3.1. Badiiy asarni ifodali o‘qish va sharhlab o‘qishga oid metodik fikrlar.
O‘quvchilarni badiiy asar bilan tanishtirish dastlab sinfda o‘qish bilan boshlanadi.
Sinfda badiiy asarni ifodali o‘qish o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda eng
muhim va ta’sirchan metoddir. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini
shakllantirish adabiyot o‘qituvchisi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Negaki, “faqat san’atkorona o`qish shoirlar haqida tushuncha hosil qiladi”. Shu
sababli bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qituvchining o‘zi
48
ifodali o‘qish qonun – qoidalarini, texnikasini bilib olishi kerak. Shundagina u
o‘quvchilarning ifodali o‘qish san’atini puxta egallab olishlariga, badiiy asar
haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish va to‘g‘ri baholash malakalarini
egallashlariga erishadi.
O‘qituvchi ifodali o‘qishni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning ona tili
darslarida olgan bilimlardan foydalanadi. Ma’lumki, o‘quvchilar ona tili darslarida
orfoepik qoidalarni o‘zlashtiradilar. Bunday bilim ifodali o‘qishda tekstdagi
intonatsiyani, urg‘uli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish, o‘z o‘rnida pauza qilish,
emotsional, yoqimli ovozda vazn va qofiyalarga qarab to‘g‘ri o‘qishga yordam
beradi. Ifodali o‘qish adabiy asarni tushunarli, ta’sirchan o‘qish demakdir. Bu
o‘qish san’ati yod olingan materialni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi, og‘zaki
nutq bilan bog‘lanadi.
“Sharh” so‘zi arabcha bo‘lib, izohlash, tafsir, tushuntirish, ma’no berish,
talqin etish demakdir. Sharh adabiy tekstni talqin etuvchi filologik tadqiqotga xos
usul hisoblanadi. Sharh adabiy asarni tadqiq qiluvchi adabiyotshunoslik, adabiyot
nazariyasi, tarix, estetika, tilshunoslik fanlariga bog‘lanadi.
Maktabda qo‘llanadigan tarixiy – adabiy sharhda asarning yaratilish tarixi,
adabiyot tarixida tutgan o‘rni, asarda tasvirlangan voqea va shaxslar haqida
ma’lumot beriladi. Masalan, VIII sinfda Alisher Navoiyning “Xamsa” asari
xususida gapirilganda uning yaratilishi, uni tashkil etgan dostonlar to‘g‘risida
tushuncha beriladi, “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda undagi tarixiy
shaxslar — Arastu, Qorun, Moniy sharhlanadi.
Yuqori sinflarda yozuvchining ijodini o‘rganishda biografik sharhlashdan
ham foydalaniladi. Bunda asarning yozuvchi hayoti bilan bog‘liqligi yoritiladi.
Masalan, Alisher Navoiy shaxsiyatidagi fazilatlarning u yaratgan asarlarda ham
aks etganini ko‘rish mumkin.
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Senga fayz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynish
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
49
Bu to‘rtlikda Alisher Navoiy, olamda kimki biror kasbni mukammal egallab
olmasa, u hammomdan toza bo‘lmay chiqqan kishiga o‘zshib qoladi, degan fikrni
ifodalaganki, shoirning o‘zi bunga hamisha amal qilib yashagan.
Buyuk shoirning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi haqida ham
shu gapni aytish mumkin. Farhod xarakteriga xos o‘qishga, ilm – fanga, san’atga
havas, insonparvarlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar Alisher Navoiy
shaxsiyatida ham mavjuddir. Shunga ko‘ra, Farhod obrazini o‘rganishda
o‘quvchilar e’tibori bu masalaga ham jalb etiladi.
Jahon adabiyotida asar qahramonlari haqida ko‘plab misollar keltirilgan.
Ochig‘i, adabiyotning daholari o‘z roman, povest va sahna asarlarida komil inson
siymosini yaratishga harakat qilgan. Ammo biror – bir buyuk adib qahramon
siymosini Alisher Navoiy darajasigacha yetkaza olmagan, sababi Navoiy ideali —
Farhod obrazida insonga xos barcha ijobiy sifatlar badiiy mahorat bilan ishonarli
va obrazli tasvir etilgan. Farhod siymosida kishilikning ezgu orzusi bo‘lgan
mehnatsevarlik,
ilmga
muhabbat,
gumanizm,
sahiylik,
vatanparvarlik,
qahramonlik, shu bilan birga, pok sevgi yo‘lida o‘zini baxshida etish kabi ibratli
voqealar bayon etilganki, kitobxon dostonni o‘qirkan hayajonga tushadi, o‘zini
qahramonlar safiga qo‘yadi, dardiga sherik bo‘ladi, ba‘zan yig‘laydi. Jasur
Farhodning jodugar hiylasi bilan jon berishi, go‘zal Shirinning Farhod nomini
takror va takror tilga olib hayotdan ko‘z yumishi albatta kitobxonning ruhiyatiga,
afsus va nadomatiga, qaro kuchlarini lanatlashiga sabab bo‘ladi. Dostonning badiiy
– estetik kuchi ham shundadir.
