Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi


  O‘qituvchining  Alisher  Navoiyning  “Xamsa”  asari,  undagi  “Farhod  va



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

2.2.  O‘qituvchining  Alisher  Navoiyning  “Xamsa”  asari,  undagi  “Farhod  va 

Shirin”  dostonini  haqidagi  kirish  so‘zi.  Alisher  Navoiy  “Xamsa”sini  tashkil 

etgan  asarlar  o‘rtasida  “Farhod  va  Shirin”  dostoni  alohida  ajralib  turadi.  Ulug‘ 

shoir  bu  dostonni  qadimgi  Sharq  adabiyotida  uzoq  tarixa  ega  bo‘lgan  Farhod 

afsonalari,  Nizomiy  Ganjaviy  va  Xusrav  Dehlaviy  kabi  Sharq  adabiyotining 

mumtoz  so‘z  san’atkorlari  yaratgan  “Xusrav  va  Shirin”  dostonlarining  hayotiy 

traditsiyalarini  davom  ettirgani,  boyitgani  holda  yangi,  mustaqil  syujet,  g‘oya  va 

obrazlarga  ega  bo‘lgan  asar  sifatida  ishladi.  Alisher  Navoiy  “Farhod  va  Shirin” 

dostonining  muqaddima  boblarida  bu  masalalarga  mufassal  to‘xtalib  o‘tadi. 

“Xusrav va Shirin” manzumasini Sharq adabiyotida birinchilardan bo‘lib keng epik 

planda  ishlab  shuhrat  qozongan  ulug‘  ozarboyjon  shoiri  Nizomiy  Ganjaviy, 

Hindistonda  fors-tojik  adabiyotiga  asos  solgan  iste’dodli  qalam  sohibi  Xusrav 

Dehlaviy  nomlarini  hurmat  bilan  tilga  oladi.  Ular  tomonidan  amalga  oshirilgan 

ijodiy  ishning  ahamiyatini  alohida  ta’kidlaydi.  “Farhod  va  Shirin”ning  maydonga 

kelishi  esa  bu  silsila  tarixida  yangi  bosqich  bo‘ldi.  Shunga  ko‘ra  ham  Sharq 

                                                 

17

 Бадриев Ф., Худойбердиев А. Алишер Навоийнинг “Фарҳод ва Ширин” достони  ҳақида // Til va adabiyot 



ta`limi. 2011, 8-son,57-b. 


 

41 


 

adabiyotida  Farhod  qissalari  tarixini  kuzatish  bu  bilan  birga  ulardan  har  birining 

o‘ziga xos takrorlanmas fazilatlarini ta’kidlash jihatidan juda muhimdir.

18

  



     “Farhod va Shirin” 1484-yilda yozilgan bo‘lib, 54 bob (5782 bayt)ni o‘z ichiga 

oladi.  Shundan o‘n bir bob  muqaddima,  ikki bob xotima,  qolgan qirq bir  bob  esa 

doston  voqealarining  asosini  tashkil  qiladi.  Muqaddimaning  dastlabki  boblari 

hamd,  na’t  va  bir  qator  bag‘ishlovlardan  iboratdir.  Keyingi  bir  necha  bobda  esa 

Navoiy  dostonning  yozilish  sabablariga  batafsil  to‘xtalib,  Nizomiy,  Xusrav 

Dehlaviy,  Ashraf  kabi  shoirlarning  “Xusrav  va  Shirin”  yaratish  borasidagi 

tajribalarini tilga oladi. Mohiyat jihatidan bir butunlikni tashkil qilgan bu boblarda 

Navoiyning  “Hayrat  ul-abror”dan  keyin  “yana  bir  kon”  qazishga  ─  Farhod 

qissasini  yaratishdek  katta  ijodiy  ishga  kirishganligini  aytadi.  Alisher  Navoiy 

Nizomiy  va  Xusrav Dehlaviy  kabi ustodlar  qadam  qo‘ygan ijod  maydoniga  kirib, 

ular  bilan  bellashish  ─  “Xusrav  va  Shirin”larga  javob  yozishning  naqadar 

mushkulligini chuqur his qilgani holda ish boshlaydi. 

     Farhod, Xusrav, Shirin nomlari bilan bog‘langan qissalar Sharqdagi o‘zbek, 

tojik, ozarboyjon, eron, hind va afg‘on xalqlari o‘rtasida ancha keng tarqalgan 

bo‘lib, ularning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. 60-70-yillarda O‘zbekistonda 

adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida samarali ishlar qilinganini qayd qilish lozim 

bo‘ladi. Bu yillarda metodist olimlardan S.Dolimov, A.Zunnunov, Q.Ahmedov 

kabi ko‘p yillar maktabda ishlab, tajriba orttirgan, til va adabiyot fanidan dars 

bergan tajribali o‘qituvchilar o‘z kuzatish va tajribalarini ilmiy ish bilan bog‘lab, 

metodik qo‘llanmalar yaratdi. Chunonchi, A.Zunnunov uzoq vaqt olib borgan 

tajribalarini yakunlab “G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodini X sinfda o‘rganish” 

mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi, 1962-yilda uning “G‘afur 

G‘ulomning hayoti va ijodiy faoliyatini yuqori sinflarda o‘rganish” nomli metodik 

qo‘llanmasi nashr etildi. Olim tomonidan “O‘zbek adabiyoti metodikasi tarixi” 

mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va shu nomli kitobni 1980-yilda 

“O‘qituvchi” nashriyotidan chiqaradi. Zahmatkash olim tomonidan 1968-yilda “V 

– X sinflarda adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish” , “Maktabda badiiy asar 

                                                 

18

 Эркинов С. Шарқ адабиётида Фарҳод  қиссаси. – Т.: “Фан” , 1985, 3-4-б. 




 

42 


 

tahlili” kabi metodik qo‘llanmalari chop etildi. Professor A.Zunnunov keyinchalik 

“Pedagogika nazariyasi” , “Pedagogika tarixi” darsliklarini yaratdi. Shuningdek,  

“Adabiyot o‘qitish metodikasi” 1985-1991-yillarda ettirdi. Darslikda “Adabiyot 

o‘qitish metodikasi” fanining maqsad, vazifalari, badiiy asar tahlili, adabiy o‘qish 

mashg‘ulotlarining tur va metodlari, yozuvchi tarjimaiy holini o‘rganish kabi 

masalalar nazariy va maktab tajribalari misolida yoritilgan. 

 

Yuqoridagi darslik va metodik qo‘llanmalarni o‘rganishdan maqsad, buyuk 



Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid mavzuni qay 

darajada yoritilganini aniqlash ko‘zda tutiladi. Shunga ko‘ra prof.A.Zunnunovning 

“Maktabda adabiyot o‘qitish metodikasi” darsligida VIII sinflarda Alisher 

Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid, aniqrog‘i, asar syujetini 

o‘qituvchi tomonidan bayon qilishga oid nazariy fikrlar berilgan. 


Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin