, yana biri Yaziddir.
Yana biri bolaga ta’lim berish va ilmu adab o‘rgatish uchun muallim topishdir. It ta’lim o‘rganib shunday kamol topadiki, hatto og‘zida keltirgan ovi halol bo‘ladi, olim haromni halol qilishga o‘rgatuvchi it bo‘lsa, o‘g‘ling bilimsiz bo‘lsa, uni bilimli qiladi.
Bolani tarbiyalashda unga shafqat ko‘rsatish, uni taqdirlab borish ham darkor, lekin bu xil ishlar: maqtash, mukoiotlash haddidan oshib ketsa, faqat ziyon bo‘ladi. Bolaga mehrni ham, jazo berishni ham me’yoridan oshirmaslik bolangga sendek yaxshi odob uchun xizmat qiladi.
Odobning eng muhim shartlaridan biri ota bilan ona ehtiromini bajo qilmoqdir. Bu ikki zotning xizmatlarini bir xil bajarish, bu xizmatlarni imkon boricha ko‘proq ado qilsang ham shuncha oz. Boshingni ota qoshig‘a fido aylab, jismingni ano boshig‘a sadqa qilgil. Ikki jahoningga rohat istasang, ushbu ikki zotning rizoligini olgil. Tunu kuningni yoritmoq uchun birini oy, birini quyosh deb anglagil. So‘zlaridan salgina ham chetga chiqmay, vasiyatnomalaridan bir qadam bo‘Isin tashqari qadam qoVmagin. Barcha xizmatlaring odob doirasida bollsin, qomatingni esa “adab” so‘zidagi “dol” harfi kabi lutgil.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
So'ngra silai rahm - qarindoshlarga sadoqat, ularga mehribonlik, doimiy aloqada boiishni, o‘sha doira odamlariga mehr-shafqatni o‘zing uchun farz bil. Qarindoshlaringning barchasi bilan doimo munosabatni uzmay, ulug‘rog‘iga xizmat qil, kichikroqlariga shafqat ko‘rsatgil. 0‘zing bilan tengqur deb hisoblaganlaringga ham ehtirom ko‘rsatgil. Qilgan mehnatingni hecli qachon yuziga solmagil, hurmatsizlik qilib hech qachon diliga ozor bermagil.
Nushiravonning uyalgani haqida hikoya
Nushiravon shahzoda ekanligida, bir qizning ishqi bilan notavon boidi, g‘uncha kabi ko‘ngli to‘la qon edi. 0‘z yoriga yetishish yoiida og‘ir mehnatlar qilib, oxiri uning visoliga muyassar boidi, bir chaman ichiga xilvat joy tayyorlatib, gulruh bilan ochiq suhbat qilmoqchi boidi. U guluzor ham bunga qarshilik qilmadi. Shoh dilbari tomon qoiini uzatgan edi, ko‘zi bir buta nargizga tushdi, bundan uyalib ketib, darrov qoiini tortib oldi. Sumanbar hayron boiib dedi: «Bu xilda qo‘1 cho‘zmoqning va darrov tortib olmoqning sababi nedur?»
Sababini shoh shunday tushuntirdi: «Mening bunday harakat qilishimga nargizning shahlo ko‘zi sababchidur», - ayni hayo bilan futuvat bu ishda uni quwatdan qoldirdi. Ko‘zlarini yoshga toidirib o‘rindan turib ketdi, chunki uning bu pok niyati Nushiravonga xos boigan hayo xosiyati ediki, jumlai olamga uni shoh ayladi, adlini olamga panoh ayladi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin