Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/50
tarix12.03.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#87507
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili

-
62
-
 
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. 
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan 
oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga 
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish; 
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi. 
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, 
hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish
foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan 
foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda 
esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona 
bo’limlariga yetkaziladi. 
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida 
yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan 
ko’rsatkich 
hisoblanadi. 
Shunga 
qaramay, 
mahsulot 
tannarxi 
sanoat 
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini 
pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri 
hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar 
bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) 
uni Sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
3.2. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari 
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining 
uzluksiz 
pasayishi 
bozor 
iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining konuniyatidir. U Mehnat unumdorligining 
tuxtovsiz o’sishi, Mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy 
va Mehnat resurslaridan rasional foydalanish, Xo’jalik yuritish usullarining 
takomillashtirishi bilan ta’minlanadi. 



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin