Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


-Mavzu: Ta’lim jarayonining mohiyati



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

8-Mavzu: Ta’lim jarayonining mohiyati 
 
Reja: 
 1. Ta’lim jarayoni haqida tushuncha. Ta’lim inson bilish faoliyati turi. Nima uchun o’qituvchi 
ta’lim jarayonining mohiyati mavzusini o’rganadi? 
2.  Bilish  nazariyasi  ta‘lim  jarayonining  metodologik  asosi.  A.N.Farobiy  bilish  jarayoni 
haqida. 


3.  Ta‘limning  ikki  yoqlama  harakteri.  Ta‘lim  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarning  birgalikdagi 
faoliyati jarayonidir. 
4.  Ta‘limning  ma‘lumot  beruvchi  tarbiyalovchi  va  rivojlantiruvchi  vazifalari.  Ta‘limda 
ziddiyatlar. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Bilish jarayoni, nazariya, amaliyot, metodologik asos, bosqich, 
ikki  tomonlama,  ta’limiy,  tarbiyaviy,  rivojlantiruvchi  funksiyalari,  bilish  qobiliyati  va 
h.k. 
 
―Har  qanday  mushkul  ish  aql  egalari  tufayli  isloh  qilinur‖,  degan  Az-Zamahshariy.  XI 
arsda sharqning buyuk allomalaridan bir Yusuf Xos Xojib ―Qutadg‘u - bilig‖ dostonida shunday 
degan  edi:  ―Kishi  ikki  xil  bo‘ladi:  biri  o‘rgatuvchi,  ikkinchisi  o‘rganuvchi.  Bu  ikkisifatdan 
mahrum bo‘lgan kishi hayvon qatoridandir. Xohlasang buni, xohlasang uni qabul qil‖. 
―Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu faoliyatdir,‖ degan Bernard-Shou. 
―Dunyoda ilmdan boshqa najod yo‘q va bo‘lmag‘ay,‖-deb ta‘kidlagan Al-Buxoriy. 
Behbudiy ―Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan 
bebahra millat boshqalarga paymol bo‘lur‖, degan.  
Bilim  takrorlash  va  qaytarish  mevasidir  degan  A.R.Beruniy.  Takrorlashning  ikki  turi 
mavjud:  kundalik  takrorlash,  maxsus  takrorlash  A.R.  Beruniy  bilish  cheksiz,  uzluksiz  davom 
etadigan  jarayon,  ta‘lim  jarayonida  o‘quvchilarga  muayyan  ilmiy  bilimlar  berish,  ularni  yangi-
yangi bilimlar olishga undash kerak deb hisoblaydi. 
A.N.  Farobiy  inson  hayvondan  aqli  bilan  ajralib  turadi.  ―Inson  aqli  bilan  atrofni  o‘rab 
turgan dunyoni anglaydi, buyum va hodisalarga ilmiy baho beradi.‖  
Bilish  jarayoni  kabi  ta‘lim  jarayonida  ham  o‘quvchi  bilmaslikdan  bilishga,  noto‘g‘ri  va 
noaniq  bilishdan  tobora  to‘liqroq  va  aniqroq,  chuqurroq  bilishgacha  yo‘lni  bosib  o‘tadi.  Bu 
jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrant tafakkur ham, amalda sinab ko‘rish ham bo‘ladi. 
Bilish  ikki  pallaga  -  nazariya  va  amaliyotga  bo‘linadi.  Nazariya  yangi  bilimni,  yangicha 
bilishni,  ifodolovchi  tizimli  fikrdir.  Nazariya  har  xil  shakllarda  ifodalanadi:  aksioma,  teorema, 
qonun, raqam va boshqa. Nazariyada g‘oya shakillanadi. 
Amaliyot  bilimlarning  haqqoniyligini  ko‘rsatuvchi  mezondir.  Kuzatish,  tajriba, 
o‘zgartirish, yaratish-bular amaliyot shakllariga kiradi. 
Amaliyot  -  ijtimoiy hayot  va tabiatning murakkab jarayonlarini  bilib  olishda inson uchun 
asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilmiy  bilishning  vazifasi  hodisalarning  mohiyatini,  ularning  rivojlanish  qanuniyatlarini 
ochishdagina  emas,  balki  biron  -  bir  qonunning  qay  tariqa  namoyon  bo‘lish  sabablarini  ham 
ko‘rsatib berishdan iborat. 
Bilish  sezishdan  boshlanadi.  Sezish  tevarak  -  atrofdagi  voqyea,  narsa  va  hodisalarning 
sezgi orgalariga ta‘sir etuvchi ayrim sifatlarining ongimizda aks etishidir.  Bunda har bir organ, 
har bir analizator, I.P.Pavlov ta‘kidlaganidek, narsalarning ayrim sifatlarini idrok qiladi. Olimlar 
ilgari  fanda  ma‘lum  bo‘lmagan  yangi  haqiqatlarni  kashf  etadilar.  O‘quvchilar  esa  ta‘lim 
jarayonida  olamni  bila  borib,  o‘zlari  uchun  ilgari  no‘malum  bo‘lgan,  biron  fan  kashf  etgan  va 
odamlarning  hayotida  tekshirib  ko‘rilgan  yangi  bir  narsani  bilib  oladilar.  O‘qituvchi 
o‘quvchilarni olimlar tomonidan  yaratilgan bu qonunni  bilishga to‘g‘ri, yengillashtirilgan, vaqt 
jihatidan qisqa yo‘ldan olib boradi. 
Ta‘lim  bilish  faoliyatining  turi  sifatida  bir  necha  asosiy  ma‘noni  anglatadi.  Ya‘ni  bu: 
o‘quvchilarda  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarni  hosil  qilish;  ularda  dunyoqarash,  fikr  va 
e‘tiqodlarni  shakllantirish;o‘quvchilarning  o‘qimishli,  madaniyatli,  ma‘naviyatli  bo‘lishga 
erishish; ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan jarayondir iborat. 
Ta‘lim  jarayoninig  ikki  toionlama  harakteri.  O‘qitish  jarayoni  ikki  faoliyatni  ya‘ni 
o‘qituvchi  va  o‘quvchi  faoliyatini  o‘z  ichiga  oladi.  O‘qituvchi  faoliyati  o‘quv  materiallarini 
bayon qilishdan, o‘quvchilarda fanga qiziqishni tarkib topdirishdan, ularning mustaqil ishlariga, 


ko‘nikmalarni hosil qildirish, ularni tekshirish, o‘qishga xohishini uyg‘otish, rag‘batlantirish kabi 
butun faoliyatini xolis baholashdan iboratdir. 
O‘qitish  jarayonining  ikkinchi  tomoni  o‘quvchining  faoliyati  bo‘lib,  u  o‘quv  fani 
materiallarini  o‘zlashtirishdan  iborat.  Ta‘limning  asosiy  maqsadi  o‘quvchilarni  ilmiy  bilimlar, 
ko‘nikma  va  malakalar  bilan  qurollantirishdan  iboratdir.  Bular  asosan  o‘quvchilarda 
kuzatuvchanlik,  tafakkur,  xotira  kabi  bilish  qobiliyalari  o‘stirib  boradi,  ularda  e‘tiqod 
tarbiyalanadi. 
Maktabda ta‘limi uchta funksiyani bajaradi. Ya‘ni: birinchi funksiyasi o‘quvchilarga biror-
bir fandan tegishli ma‘lumot beradi. Bu har bir fanning xususiyati va mazmunidan kelib chiqadi. 
Ikkinchi  funksiyasi  o‘rgatayotgan,  berayotgan  ma‘lumot  mazmuniga  mos  tarzda  o‘quvchilarni 
tarbiyalaydi  ya‘ni,  ilmning  amaldagi  ahamiyatini,  unga  o‘quvchining  munosabatini,  kishilarga 
xos insoniy fazilatlarni tarkib toptiradi, xullas inson shaxsini shakllantiradi. Uchinchi funksiyasi, 
ta‘limning  ma‘lumot  va  tarbiyalovchi  funksiyalari  o‘quvchi  shaxsini  rivojlantiradi,  umuman 
yetuk shaxsni shakllantirishga yo‘naltiradi. 
Maktablarda ta‘lim uchta funksiyani bajaradi: Birinchidan o‘qitayotgan fandan o‘quvchilar 
uchun  hali  noma‘lum  bo‘lgan  ilmiy  bilimlar  bilan  tanish-tiradi.  Har  bir  o‘qituvchi  o‘zi 
o‘qitadigan fan bo‘yicha o‘quvchilarni ilmiy bilimlar berish vazifasini amalga oshiradi. Ana shu 
vazifa  ta‘limning  o‘rgatuvchi  funksiyasi  deyiladi.  Masalan,  matematika  fanidan  hisob  kitobga 
oid bilimlar berib boriladi. 
Shu  bilan  bir  vaqtda  dars  jarayonida  shu  fanning  ilmiy  bilimlariga  asoslanib  o‘quvchiga 
tarbiyaviy  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Masalan,  oldingi  misolimizdagi  matematika  fanining  inson 
hayotidagi  ahamiyati,  o‘rni  muhimligini  tarbiyalaydi.  Ana  shu  funksiyasi  ta‘limning 
tarbiyalovchi vazifasini yuzaga keltiradi. 
Yuqoridagi funksiyalar har bir fanning mazmuni, harakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib 
amalga oshiriladi. Bu funksiyalarni har qanday mutaxassislar bilishlari va amalda tadbiq etishlari 
darkor.  Bu  funksiyalar  ta‘limda  o‘zaro  uzviy  bog‘liqlikda  amalga  oshiriladi.Buni  quyidagi 
ko‘rinishda tasavvur qilish mumkin: 
Ta‘lim + tarbiya= rivojlantirish. 
Ta‘limning o‘sib boruvchi funksiyasi. 
Ta‘lim  va  tarbiya  jarayonlari  inson  shaxsini  o‘stiradi.  Shunday  ekan  pedagogikada 
ta‘limning  o‘sib  borishi  to‘g‘risida  gapirimaslik  mumkin  emas.  Hayot  shu  narsani  isbot 
qilyaptiki,  ta‘lim  jarayonining  maxsus  o‘sib  boruvchi  yo‘nalishi  samarali  bo‘lgandagina 
o‘quvchilar  faoliyatining  hissiy  idrok,  harakat,  intelektual,  irodaviy,  emosional  motivlari 
sifatlarining  rivojlanishi  mumkin.  Shu  sabablarga  ko‘ra  pedagogikada  1960  yillarda  maxsus 
ta‘limning o‘sib boruvchi funksiyasi degan termen paydo bo‘ldi. 
Ta‘lim  jarayonida  o‘quvchilarning  bilimlarini  tarkib  toptirib,  ko‘nikmalarni  shakllantirib, 
umumiy rivojlanishi ta‘minlanadi. 
Ta‘lim jarayoning o‘sib borishni alohida ta‘kidlab ko‘rsatish kerak.Bunda o‘quvchilarning 
o‘qish faoliyatlariga ta‘limning o‘sib boruvchi ijodiy elementlarini kiritish bilan ta‘lim mazmuni 
va metodlarini kengaytirib borishimiz talab etiladi. 
O‘sib  boruvchi  ta‘limning  turli  muammolarini  taraqqiy  ettirishda,  uning  turli  -  tuman 
prinsiplarini  va  vositalarini  rivojlantirishda  didaktlar  L.V.Zankov,  N.A.Menchinskaya, 
D.B.Elkonin, V.V.Davidov, M.A. Danilov, M.N.Skatkin munosib hissa qo‘shdilar. 
Inson kamoloti taffakursiz bo‘lmaydi. Yuqorida biz ko‘rib o‘tganimizdek inson shaxsining 
hamma  tomonlarini  qamrab  olmog‘i  kerak.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  zamon  didaktikasi 
ta‘limning  o‘sib  boruvchi  funksiyasini  takomillashtirish  yo‘llarini  qidirmoqda.  Bular  hammasi 
ta‘lim va tarbiyaning hal etilishiga bog‘liq. 
Ilmiy  axborot  oqimining  shiddat  bilan  o‘sib  borayotganligi  shunga  olib  kelmoqdaki,  yil 
sayin  ilmiy  bilimlarning  umumiy  miqdori  bilan  ularning  maktab  yoki  oliy  o‘quv  yurtida 
o‘zlashtirilayotgan qismi o‘rtasidagi farq ortib bormoqda. Birorta ham o‘quv yurti kishiga uning 
ishlashi  uchun  zarur  bo‘ladigan  bilimlarning  hatto  kichik  bo‘lagini  ham  berishga  qodir  emas. 


Hayotning jo‘shqin  sur‘atidan orqada qolmaslik  uchun umr bo‘yi  o‘sish, o‘sib  - o‘rganish,  o‘z 
bilimlarini to‘ldirib borish zarur. 
Ikkinchi vazifa ta‘limning harakterini qayta qurish bilan bog‘langan. 
Tahlilni ta‘limni intensivlashtirish muammosidan boshlaymiz. L.V.Zankov ancha mashhur 
yangi didaktika ta‘lim tizimini (kichik maktab yoshdagi o‘quvchilar uchun) ishlab chiqgan. 
Bu  tizimiga  quyidagi  prinsiplar  asos  qilib  olingan:  1.  Ta‘limni  yuqori  darajadagi 
qiyinchilik  asosida  (qiyinchilik  mezoniga  qat‘iy  rioya  qilgan  holda)  qurish.  Faqat  ana  shunday 
ta‘lim,  deb  ko‘rsatib  o‘tadi  L.V.Zankov,  jiddiy  aqliy  ish  olib  borish  uchun  oziq  berishi  hamda 
o‘quvchilarning  tez  va  ildam  tez  ravishda  rivojlanishiga  ko‘maklashuvi  mumkin;  2.  Materialni 
tez  sur‘at  bilan  o‘tish  (yana  aqlga  to‘g‘ri  keladigan  chegarada);  ta‘limning  bilishga  ta‘lluqli 
tomonining,  nazariy  bilimlarning  salmog‘ini  keskin  tarzda  oshirish.  Materialni  egallashga  olib 
boradigan  yo‘l  olingan  ma‘lumotlarni  uzviy  o‘zaro  bog‘liq  holda,  o‘qituvchining  savollariga 
mustaqil  ravishda  javob  izlash,  o‘z  -  o‘zini  nazorat  qilish,  o‘z  -  o‘zini  tekshirish  yordamida 
chuqur  anglab  olishdir.  Ko‘rsatib  o‘tilgan  prinsiplarga  muvofiq  ravishda  tashkil  etilgan 
ekspremental  ta‘lim  shuni  ko‘rsatadiki,  o‘quvchilar  ancha  chuqur  va  mazmunli  bilim  olibgina 
qolmay,  balki  ularning  aqliy  aktivligi  ortadi,  yuqori  darajadagi  intelektual  rivojlanishi 
ta‘minlanadi, o‘qishga ijobiy munosabati tarbiyalanadi. 
 
