ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 774 www.ares.uz Kotibiy Turshiziy. Bu shoir haqida ham Alisher Navoiy ancha qimmatli
ma'lumotlar qoldirgan.
Navoiy uni: "o`z zamonnning benaziri", deb yuksak baho beradi. Uning
masnaviylaridan ko„ra, g„azaliyot va qasidalar devoni mashhurroq, deydi, U tajnislar
nshlatishda, qo„sh qofiyali va qo„sh vaznli she'rlar yozishda mohir bo„lgan.
Shoir umrining oxirida «Xamsa» yozishga kirishgan ammo tugatolmagan.
Uning «Gulshani abror» va «Layli va Majnun» dostonlari qolgan.
Bu shoir umrining oxirida Astrobodda vabo kasalidan vafot etgan. O`limi
oldidan quyidagi qit'ani aytib ketgan:
Zi otashin qahri vabo gardid nogahon xarob, Astrobodiki xokosh buvad xushbo‘tar zi mushk, Andaru az piru barno hech kas boqi namond, Otash andar besha chun aftad na tar monand na xo‘shk, (Tuprogi mushkdan ham xush bo`yli Astrobod, Qahrli vabo o`tida birdan xarob bo‘ldi. Unda qariyu yoshdan hech kim qolmadi, Chunki to`qayga o‘t tushsa, ho`lu quruq barobar yonadi.) Badriddin Hiloliy asli Astrobodli bo`lgan bu ijodkor XV asrning 70 yillarida
yug`ilgan bo`lib 1529 yilda qatl etilgan. "Xamsa" dostonlariga javoban yozilgan 2ta
dostoni bor: "Sifat ul-oshiqin"("Maxsan ul-asror") ga javob, "Layli va Majnun".
Mavlono Ali Ohiy. Mashhadlik bu shoir haqida Alisher Navoiy «Majolisun
nafois»da quyidagi xabarni beradi: «Mavlono Ali Ohiy - Mashhaddindur, «Xamsa»
muqobalasida necha masnaviy aytibdurkim, chun muqobolag„a keltursa, go`yoki
bo„lmas, ul jihatdan shuhrat tutmaydur. «Xayol va visol» otlig` kitobida bir bayti bor,
magarkim mulhimi g„ayb oning tiliga she'ri bobida solg„ondirkim (ya'ni g„aybdan
ilhom beruvchi bu baytni uning o„z she'ri haqida tiliga solgan ):
She'ri ki buvad en nuqta soda, Monad hama umr yak sovoda» (She'rda koziklik bo‘lmasa, Butun umrga qoralama bo‘lib qoladi.) [Шомухамедов, 1981,
229]
Navoiy uning xamsadan necha doston aytmaydi, faqat she'rlari haqida uning
o„z asaridan olgan bayt bilan baho berib qo„ya qoladi.
Mavlono Fasih Rumiy. Alisher bu kishi haqida ham qisqa ma'lumot berib, uni:
«donishmand kishi erdi… Xoja Salmonning masnu' qasidasiga tatabbu` qilibdur…