“Xamsa” dostonlaridagi ijobiy qahramonlar Farhod, Shirin, Mehinbonu, Qays,
Layli, Shopur, Navfal, Iskandar, Arastu va boshqalar ijobiy ibrat namunalaridir.
Ular o‘z hayoti mazmunini insonga, xalqqa xizmat qilishda ko‘radilar. Ular eng
olijanob insoniy tuyg‘ularni o‘zlarida mujassam etganlar. Bu qahramonlarning
faoliyati hayot go‘zalligi, inson qalbi pokizaligining yorqin timsolidir, degan edi
navoiyshunos olimlardan biri Aziz Qayumov.
22
22
Алишер Навоий ҳаёти ва ижоди (албом).- T.: 2010, 44- б.
50
Alisher Navoiyning bosh qahramoni Farhoddir. Shoir e’tiroficha, u ham
Xusrav Dehlaviyda bo‘lganidek, Fahodni Chin xoqonining o‘g‘li sifatida
tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom
qo‘yish masalasiga shoir alohida e‘tibor berib shu nomni talqin qilishda,
Farhodning tug‘ilishi kelajakdagi komil insonning tug‘ilishi sifatida sharhlaydi.
Birinchi sharh:
Ki chun Hoqong‘a tengri berdi farzand,
Bo`lub ul hadya birla shodu xursand.
Jamoli birla ko‘nglin aylabon xush,
Otin qo‘ymoq sori bo‘ldi raqamkash.
Kamolidin ko‘ringach, farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
Qo‘yub yuz himmatu iqbolu davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg‘a chun isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti.
Keltirigan misolning uchinchi va to‘rtinchi baytlarida Farhod so‘zining
ma’nosini quyidagicha sharhlagan:
Uchinchi baytda: Chaqaloqning yuzidan shohlik farrishohlik shon shukuhi,
yorug‘ligi ko‘rindi. Bunda Farhod so‘zining birinchi qismi — “far” izohlangan.
To‘rtinchi baytda esa Farhod so‘zining ikkinchi qismi — “hod” shunday
izohlanadi: uning “h” harfi “himmat” so‘zining birinchi harfidan, “alif” (o)
“iqbol” so‘zining arabcha yozuvda birinchi harfi “d” “davlat” so‘zining birinchi
harfidan olingan bo‘lib, ular to‘plansa (“h” + “o” + “d”) “hod” so‘zi kelib
chiqadiki, uning ma‘nosi “yo‘l boshlovchi”dir. Bas shunday ekan, Farhod
so‘zining ma‘nosi shohlik shon-shuhratiga ega bo‘lgan, himmatu iqbol, baxtu
saodat va davlat sohibi degan ma’noni anglatadi. Bu bilan Alisher Navoiy
Farhod shahzodagina emas, balki eng olijanob fazilatlarga ega shahzoda
ekaniga ishora qilmoqda.
Ikkinchi sharh:
51
Bu “far”ni “hodi”yi baxt etgach irshod,
Ravon shahzoda otin qo‘ydi Farhod.
Bunda shoir “Farhod” so‘zini ikki qismga — “far + hod” bo‘lib shunday
sharhlaydi: shohlik shon-shukuhi va olijanob fazilatlar egasi bo‘lgan shahzoda
Farhod – baxt tomon “hodiy”lik – yo‘lboshchilik qiluvchi shaxsdir, ya‘ni
Farhod baxtli bo‘lishga intiluvchilar rahnamosidir.
Uchinchi sharh:
Bu nav‘ ermas ato qo‘ymadi otin,
Ki ko‘rgach ishq aning pokiza zotin.
Anga farzona Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab.
Bunda shoir Farhod so‘zining har bir harfi “firoq”, “rashk”, “hajr”, “oh” va
“dard” so‘zlarining birinchi harflaridan (“firoq”dan “f”, “rahk”dan “r”,
“hajr”dan “h”, “oh”dan “o” va “dard”dan “d”) iboratligiga ishora qilib, bu bilan
Farhodning “ishq”ahlidan ekaniga urg‘u beradi.
Shunday qilib, “Farhod” so‘ziga berilgan bu uch sharhga diqqat qilinsa, unda
shu nomga (Farhod) ega bo‘lib, Alisher Navoiy tasvirlagan badiiy obrazning
mohiyati ochiladi hamda butun doston davomida u ana shunday fazilatlari bilan
namoyon bo‘ladi. Bu hol uning yoshligidan, maktabda o‘qish jarayoni, ilm
o‘rganishdan ko‘zga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |