ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 769 www.ares.uz
KIRISH
Millatimizning g`ururi va iftixori bo`lgan o`zbek mumtoz adabiyotini xalqaro
maydondagi nufuzini oshirib dunyo miqyosida yanada rivojlantirish uchun davlatimiz
rahbari muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev tomonidan
chiqarilgan qarorlarning ahamiyati kattadir.
Muhtaram yurtboshimizning Oliy Majlisga murojatnomasida aytilgan fikrlar
biz o`qituvchilarning oldimizga ham katta mas`uliyat yuklaydi. So`nggi yillarda
milliy qadriyatlarni tiklash va mumtoz adabiyot tarixi bilan bog`liq barkamol avlodni
ma`naviy
kamolotga
erishtirish
masalalariga
katta
e`tibor
berilmoqda.
Musulmon Sharqi epik poeziyasi tarixi xamsachilik an'anasi bilan chambarchas
bog„liq. Dastavval XII asrda vujudga kelgan xamsa janri
sakkiz asrga yaqin vaqt
davomida yuzlab javob dostonlarga ega bo„ldi. Sharq adabiyotida birinchi bo„lib
“Xamsa” yozgan shaxs buyuk ozarbayjon shoiri
Nizomiy Ganjaviy
dir. U 1170–1204-
yillar oralig„ida birin-ketin 5 ta doston yaratdi, bu dostonlar shoir vafotidan so„ng
yaxlit bir to„plamga birlashtirilib, “Panj ganj” (“Besh xazina”) deb atala boshlandi va
keyinchalik xamsa nomi bilan mashhur bo„ldi.
"Xamsa" yozish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo`ladi:
1. Besh dostondan tashkil topmog„i.
2. Birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta'limiy-axloqiy,
falsafiy
bo„lmog„i.
3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag„ishlanmog„i.
4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog„i.
5. To„rtinchi doston Bahrom, beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog„i
shart edi.
Alisher Navoiy bu jihatdan ham Nizomiy Ganjaviy an`anasiga amal qildi. Eng
muhihmi Navoiyning "Xamsa" si turkiy-o`zbek tilida yozilgan bo`lib, undan
turkiyzabon kitobxon bahra olishi uchun imkon yaratildi.
Agar Nizomiy Ganjaviy
fors tilidagi Xamsa"ni hayot taqozosi bilan 27 yilda (1174 - 1201) yoz-gan bo„lsa,
Navoiy o„zbek tilidagi ,,Xamsa"ni ikki yildan ortiqroq (1483 - 1485) muddatda
tugatishga erishdi.[O.Madayev 2018,158]
Jahon sivilizatsiyasi
tarixida ayniqsa, Sharqda alohida o`rin tutadigan
xamsachilik an`anasi va Alisher Navoiy "Xamsa" si o`zbek mumtoz adabiyotining
rivojlanishida yuksak ahamiyatga egadir. Sharq
epik poeziyasining gultoji
hisoblangan "Xamsa" ga kirgan dostonlar musulmonlar Sharqi xalqlarini har doim
qiziqtirib kelgan. Ana shuning uchun ham Sharq Renessansi davrida juda ko`p
insonlar "Xamsa" yozishga harakat qilganlar. Bu davrlarda 300 ga yaqin ijodkorlar
Nizomiy beshligiga muayyan tarzda javob yozganlarini Ozarbayjon olimi, filologiya