-
60
-
3-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYALASH SHAROITIDA SANOAT
KORXONALARIDA MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH
YO’LLARI
3.1. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mehnat unumdorligini oshirish,
xomashyo va material, yoqilg’i va
elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini
qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti
tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini
va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali
har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi.
Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan
ish haqi qisqaradi, ammo
ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan
jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot
ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari
sarflangan
mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi
qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini
kamaytirish uchun ularni
tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin
yaxshi materiallar bilan
almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni
qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa
tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish,
asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash,
yoritish, isitish uchun ketadigan
mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning
ijtimoiy shakllarini
takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va