Орифий Ш. Мактабда лиро- эпик асарларни ўрганиш.- Т.: “Ўқитувчи”, 1981. 35-б.
46
III bob. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi obrazlarga
xarakteristika.
Maqsad: Buyuk daho Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi “Farhod va
Shirin” dostonining bosh siymolari Farhod va Shirin obraziga xos xususiyatlar
haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish; Farhod va Shirin obrazini tahlil qilish
orqali o‘quvchilarda Alisher Navoiy asarlarini o‘qishga nisbatan havasini
tarbiyalash, komil insonga xos xususiyatlar haqida fikr yuritish.
Darsning metodi: suhbat, bahs – munozara, o‘qituvchining ma’ruzasi.
Ko‘rgazmalilik: Mavzuga oid portretlar, turli pedtexnologiyalardan
foydalanish, Navoiy dahosining tasviri, jadvallar.
Darsning ilmiyligi: Adabiyotshunos olimlarning Farhod va Shirin obrazlari
haqidagi fikrlari.
O‘qituvchi: Biz o‘tgan darsda o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi,
buyuk daho Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini mazmuni, g‘oyasi,
undagi qahramonlarning sarguzashtlari haqida fikr yuritgan edik. Uyga vazifa qilib
adabiyot darsligining 44-60-sahifalarini o‘qib kelish, Farhodning yoshligi, ilmga
chanqoqligiga oid ayrim she’riy misralarini yoq olishni tavsiya etgan edik. Qani
kim aytadi:
1)
Farhod yoshligida nimalarga qiziqadi, kimlardan ta’lim oladi?
2)
Farhod Arman elida qanday ishlarni amalga oshiradi?
3)
Farhodning Shirin bilan uchrashuvi voqeasini kim aytib beradi?
Birinchi o‘quvchi: Dostonda tasvirlanishicha yosh Farhod ayniqsa, ilmga
qiziqadi. Mashhur imorat ustalari Moniy, Qoranlardan tosh yo‘nish sirlarini
o‘rganadi. Unga zamonasining olimlaridan Mulkoro ta’lim beradi.
Ikkinchi o‘quvchi: Farhod “Oinaiy Iskandariy”da go‘zal Shirinning husnu –
jamolini ko‘rib bexush bo‘lgach, tog‘da yashayotgan donishmand Suqrot bilan
uchrashadi. Buyuk olim uning taqdiri haqida bashorat qilgach Arman o‘lkasiga
qarab yo‘l oladi. U yerda mashaqqat bilan tog‘dan ariq qaziyotgan minglab
kishilarga javob berib o‘zi qaqragan yerlarga suv ochib obi- hayot bag‘ishlaydi.
47
Uchinchi o‘quvchi: Baland tog‘ni o‘zining sirli teshasi bilan parchalagan
pahlavon Farhodning Shirin bilan uchrashuvi asarda hayajonli tasvir etiladi.
Darslikda bu voqea shunday tasvirlangan:
…Ki: “Ey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda!
Ayonda holingda ko‘p, ko‘p bul’ ajabliq.
Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq”.
Mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, ya’ni tarixiy shaxslar hayotidagi
voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib
qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi.
Natijada bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o‘zining ijodiy maromi,
dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida bunday
asarlarda tarixiylikdan ko‘ra badiiy yaratuvchilik me’yori yetakchilik qilib, undagi
obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo‘nalish va maqsadlarda amalga
oshiriladi. Shundanda, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har
xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida
Xusrav va Shirin tarixiy nuqtai nazardan tasvirlanib, unda Shirinni hech qanday
aloqasi bo‘lmagan bir shaxs sifatida tasvirlagan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga
murojaat etar ekan, balki badiiylik mezonini ustun qilib qo‘yadi, ikkinchidan esa
obrazlar talqinini o‘zlashtiradi. Natijada Farhod toshyo‘nar hunarmand hamda
Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning voqealarida
boshdan oyoq qatnashmaydi, balki suv kanalini qazish ehtiyoji tug‘ilgandan
voqealar maydoniga kirib keladi.
Dostları ilə paylaş: