Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


II BOB. Ta’lim bosqichlarida Abdulla Qahhor hikoyalarini o‘rganish muammolari



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə9/25
tarix09.02.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#83569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
1sifat olomjon qaxxor va a oripovlarni ijodi

II BOB. Ta’lim bosqichlarida Abdulla Qahhor hikoyalarini o‘rganish muammolari

    1. “O‘g‘ri’’ hikoyasini o‘rganishda interfaol metodlar (“Klaster”, “Aqliy hujum”, “Portret” usuli)ni qo‘llash


Adabiy ta’limda Abdulla Qahhorning ijodini o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan uslubiy qo‘llanmalardan biri – bu Sa’dulla Ismatovning “Maktabda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini o‘rganish”3 uslubiy qo‘llanmasidir. O‘z davri adabiyot o‘qituvchilari uchun namunali sanalgan ushbu uslubiy qo‘llanmada Abdulla Qahhor ijodini o‘rganishning ko‘p qirralari ochib berilgan Muallif Abdulla Qahhor ijodini sakkiz yillik maktablarda o‘rganish, 5-sinfda “O‘g‘ri” hikoyasini o‘rganish, 7-sinfda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini o‘rganish, 10-sinfda Abdulla Qahhor hayoti va ijodini o‘rganish, Abdulla Qahhor hikoyalarini o‘rganish (1930 yillardagi ijodi), Abdulla Qahhorning Ulug‘ Vatan urushidan keyingi yillardagi ijodini o‘rganish, “Sinchalak” qissasini o‘rganish, A.Qahhor ijodi bo‘yicha yakunlovchi suhbat, A.Qahhor ijodi bo‘yicha o‘tkaziladigan yozma ishlar, A.Qahhor ijodini sinfdan tashqari o‘rganish yo‘llari, bibliografiya ruknlari ostida o‘rganishning samarador metodlari tizimini tavsiya etadi. uslubiy qo‘llanmaning yutuqlari qatorida adib asarlarini o‘rganishga davr nuqtai nazaridan yondashilganini, tavsiya etilayotgan uslubiy tavsiyalar hukmron mafkura talablariga to‘la bo‘ysundirilgani kabi qusurlarni aytib o‘tish joizdir. Shunday bo‘lsa-da, bunday uslubiy qo‘llanmalar Abdulla Qahhor va shu kabi ijodkorlar asarlarini adabiy ta’limda o‘rganishning mazmunini boytitishga, metodik tajribalar tadqiq etilib, ommalashtirilishiga; dars o‘tish metod va usullari ko‘lamining kengayib, takomillashiga, albatta, o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazgan.
Subutoy Dolimov, Hamidulla Ubaydullaev, Qudrat Ahmedovlarning ham muallifligida yaratilgan “Adabiyot o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi1 – universitet va institutlarning filologiya fakulteti o‘qituvchi va talabalar uchun-





3 Исматов С. Мактабда Абдулла Қаҳҳорнинг ҳаёти ва ижодини ўрганиш // иккинчи нашри. Адабиёт ўқитувчилари учун қўлланма. – Т: “Ўқитувчи”. 1978.
1 Долимов С, Убайдуллаев Ҳ, Аҳмедов Қ. Адабиёт ўқитиш методикаси. –Т.: “Ўқитувчи”. 1967.400-403-б.
adabiy ta’lim mazmunini boyitishga, yangi metod va usullar tizimini ommalashtirishga, adabiy ta’lim maqsad va vazifalarining ro‘yobini amalga oshirishda juda muhim qo‘llanma sifatida maydonga kelgan. Unda Abdulla Qahhor ijodini, xususan, “Asror bobo”, “Sinchalak” hikoya va qissasini o‘rganish yuzasidan uslubiy tavsiyalar qayd etilgan. O‘z darida bu metodik kitob adabiyot o‘qituvchilarining yaqin maslahatgo‘yi bo‘lgan, ta’lim jarayonida o‘quv qo‘llanma sifatida amaliy keng foydalanilgan. Hozirda adabiy ta’lim taraqqiyotini tanqidiy tadqiq qilish, uning rivojlanish bosqichlarini o‘rganish uchun ham ushbu qo‘llanmaga murojaat qilinadi, tanqidiy o‘rganiladi.
Ma’lumki, Abdulla Qahhorning juda ko‘p ibratomuz so‘zlari, aytgan “qayroqi” fikrlari, “tesha tegmagan” o‘xshatishlari ilm ahli, kitobxonlar orasida, keng jamoatchilik nutqida iboralarga, hikmatli so‘zlar darajasiga aylanib ulgurgan. Odatda, Abdulla Qahhor ijodi yuzasidan o‘quvchilar badiiy tafakkuri o‘stirilar ekan, adabiyot o‘qituvchi dars davomida, hech bo‘lmaganda, 2 yoki 3 marotaba Abdulla Qahhorning ana shunday hikmatlariga murojaat qiladi, o‘quvchilarga kuchli hissiy ta’sir o‘tkazishga intiladi. Masalan, adabiyot va uning inson hayotida tutgan o‘rni haqida gap ketganda Abdulla Qahhorning “Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak” degan hikmatini, adabiyot taqdiri, yozuvchi mehnati haqida gap ketganda uning: Adabiyotga o‘g‘ri mushukka o‘xshab tuynukdan oshib tushadiganlar ham bor; Adabiyot ko‘ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg‘usiz, ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o‘xshaydi – meva tugmaydi. Ko‘ngil rozi bo‘lgan asargina kitobxonning ko‘ngliga yo‘l topadi, kitobxonlarning ko‘nglida meva tugadi; Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi; talant va mahorat haqida so‘z ketganda: Semiz kitobning yuragi yaxshi tepmaydi; Yozuvchining mahorati shundaki. Butun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘ra ichiga qamab bera oladi; Palag‘da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb bo‘lmaydi; tanqid va tanqidchilik to‘g‘risida bilim berilganda: Asr to‘g‘risida eng to‘g‘ri, xolis yozilgan taqriz kutubxonaning daftarida bo‘ladi; Birovning ashulasini aytgan tanqidchi o‘smaydi; uzoqdan otilgan tosh qattiq tegadi; Uy oladigan kishi uyni minorada turib
ko‘rmaydi; Sukut – tanqidning bir turi kabi juda ko‘plab pandlari, qalb so‘zlari, yozuvchi ijodiy maktabining xulosalari har qanda kitobxonni, o‘quvchini o‘z ta’sir domiga tortadi, o‘ylantiradi. Kitobxonlarga, o‘quvchilarga, adabiyot muallimlariga adibning bunday hikmatlaridan ortiqcha izlanishlarsiz bahra olishlari uchun Asror Samad mehnati bilan chop etilgan “Abdulla Qahhor hikmatlari”1 kitobi ham ma’naviy ozuqa, ham metodik qo‘llanma sifatiga egadir. Kitobning ixcham shakli, hikmatlarning ruknlar ostida ifodalanishi kitobxonga ham, adabiyot muallimi yoki o‘quvchilarga bir qancha qulayliklar tug‘diradi.
Qahhor ijodini o‘rganish ko‘lamini kengaytirish, uning asarlarini o‘rganishga yangilangan pedagogik tafakkur asosida yondashish, adib asarlari vositasida o‘quvchilarda ma’naviy-mafkuraviy immunitetlarni yanada shakllantirish adabiy ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Biz ishimizning keyingi bosqichlarida adabiy ta’lim jarayonida Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish yuzasidan to‘planayotgan yangi metod va usullar tavsifni keltirishga hamda adib ijodini o‘rganish yuzasidan bizning yangicha yondashuvlarimizga alohida e’tiborimizni qaratamiz.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari Abdulla Qahhor hikoyalari bilan 6-7-sinflarda tanishadilar. O‘quv rejasiga muvofiq 6-sinfda “Bemor” hikoyasini o‘rganish uchun 2soat, 7-sinfda “O‘g‘ri” va “Dahshat” hikoyalarini o‘rganish uchun 3 soat vaqt ajratilgan.
Istiqlol sharofati bilan ta’lim jarayonida tub burilishlar, ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yangicha pedagogik tafakkur, o‘qish va o‘rgatishga bo‘lgan munosabatlarning yuksalishi, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining kirib kelishi, noan’anaviy, innovatsion, interfaol metod va usullardan, pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘lamining kengayib borayotgani, avvalo, o‘qituvchilardan o‘z ustida ko‘proq izlanish, o‘rganishni; bilimlarini muttasil oshirib borish zaruratini; yangi axborot vositalari, kompyuter texnologiyasini mukammal o‘rganishni; xorijiy tillarni o‘zlashtirib, dars jaryonida





1 Асрор Самад. Абдулла Қаҳҳор ҳикматлари. – Т: “Ўзбекистон”. 1990.
fanlararo, ta’lim jarayonlariaro aloqani, integratsiyani, takomillashtirishni davriy zarurat sifatida taqozo etmoqda. Bu narsa adabiy ta’lim jarayoniga, xususan, Abdulla Qahhor asarlarini o‘rganishga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi.
Biz metodist olimlarimizning, ilg‘or pedagoglarimizning Abdulla Qahhor ijodini, uning hikoya, qissa va romanlarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalar tizimini, avvalo, e’tirof etgan holda, ularning mehnatlarini qadrlab, pedagogik jaryonlarda keng foydalanilayotganini ta’kidlagan holda, o‘z fikr-mulohazalarimizni, adib asarlarini o‘rganishga yangicha yondashuvlarimizni bildirmoqchimiz, amaliyotga tavsiya etmoqchimiz.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin