Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
 
 
 
 
 


60 
XULOSA 
O‟quvchilar og‟zaki va yozma nutqida yo‟l qo‟ygan nutqiy xatolarni o‟z 
vaqtida to‟g‟rilab borish zarur. O‟quvchi yo‟l qo‟ygan xatosining to‟g‟ri variantini 
o‟zlashtirsin, imkoni bo‟lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni 
to‟g‟rilashning eng foydali usuli yo‟l qo‟ygan xatosini o‟quvchining o‟zi 
to‟g‟rilashi hisoblanadi. O‟quvchi xatosini to‟g‟rilay olmasa, uni o‟qituvchi 
to‟g‟rilaydi. Xato turiga qarab to‟g‟rilanadi: gap yoki so‟z birikmasi qayta tuziladi, 
so‟z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‟z qo‟shiladi, ortiqchasi ustidan 
chiziladi. 
Insho yoki inshoni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun 
darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O´qituvchi o‟quvchilar insho 
yoki inshoni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan 
matnni o‟qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va 
nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo‟l qo‟yilgan xatoni to‟g‟rilash yo‟li tushuntiriladi. 
Shundan so‟ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o‟qituvchi yo‟l qo‟yilgan 
xatoning bir turini to‟g‟rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo‟rin ishlatilgan 
so‟zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o‟qib yoki yozib beradi, 
o‟quvchilar yo‟l qo‟yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so‟z bilan 
almashtirib, uni to‟g‟rilaydilar va tushuntiradilar. 
Ayrim o‟quvchilar yo‟l qo‟ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, 
qo‟shimcha mashg‟ulot jarayonida to‟g‟rilanadi. O´quvchi bilan individual 
suhbatda ham, sinfda jamoa bo‟lib ishlash jarayonidagi kabi, bolalarning aqliy 
faolligiga, ya‟ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to‟g‟rilashi 
va tushuntirishiga erishish muhimdir. 
Grammatik mavzuni o‟rganishda o‟quvchilar yo‟l qo‟yishi mumkin bo‟lgan 
xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi 
tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o‟rganganda, kishilik olmoshlarining 
takrorlangan so‟zlar o‟rnida qanday ishlatilishi o‟quvchilarga misollar bilan 
tushuntirilsa, ular ham insho yoki insho yozishda shunga rioya qiladilar. 


61 
O‟quvchilarning og‟zaki va yozma nutqini o‟stirishdagi muvaffaqiyati uch 
asosiy omilga bog‟liq: birinchidan, so‟zga e‟tibor bilan munosabatda bo‟lish, 
bolalarning ko‟p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to‟g‟ri va ifodali nutqi, 
ya‟ni nutqiy sharoit; ikkinchidan, bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil 
etilishi; uchinchidan, nutq o‟stirishda o‟qituvchining til nazariyasiga
grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko‟nikmasiga 
bog‟liq. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin