Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi


Badiiy  asar  tahlili  haqida  ma’lumot



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

2.1.Badiiy  asar  tahlili  haqida  ma’lumot.  IX  sinf  “Adabiyot”  darsligida  Alisher 

Navoiyning  hayoti  va  adabiy  faoliyati,  “Xamsa”  asari,  uning  yaratilish  tarixi,  uni 

tashkil  etgan  dostonlar  haqida  ma’lumot  beriladi,  “Layli  va  Majnun”,  “Farhod  va 

Shirin”,  “Sab`ai  sayyor”  dostonlari  analiz  qilinadi.  Analiz  bayon  xarakterida 

bo‘lib,  bayon  jarayonida  muallif  dostonlarda  ifodalangan  g‘oya,  orzu  –  umidlar, 

obrazlar  haqida  ham  to‘xtalib,  Navoiy  yashagan  davrdagi  ijtimoiy  tuzum  va  bu 

tuzumning  adolat, erkinlik istagan kishilar boshiga solagan musibatlarini, Layli va 

Majnun,  Farhod  va  Shirinning  fojiali  taqdirini,  ularning  erki,  orzu  –  umidlarini 

poymol etgan yovuz kuchlarni ochib beradi.

13

 

      Badiiy  asar  tahlili  ham  badiiy  asar  ustida  ishlash  bosqichlarining  eng 

muhimlaridan biridir. Tahlilning maqsadi, vazifasi, tarkibi va o‘ziga xos mazmuni 

mavjud.  Tahlilning  bosh  maqsadi,  asarda  aks  etgan  badiiy  olam  mohiyatini 

                                                 

13

 Зуннунов А. Ўзбек адабиёти методикаси тарихидан очерклар. T.: “Ўқтувчи”, 1980. 54- б. 




 

37 


 

anglash,  uning  asl  mazmunini  to‘g‘ri  va  to‘la  idrok  etishdan  iborat.  O‘quvchilar 

asarda  ask  etgan  voqea  va  qahramonlar  muallifning  nuqtai  nazari  bilan 

aloqadorligini,  shunga  qaramay  asardagi  badiiy  olam  bilan  haqiqiy  hayot  orasiga 

tenglik alomati qo‘yib bo‘lmasligini anglay boshlaydilar. 

    Tahlil  jarayonida  o‘quvchilar  yozuvchi  tomonidan  tanlab  olingan  hayotiy 

materiallarning  muayyan  maqsad  va  vazifalariga  bo‘ysungan  holda  tegishli 

izchillikda  kelishini  ham  bilib  olishadi.  Bu  izchillikni  tanlash  va  ta’minlash  ham 

yozuvchining badiiy – estetik niyatlariga aloqadorligini kuzatishadi, bunga ishonch 

hosil qilishadi. Asardagi mavjud syujet va kompozitsiyaning o‘z – o‘zidan yuzaga 

kelmasligini ongli ravishda tasavvur eta boshlashadi. Tanlangan har bir shakl, janr, 

uslubning asl mohiyati yorqinlashadi. 

     Tahlil  birdaniga  yaxlit  tarzda  amalga  oshmas  ekan.  Demak,  muayyan  mavzu 

yoki  yo‘nalishlarning  tanlab  olinishi  tabiiydir.  Shunga  ko‘ra,  asarning  syujeti  va 

kompozitsiyasi, uning obrazlar tizimi, mavzu va g‘oyalar qamrovi, poetikasiga xos 

bo‘lgan xususiyatlar alohida – alohida tahlil etilishi mumkin. 

    Tahlil  uchun  asarning  qaysi  bir  unsuri  jalb  etmasin,  undan  ko‘zlangan  maqsad 

bitta bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa, muallif k‘zda tutga asosiy masalaga e’tibor berishdir. 

Maktab  dasturlarida  bu  to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  tahlil  obyekti  sifatida  belgilangan.  IX 

sinf “Adabiyot dasturi”da ayrim romanlarda berilgan tavsiflarni kuzatish mumkin. 

Unda Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”i ─ falsafiy ta`limiy – ahloqiy doston. 

Dunyoni  tasavvufiy  idrok  etish.  Islomiy  ahloqiy  tarbiyasi:  iymon,  ilm,  adab, 

saxovat, rostgo‘ylik, xalqqa naf yetkazish . . ., nuqtai nazaridan ko‘riladi.

