Alisher navoiy h ayrat ul-abror



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə9/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Qoida mundog1 mu bo‘lur, de, axif Bir o‘z isliingni g*ami ham ye, axi.
Nerha bu behudlik ila yilu oy,
Voy, agar kelmasang, o‘zungga ix>y!
Zulmni tark ayla-vu, dod aylagil,
Marg kunidin dog‘i yod aylagil.
Zulmung erur kerhayu fisqing nerha y Zulm ila fisqing neclui, bo'lg'ay nerha?
Boda jism uyini vayron qilish uchun otilgan o‘qdan boshqa narsa emas. Balki jism uyiga balo saylidir. Qanday qilib endi u jism uyi, jon uyi boisin, jism uyi, demaki, imon uyi ham bo‘lolmaydi-ku!
Sel qaysi tomonga qarab o‘zini urib tug‘yon solsa, shoh bilan darvesh uyi ham yakson bo‘ladi.
Bodag1 a ko‘rguzsa kishi .riruliq,
Aql cliarog‘ig‘a berur tiraliq.
Agar chirog4 o4tiga bir tomchi suv tomsa, unda yorug'likdan qo‘lingni yuvib qo4ya ber. Alohida bir chiroqqa bir odam tongdan kechgacha may suvidan ketma-ket jom quyib turar ekan, mash’al o4tiga bir qadah suv quysa o4chadi-yu, bu xil chirog4ning xoli ne kechadi? Suv bilan mash’al o4ti, mash’al o4tigina emas, manqal o4ti. Manqal o4timi, qo4ra o4timi, tanur o4timi - suvga yetib borgach, unda tobu nur qolmaydi. Yonayotgan suv ichra majusiy dinidagi odamning xoli ne kechardi, sandali daraxti bir damda obnus daraxtiga o4xshab qop-qorayib ketadi-da! Har kishikim bu suvdan bir idish tanovul qilsa, xonaning siyohga aylanishi ajab emas.
Suv dema oniki, bir o*t erur,
Kim yeti ko ‘k ximumim kuydnrur.

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
U shu’la tushsa, xasu xashak nima emish, osmonni o‘rtasa, uni kuydirib kul qiladi. Vujuding uyi bir xashak bo‘lsa, zor taning xuddi bir hovuch kulning o‘zi-ku! Bu xashakka necha o‘t uraverasan? Bu tufrog‘ni necha sovuraverasan? Bodayi xirmon suvi dard o4tining o4zidir, yo4q, u do4zax o‘tiyu to‘fon suvidir. U1 o‘tni xasu xashakingga uraverma, quyma, bu suvni bir hovuch xokingga quyaverma!
Shohi G4oziy Husayn Boyqaro haqida hlkoya
Shohi G‘oziy Husayn Boyqaro toj-taxtini egallash maqsadida yuz-ikki yuz kishi bilan goh Xorazm, goh Adoq yerlarida dushman bilan qattiq urushlar olib borib, oxiri o‘z murodiga erishdi va taxt ustida o‘tirib, xalqning arzu dodlarini eshitishga kirishdi. Vayronalarni obod qildi, zulmni adolat bilan daf etdi, o‘g‘ri va iflos odamlar yo‘qolib, shariat adolatining qoiini uzun qildi.
Bir kuni mamlakatni kezib yurganida, bir parishonhol kampir etagini mahkam tutib, ohu faryod qilib, “Ey shariat himoyachisi bo‘lgan podshoh, adolat bilan ish tutadigan bo'lsang, bugun sen bilan shar’an da’volashaman. Shartim shuki, shu yerda javobini bermay, shar’iy mahkama - shar’iy sudda javob bergaysan”, dedi. Shoh unga “Qonimga da’vogarlik qilsang ham, shar’an javob berishga hozirman”, deb javob qildi. Shu fikrga kelishib, islom qozisi huzuriga yo‘l oldilar. Ikkovlari yonma-yon o4tirar ekanlar, barcha odamlar hayrat bilan tomosha qilishardi. Zol bilan Rustam tepasiga go‘yo butun olam yig4ilgandek edi.
Kampir dediki: “Shoh hokimiyatni egallash uchun qon to‘kib, jang qilarkan, yakkagina farzandim, bog'imdagi sarvi ravonim, qurigan daraxtimning yolg‘iz mevasi shu janglarning birida halok bo4ldi. Jigarimni tig4 bilan yorib, qonini yerga oqizdilar”. Qozi: “Ikkita guvoh topib kelib, so4zlaringni isbot qil”, degach, kampir: “Ikki guvoh keltirishni istasam, podshoning adolatiyu insofi yetarli bo^ladi’’, dedi. Shoh bu fikrga rozi bo‘ldi. Qozi: “Adolat qonuniga muvofiq aybdor,
15 *
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ya’ni shoh o‘lganning xunini to‘lasin yoki o‘zi qatl etilsin!” deb hukm chiqardi. Shoh: “Shariat shunday hukm chiqarar ekan, bu hukm uchun jonim fido bo‘lsin”, deb, bir ro‘mol bilan o‘z bo‘ynini bog‘lab, yana yuzta oltin tangalar to‘ldirilgan xaltachalarning bo‘ynini bog‘lab, qo‘rqinch bilmay kampir qo‘liga xanjar tutqazdi-da, uning bir tomoniga yuz hamyonni to‘kib, dedi: “Qasos olaman desang, boshim oldingda turibdi, mol-dunyoni tanlasang, oltinu kumushlarni tanla. 0‘sha paytlarda men qasddan o‘limga buyurmagan bo‘lsam ham, ixtiyor senda”.
Kampir tig‘ni qoshlarini chimirgancha diqqat bilan ko‘zdan kechirdi-da, chirigan o‘tmas tishlarini ko‘rsatib, shoh oyog‘iga boshini egdi va “Ey, lashkari yulduzlardan ham serob boigan shahanshohim! Bolam senga jonini fido qilgan bo‘Isa, men keksaning joni ham qurbon bo‘la qolsin. Men alam bilan g‘azabli so‘zlar aytgan bo‘lsam, sen mening ahvolimni xarob qilmay afv eta qol”, dedi. Mana xijolat izhoriyu lutfu adolat so4rash!
Kampir o‘z da’vosidan, o'giininggina emas, o‘z qonidan ham kechdi. Qizig‘i shuki, odil shoh uni o‘sha davrda adolat bilan badavlat qildi. Kampirni yulduzlardek kumushlar bilan bezab, falak zoli - quyoshdek yashartirdi. “Tilla kampir” deb laqab qo‘ydi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin