ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 773 www.ares.uz qismida Nizomiy va Xusrav Dehlaviyga hamda o„zi bilan deyarli bir vaqtda xamsa
yaratgan Abdurahmon Jomiyga bag„ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug„laydi. U:
Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum, Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum, - deb ulardan madad tilaydi. Biroq Navoiy hech qachon xamsanavis salaflarining
dostonlarini takrorlashga yoki ularga tobelarcha taqlid qilishga intilmaydi. U o„z
oldiga yangi va original xamsa yaratish vazifasini qo„yadi. Buni Navoiy bot-bot
ta'kidlaydi. Xamsanavis salaflarining ijodiy yutuqlarini e'tirof qilgan va sharaflagan
Navoiy ularning dostonlaridagi nuqsonlarga befarq qaramaydi. U salaflarining juz'iy
kamchiliklarini emas, balki jiddiyroq kamchiliklarini topadi va xolisona tanqid qiladi.
Navoiy «Xamsa» ni yaratishda tarixiy manbalardan va xususan xalq og„zaki
ijodi boyliklaridan, xalq afsonalari, ertaklari, qo„shiqlari, maqol va hikmatli so„zlari
hamda xalq asarlarining badiiy uslubidan mohirlik bilan foydalandi.
Navoiy juda og„ir va juda mas'uliyatli ishga kirishgan edi. U Yaqin va O`rta
Sharq o„lkalarida ustoz so„z san'atkori sifatida shuxrat topgan Nizomiy va Xusrav
Dehlaviy bilan ijodiy bahslashdi. Bu juda katta bilim va yuksak adabiy didni, iste'dod
va qobiliyatni talab etar edi. U og„ir va mas'uliyatli bu vazifani sharaf bilan bajardi,
adabiyot maydonida sher bilan olishgan sher bo„lib chiqdi. Navoiy xamsanavis
salaflariga ijodiy yondashdi, dostonlarida yashagan tarixiy sharoitning aktual
masalalarini mavzu qilib oldi, el-yurt uchun muhim ahamiyatga molik masalalar
haqida fikr yuritdi, uning aqlzakovati kelajakka parvoz etib, insonning istiqboliga
katta umid bilan boqdi, hayot haqiqati romantik orzu-armonlari bilan chatishdi,
qahramonlari umumbashariy xislatlar bilan kamol topdi, yangi-yangi situasiya, syujet
va kompozisiya, obraz va xarakterlar yaratdi, badiiy so„z takomilida yangi boblar
kashf etdi, o„zbek adabiy tili istiqboli uchun kurash bayrog„ini yuksak ko„gardi.
Navoiy «Xamsa»sining ulug„vorligi, shon-shuhrati va olamshumulligi ham shunda.
XIV-XV asrlarda "Xamsa" ning ba`zi dostonlariga javob yozgan ijodkorlar
haqida fikr yuritamiz.
Abdullo Xotafiy. Bu shoirning dostonlari avvalgilarnikidan mashhurroq. U
to„rt dostonni yozib tamomlagan, bulardan ba'zilari nashr etilgan.
U «Xamsa» boshlashdan oldin tog„asi Abdurahmon Jomiy yoniga borib, undan
fotiha so„raydi. Jomiy unga Firdavsiyning «bir she'rini berib, shunga nazira yozib
kel», - deydi. Xotafiy bu sinovdan yaxshi o„tadi, Shundagina Jomiy unga fotiha
beradi. U «Laylo va Majnun», «Haft manzar», «Temurnoma» dostonlarinn yozgan.
Hayotining oxirida shoh Ismoil Safoviyning harbiy yurishlariga bag„ishlangan
«Shohnoma» yoza boshlagan, ammo bu asar tamomlanmay qolgan. Shoir 1521 yilda
vafot etgan.