14

 



     O‘quvchilarda badiiy didni tarbiyalash va rivojlantirish murakkab masalalardan 

biridir.  O‘quvchilar  ma’lum  darajada  adabiy  bilimlarga  ega  bo‘lmasdan 

turib,adabiyot  tarixiga  doir  faktlar  va  jamiyat  tarixi  to‘g‘risida  yetarli  bilim 

olmaydilar.  IX  sinf  dasturi  o‘quvchilarni  murakkab  adabiy  hodisalar  ichiga  olib 

kiradi.  O‘quvchilar  bu  sinfda  uzoq  asrlarga  mansub  bo‘lgan  asarlar,  adabiy 

yo‘nalishlar, adabiy jarayon bilan tanishadilar. 

                                                 

14

 Тўxлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. T. 2010, 47-53- б. 




 

38 


 

      IX  sinf  dasturidan  o‘rin  olgan  xalq  og‘zaki  ijodi,  yozuvchilar  ijodi  tarixiy  – 

adabiy  jarayonning  uzviy  sohasi  sifatida  o‘rganiladi;  har  bir  yozuvchining  ijodi 

qaysi  traditsiyada  rivojlangani,  adabiyotning  umumiy  rivojiga  qanday  yangilik 

qo‘shgani  aniqlanadi.  IX  sinf  o‘quvchilari  asarning  g‘oyaviy  –  estetik 

evolyutsiyasini,  siyosiy  va  adabiy  yo‘nalishlarga  munosabatini  aniqlash 

ko‘nikmasiga  ega  bo‘ladilar.  Mana  shularga  ko‘ra,  IX  sinfdagi  dars  IV  –  VII 

sinfdagiga  nisbatan  boshqacha  xarakterda  bo‘ladi,  asarni  analiz  qilish 

murakkablashadi,  o‘quvchilar  qiyinchilikni  his  etadilar.  IX  sinfda  o‘quvchilar 

badiiy asarlarni sistemali o‘rganib, ular haqida fikr yurita boshlaydilar, asarni tahlil 

qilish  bilan  har  bir  obrazda  oldinga  surilgan  g‘oyani,  fikrni  bilib  oladilar.  Ularda 

faqat  obrazga  emas,  balki  asar  muallifiga,  uning  fikr  –  o‘ylarini  bilishga  qiziqish 

ortib  boradi,  natijada  uni  ijodkor  shaxs,  talant  egasi  sifatida  his  etadilar.  IX  sinf 

o‘quvchilarida  yozuvchini  ana  shu  zaylda  tasavvur  etish  birinchi  kun 

mashg‘ulotdan  boshlanadi.  Shuning  uchun  ham,  ular  Alisher  Navoiy  va  uning 

“Farhod  va  Shirin”  dostonini  qiziqib  o‘rganadilar,  ularda  bu  asar  haqida  to‘liq 

tasavvur hosil bo‘ladi. O‘quvchilar “Yozma adabiyot” mavzusini, ayniqsa, Alisher 

Navoiy  ijodini  o‘rganishga  kirishganlarida  adabiyot  nima  ekanini  chuqur  his 

etadilar. Alisher Navoiyning orzu –istaklarini, uning podsho va riyokor shayxlarga 

bo‘lgan  munosabatini  payqab  oladilar.  O‘quvchilar  Alisher  Navoiy  yaratgan 

obrazlarni  o‘rganish  bilan  hayot  va  odamlar  haqida  fikr  yurita  boshlaydilar.  IX 

sinfda  ham  asar  yuzasidan  suhbat  o‘tkaziladi.  Bu  mashg‘ulotdan  so‘ng  asar 

o‘qiladi, tekst ustida ishlanadi va tahlilga kirishiladi.

15

  



    O‘zbek  mumtoz  adabiyotining  asoschisi,  buyuk  daho  ijodkor  Alisher  Navoiy 

o‘zining “Xamsa” asarini yaratish bilan jahon adabiyotiga yangi, muhtasham, eng 

muhimi  kitobxonni  hayratga  soluvchi  bino  yaratdi.  Buyuk  shoirning besh dostoni 

o‘z  ichiga  olgan  ilmiy  ummoni  jahonning  70  dan  ortiq  tillariga  tarjima  qilindi. 

Sababi  shumikim,  xitoy,  olmon,  fors – tojik,  yapon va  boshqa millat kitobxonlari 

shoir  asarlarini  jon  dildan  sevib  tilga  oladilar.  Ana  shuning  uchun  ham 

mamlakatimiz  jonkuyari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov 

                                                 

15

 Зуннунов А., Эсонов Ж. Мактабда адабиёт ўқитиш методикаси. T. : “Ўқитувчи”, 1985, 83-85- б. 




 

39 


 

“Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  asarida buyuk  shoirga  baho berib:  “Agar 

bu  ulug‘  zotni  avliyo  desak,  u  avliyolarning  avliyosi,  mutafakkir  desak, 

mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning  sultonidir”, - degan edi.

16

 

      Shundan  so‘ng  o‘qituvchi  o‘rganilayotgan  mavzuni  ilmiyligini  ta’minlash 



maqsadida  Respublikamiz  olimlarining  Alisher  Navoiyning  badiiy  san’ati,  uning 

“Xamsa”  asarining  jahonshumul  ahamiyati,  shuningdek,  “Farhod  va  Shirin” 

dostonining  poetik  qiymatiga  oid  fikrlarini  bayon  etadi.  Bu  narsa  o‘qituvchining 

faqat IX sinf darsligida aytilgan ma’lumotlar bilan cheklanib qolmasdan “Xamsa” 

asarining  tahlili,  undagi  dostonlarning  jahonshumul  ahamiyati  haqida  ham 

o‘quvchilarga ma’lumot berish imkonini beradi. Shu maqsadda o‘qituvchi o‘zining 

“Farhod  va  Shirin”  dostonini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  kirish  mashg‘ulotida 

o‘zbek  mumtoz  adabiyotining    III  tomini  yaratgan  akademik  B.Valixo‘jayevning 

ilmiy  fikrini  keltirishi,  Alisher  Navoiy  ijodiga  berilgan  yuksak  baho  hisoblanadi. 

Doston an’anaviy  hamd  va  na’tlar  bilan  boshlanib, qalam  vasfi,  Nizomiy,  Xusrav 

Dehlaviy,  Abdurahmon  Jomiy  haqidagi  boblardan  so‘ng  dostonning  yozilish 

sabablari  va  undan  kuzatilgan  maqsad  bayoni  beriladi.  Shundan  so‘ng 

Badiuzzamon  mirzoga  bag‘ishlangan  bob  keladi.  Bularning  hammasi  dostonning 

muqaddimasi  bo‘lib,  undan  keyin  Farhodning  tug‘ilishi,  unga  nom  qo‘yish  bilan 

bog‘liq  hamda  Farhodning  vafotigacha  bo‘lgan  sarguzashtlari  bayon  qilinadi. 

Farhod  vafot  etgach,  Sheruya  Xusravni  o‘ldirib,  Shiringa  talabgor  bo‘ladi.  Shirin 

esa Farhod qabrida uning yonida vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Mehinbonu ham 

olamdan  o‘tadi.  Xuddi  shu  vaqtda  Chindan  Farhodni  yo‘qlab  Bahrom  keladi, 

Farhod  vafotini  eshitadi.  Sheruyani  yengib,  Arman  o‘lkasida  bir  odil 

kishinipodshoh qilib qo‘yadi. Dostonning voqeasi shu yerda tugaydi. 

      Dars davomida masalaning bunday qo‘yilishi o‘quvchilarda “Farhod va Shirin” 

dostoning  tarixiyligi,  uning  yaratilish  sabablari,  mazmuni,  ayniqsa,  buyuk 

shoirning mavzu tanlashda uning mahoratini o‘rganish imkonini beradi. Bu haqda 

taniqli adabiyotshunos olim, prof. G‘. Karimov quyidagilarni bayon etadi: “Ulug‘ 

san’atkor va donishmand mutafakkir Navoiy inson va uning ichki his – tuyg‘ulari 

                                                 

16

 Karimov I. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma`naviyat”, 2008, 47-b. 




 

40 


 

to‘g‘risida so‘zlaydimi, koinot kengliklaridan bahs ochadimi yoki bo‘lmasa kichik 

lirik  she’rlarida  muhabbat  qo‘shig‘ini  to‘qiydimi,  lirik,  epik  asarlarida  tiyran 

falsafiy  tushunchalarni  bayon  etadimi  ─  hamma  o‘rinda,  u  yoki  bu  munosabat 

bilan gul va gulshandan bahs ochadi . . . 

       Navoiy  yaratgan  bog‘ning  kishini  hayratga  soluvchi  gulshani  bu  uning 

“Farhod  va  Shirin”  dostonidir.  Adib  ushbu  asarni  yozishga  kirishar  ekan,  bu 

ko‘hna sharq afsonasini yangi mazmun bilan boyitib, unga yangicha ruh va bo‘yoq 

berishga jazm qilganini aytadi va shunday yozadi: 

        Oni nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay, 

        Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay. 

        Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, 

        Muqarrar aylamak sandin na loyiq”.

17

  




Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin