5- bosqich. Magnitofonda guruhlarga berilgan parchalardan biri eshittiriladi.
6- bosqich. O‘qituvchi ushbu parcha ustida qaysi guruh ishlaganini so‘raydi va
qisqacha mazmunini aytib berishni taklif qiladi. Bunda vaqt taqchilligi bois bitta
guruh ishlagan parchani eshittirish bilan cheklanish kifoya.
7- bosqich. O‘qituvchi guruhda ishlash davomidagi faolligi, o‘rtog‘iga yordam
berishi, savollarga javoblariga qarab, kamida 7 nafar o‘quvchini baholashi va bu
bahoni izohlashi kerak. So‘ngra uyga vazifa beriladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan amaliyotda, xususan, Alisher
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni matni ustida ishlash” mavzusini o‘qitishda
qo‘llanilgan dars turi o‘quvchilarning yakka va o‘zaro faoliyati asosida amalga
oshirilib, samarali natijalarga erishish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |