ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 775 www.ares.uz hazrat shayxning (ya'ni Nizomiyning - Sh. Sh.) «Mahzanul asror» ig„a javob
aytibdur», deydi-da, undan bir bayt misol keltiradi:
Har nafase kaz tu kase bishnavad, Beshak azu hamnafase bishnavad. (Sendan kim nimani eshitarkan, Beshak undan hamdamlikni eshitadi.) Navoiy bu shoir haqidagi ma'lumotini: «uning qabri Hirotda»,- deb tugatadi.
Demak, u o„sha davrda vafot etgan va, ehtimol boshlagan «Xamsa»sini tamom
qilolmagandir.
Xoja Imod. Uning «Laylo va Majnun» dostoniga Navoiy baho berib:
«masnaviysida xiyla rang va ziynat bor»,- deydi va g„azalida ham iste'dodi borligini
aytib, quyidagi matlani keltiradi:
Burd suyi lab zabonu shu'la zaddor joni man, Qard zohir lam'ai u otashi pinhoni man. (Lablariga til urib jonimga o‘tlar yoqdi ul, Yoshirin dil o‘tidan olamga uchqun choqdi ul.) Amir Shayx Suhayliy - Alisher Navonyning do„stlaridan. Navoiy uning tojik
va uzbek tillarida yozgan she'rlariga yuqori baho beradi: «ash'ori el orasida shuhrat
tutti», deydi.
Uning «Laylo va Majnun» dostoni borligini aytib, undan Layloning ozib
ketganligini chiroyli ta'rif etgan bir baytnni keltirardi:
Go`yi zamahash zi hol gashta, Monandan sebi sol tashta. (Iyagi shunday holga tushib qolganki, Go‘yo bir yil turib qolgan olmaga aylangan, Ya'ni ozib qurishib qolgan) Shahobiddin Jomiyning tug`ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq ma`lumot
yo`q. Faqat Xondamirning "Makorim ul-axloq" ida Shahobiddin Jomiyning Alisher
Navoiy maslahatiga ko`ra "Layli va Majnun" va "Xusrav va Shirin" dostonlarini
yozgan.[Юсупова, 2013:85]
Filologiya
fanlari
doktori
Dilnavoz
Yusupovaning
qo`llanmasida
ko`rsatilishicha bitta dostonga javob yozgan mualliflar quyidagilar:
"Maxzan ul-asror" tipida doston yozgan mualliflar: Osafi Hiraviy, Nargisiy,
G`iyosiddin Sabzavoriy, Fosih Rumiy, Sayyid Qosimiy.
"Layli va Majnun" tipida doston yozgan mualliflar: Shayxim Suhayliy, Ali
Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja Xasan Xizrshoh, Zave Qozisi.