ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 776 www.ares.uz Demak, xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, XIV-XV asrlarda Xirot
adabiy muhitida xamsachilik an`anasi kuchli bo`lgan, har bir talant egasi ozmi-
ko`pmi darajada elga tanilgan har bir shoir "Xamsa" ga qo`l urib o`z iste`dodini sinab
ko`rishga, o`z mahoratini xalqqa ko`z-ko`z qilishga, adiblar orasida shuhrat
qozonishga harakat qilgan. Ammo ularning ko`pchiligi buyuk Nizomiy Ganjaviyning
o`lmas asarlariga nazira qilib yozar ekanlar bu mavzuni yangi mazmun bilan
boyitishga ojizlik qildi. Ularning dostonlarini xalq qabul qilmadi. ko`pchiligi unutilib
ketti. Bundan ikki buyuk inson- Jomiy bilan Navoiy "Xamsa" si mustasnodir.
NATIJALAR Fors adabiyotida Nizomiy beshligiga birinchi javob bitgan ijodkor Xusrav
Dehlaviy bo„lsa, Navoiy bu vazifani turkiy tilda ado etdi. Navoiy beshligida
xamsanavislikning barcha shartlariga qat'iy amal qilinganligini ko„ramiz. Chunki
xamsanavislik an'anasidan bir oz bo„lsa-da chekinish, turkiy tilda xamsadek buyuk
asarni yozib bo„lmaydi degan fikrga olib kelishi mumkin edi. Navoiy o„z “Xamsa”si
misolida an'anaviy shakl doirasida ham yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab
berilgan shakllarni jilvalantirish usullari mavjudligini ko„rsatib berdi va uning bu
asari umumjahon adabiyotining yuksak cho„qqisi bo„lib qoldi. Navoiy "Xamsa"si
ajdodlarimiz ma'naviy holatining ko„zgusi bo„lib, unda o„tmish davr ijtimoiy
turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o„z
aksini topgan. Navoiy "Xamsa"si bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog„langan
beshta dostonni o„z ichiga oluvchi yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining
barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi.
XULOSA Alisher Navoiy "Xamsa" asarida o`zidan oldin o`tgan ustozlari buyuk shoirlar
Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog`iy va Abdurahmon Jomiy
asarlaridan ijobiy foydalandi. Mundarijaviy doston bo„lmish "Hayrat ul-abror"da
shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni
qo„ysa, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob
berishga harakat qiladi. “Xamsa” dostonlaridagi muqaddimalar voqelikka shunchaki
an'anaviy kirish bo„lmay, balki dostonlar mundarijasi uchun ochqich vazifasini ham
o„taydi. Shu ma'noda muqaddimalarda keltirilgan fikrlarga alohida e'tibor berish
dostonlar tagzaminida yashiringan ramziy ma'nolarni ochishga yordam beradi. Aynan
muqaddimada buyuk mutafakkirning olam va odam, tabiat, kishilik jamiyati, umr va
uning mazmuni haqidagi falsafiy-axloqiy qarashlari, ijodkor sifatidagi buyuk