Pedagogik mashq 
Maktab tajribasida ba‘zan uchraydigan pedagogik jarayonni baholang. Bunday holni odatiy 
holat deb izohlash mumkinmi? 
Ba‘zan sinfda o‘qituvchi faol, o‘quvchilar esa faolsiz bo‘lishadi. Natijada o‘qituvchi ko‘p 
vaqt,  kuch  sarflaydi.  Ammo  o‘quvchilarning  o‘zlashtirishi  o‘rtacha  darajani  tashkil  etadi. 
Aksincha  ba‘zi  holatlarda  sinf  o‘quvchilari  bilimga  intilishda  harakatchan  o‘qituvchi  esa  sust 
ya‘ni  faolsiz  harakat  qiladi.  Oqibatda  o‘quvchilarning  o‘zlashtirishida  yuqori  natijalarga 
erishishida muammolarga duch kelinadi. 
Vaziyatni tahlil qiling. 
1. Sinfda o‘qituvchining faol bo‘lishi va aksincha o‘quvchilar faolsizligi qanday pedagogik 
sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi? 
2.  Darsda  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarning  faolligi  –  o‘quvchilar  o‘zlashtirishining 
samaradorligini belgilovchi omilligini Siz qanday izohlaysiz? 
3.  Darsda  o‘quvchilar  faolligini  ta‘minlash  o‘qituvchining  asosiy  vazifasi  ekanligini  Siz 
qanday izohlaysiz? Sizningcha uni amalda qanday hal etish mumkin? 
 
 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Nima uchun ta‘lim inson bilish faoliyatining asosiy bir turi? 
2. Nima uchun bilish nazariyasi ta‘lim jarayonining metodologik asosi? 
3. Ta‘lim nima uchun ikki yoqlama harakteriga ega? 
4.  Ta‘limning  qanday  funksiyalari  mavjud  va  ularni  o‘qituvchilarning  o‘zlashtirishda 
qanday muammolar bor? 
5. Ta‘limdagi ziddiyatlarni bartaraf etishda qanaqa muammolar mavjud?  

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin