ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 772 www.ares.uz «Ishqnoma» yoki «Layli va Majnun», «Haft avrang» (Etti taxt) va «Zafarnoma»
nomli «Xamsa» tarkibidagi dostonlarni yozgan. Shoirning she'rlar devoni va «Sad
pandi Ali» (Alining yuz pandi) nomli Hazrat Ali hikmatlarining tarjimasi bo„lgan
manzumasi ham mavjud. Aftidan bu oxirgi asari Navoiyning «Nazm ul-javoxir»
nomli asariga o„xshash ko„rinadi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Ashraf
haqida yozadi va Hirotda bo„lganini ta'kidlaydi. Shoir «Xamsa» ustida uzoq yillar
mehnat qilgani va nihoyat uni tugallashga noil bo„lgani xususida Navoiy Ashrafning
quyidagi baytini keltiradi:
Az sharafi vasli tu Ashraf shudem, Davlati mo bud musharraf shudem. (Tarj.: Sening vasling sharafi bilan Ashraf (ya'ni, sharafli) bo„ldik, bu biz
uchun davlat edi musharraf bo„ldik).[Навоий, 1997:219]
Fors-tojik adabiyotining oltin davrini yakunlagan zabardast so„z san'atkori,
ulug„ mutafakkir, naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi Nuriddin
Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy Nishopur yaqinidagi Jom shahrida ruhoniy oilasida
tug„ilib, Hirotda yashagan hamda shu yerda mashhur shoir va mutafakkir bo„lib
yetishgan. U Hirotda Xoja Alouddin Ali Samarqandiy, Shahobiddin Muhammad
Jojarmiy kabi allomalar qo„lida tahsil oladi. Samarqanddagi Ulug„bek madrasasida
Mirzo Ulug„bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi qomusiy olimlar ma'ruzalarini
eshitishga muyassar bo„ladi. Mashhur mudarris Fazlulloh Abullaysdan fiqh, Qur'on,
hadis va arab tili bo„yicha saboq oladi.
Alisher Navoiyning yozishicha, Jomiy garchi zohir yuzidan Sa'diddin
Koshg„ariy muridi bo„lsa-da, aslida uvaysiysbo„lib, Bahouddin Naqshband
ruhoniyatidan tarbiya topgan, zamona mashoyixi Xoja Muhammad Porso nazariga
tushgan, Xoja Abu Nasr Porso, Xoja Muhammad Kusaviy, Mavlono Boyazid
Puroniy, Mavlono Muhammad Asar, Mavlono Muhammad Tabodgoniy, Shayx Shoh
Ziyoratgohiy va Mavlono Muhammad Amin Ko„histoniy kabi o„z davrining ulug„
shayxlari bilan muloqot qilgan. Xoja Ahror Valiy bilan yaqin munosabatda bo„lgan.
1476 yili Alisher Navoiy unga murid tushib, rasman naqshbandiya tariqatiga
kiradi. Jomiy 7 ta doston yozib, ularni «Haft avrang» («Etti taxt») nomi bilan atagan:
«Silsilat uz-zahab» («Oltin zanjirlar»), «Tuhfat ul-ahror» («Yaxshilar tuhfasi»),
«Sibhat ul-abror» («Taqvodorlar tasbehi»), «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun»,
«Salomon va Absol», «Xiradnomai Iskandar» («Iskandar pandnomasi»).
Navoiy «Xamsa» si uch yuz yil-lik tajriba va an`anaga ega bo„lgan xamsachilik
taraqqiyotida yangi va yirik voqea bo„ldi.
Navoiy ustoz xamsanavislarning yuksak san'atkorligini e'tirof qiladi va
sharaflaydi, ularning ada-biy tajribasidan ta'lim oladi. Dostonlarining muqaddima