R
Rud – ariq, soy
S
Siroyat – ta’sir, ichiga o‘tish, yuqish
Siloh – qurol-yarog‘
So‘zlig‘ so‘z – yoniq so‘z, so‘zli yonish
Sipehri ismat – poklik osmoni
Savdo ahli – ishq ahli
Sud – foyda
T
Tug‘di – tug‘ildi
Ta’viz – tumor, duo yozilgan varaqa
Tug‘ro – davlat ramzi (gerb), nishona
Tahqiq – biror narsaning haqiqatini izlash, haqiqat qilish
Tafakkus aylamak – tekshirmoq, teran o‘rganmoq
Tul – uzun, cho‘zilgan
Taabliq – qiyinchilik, mashaqqat
Tuhmat – ovoragarchilik, tashvish
U
Ulum – ilmlar
V
Vard – atirgul
X
64
Xunbor – qon yig‘lovchi
Xoro – qattiq tosh
Xusron – zarar, ziyon
Z
Zamir – ko‘ngil
Y
Yangi oy – Farhodning tug‘ilishi qorong‘u kechada yangi oyning paydo bo‘lishiga
qiyoslangan
Yig‘och – taxminan 1200 metrga yaqin masofa
Yolin – yolqin, alanga
Yovar – yordamchi, madadkor
G‘
G‘amnok – g‘amgin
G‘izo – ovqat, oziq, yegulik
SH
Shabiston – tungi yotoq, xona
Shamoyil – ko‘rinish, tuzilish
Sheva – odat, tarz
Shirkatandesh – sheriklik qiluvchi
CH
Charxfarso – ko‘kka ulangan, juda yuksak
65
Adabiyot darslarida o‘rganish uchun dasturga kiritilgan bir qator epik
asarlarning hajman yirik ekanligi, ularni ko‘pincha lirik asarlar singari bir zarb
bilan o‘qib chiqib bo‘lmasligi, binobarin, bir o‘quv soati ichida ham matn bilan
tanishish ham tahlil qilish imkonsizdir.
Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida epik asar zamiridagi badiiy ma’noni
ilg‘ay olishi va mantiqiy xulosaga kela bilish malakasini shakllantirishi muhim
vazifa hisoblanadi.
Navoiy asarlarini, umuman mumtoz epik asarlarni tahlil qilishning
qiyinchiliklari oz emas. Ayniqsa, ulardagi eskirgan va fors, arabcha so‘zlarning
ko‘pligi, o‘sha davr badiiy talablari, shuningdek, bevosita adib uslubi bilan bog‘liq
holatlar shular jumlasidandir.
Buning ustiga yirik epik asarlarni o‘rganish uchun talab etiladigan vaqt ham
nihoyatda chegaralangan. Qisqa bir vaqt ichida o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha
imkoniyatlarni qidirishni taqozo etadi. Bugunning o‘quvchisiga buunning usuli
bilan ta’lim berilgandagina samaraga erishish mumkin.
Bugungi kunda badiiy adabiyotni badiiy-estetik asnoda zamonaviy usullar
asosida o‘rganish kundan-kunga dolzarblashib bormoqda. Chunki buungi adabiyot
darslari o‘quvchini tayyor iste’molchi emas, balki ijodiy fikrlovchi, mustaqil
qarash hamda xulosalarga ega shaxs sifatida tarbiyalashga yo‘naltarilgan.
Prezidentimiz “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” deb
nomlangan nutqlarida: “… adabiyot masalasi ma’naviyat masalasidir”,-
deganfikrni o‘rtaga tashlab adabiyotning jamiyat ma’naviyatida tutgan o‘rniga
ulkan baho berishi adabiyot o‘qitishning samarali usullarini tadqiq etishga ehtiyoj
yanada kuchayganidan dalolatdir. Yurtboshimizning bu kabi dastur xarakteridagi
fikrlari, umuman adabiyot o‘qitishning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, qolaversa,
milliy madaniyatimizga bag‘oyat kuchli ta’sir ko‘rsatgan, mumtoz
adabiyotimizning yangi bosqichga olib chiqqan hazrat Alisher Navoiyning epik
asarlarini noan’anaviy tarzda o‘rganishga ham oiddir.
Alisher Navoiyning epik asarlarini o‘qitishda o‘quvchilarning faolligini
ta’minlashga qaratilgan interfaol usullardan bir qancha maktab amaliyotida sinab
66
ko‘rildi va ijobiy natijaga erishildi. Chunonchi, buyuk shoirning 9-sinfda
o‘rganilishi mo‘ljallangan “Farhod va Shirin” dostoni matni ustida ishlash”
mavzusini o‘tishda biz tajriba-sinov ishlarida qo‘llagan quyidagi dars usulini
qo‘llash mumkin.
Mavzu: “Farhod va Shirin” dostoni matni ustida ishlash.
Maqsad: O‘quvchilar doston matnini o‘rganish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Kutilayotgan natija:
-
yakka holda dostonni ifodali o‘qib, o‘qiganlarini tahlil qilish;
-
lug‘at, darslik va doston matni ifodalangan boshqa manbalar bilan ishlash;
-
dostondan audio tasmaga yozilgan parchalarni tinglab idrok etish;
-
dostondan parcha yod olish.
Jihozlar: 9-sinf darsligi, dostondan olingan parchalar ifodalangan tarqatma
materiallar (6 nomda: 1-tarqatma- “Toj taklifi”, 2-tarqatma- “Chiniy oyna
voqeasi”, 3-tarqatma- “Mehnat mahsuli”, 4-tarqatma- “Farhod g‘alabasi”, 5-
tarqatma- “Uchrashuv”, 6-tarqatma- “Makr tuzog‘i”), qo‘shimcha adabiyotlar:
“Xamsa”asari, turli jurnallardagi mavzuga oid ilmiy-metodik maqolalar.
Darsning borishi:
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va dostondagi 5 timsolga oid sifatlar
yozilgan tarqatmalarni olishadi.
Farhod timsoliga oid 5 ta tarqatma:
1-
tarqatma. U – kamtar inson.
2-
tarqatma. U – komil inson.
3-
tarqatma. U – mard inson.
4-
tarqatma. U – ijodkor shogird.
5-
tarqatma. U – mehnatsevar inson.
Shirin timsoliga oid 5 ta tarqatma:
1-
tarqatma. U – juda go‘zal.
2-
tarqatma. U – sadoqatli qiz.
3-
tarqatma. U – vafodor.
4-
tarqatma. U- insonparvar.
67
5-
tarqatma. U – mustahkam irodali.
Xusrav timsoliga oid 5 ta tarqatma:
1-
tarqatma. U – soxta oshiq.
2-
tarqatma. U – zolim.
3-
tarqatma. U – johil podsho.
4-
tarqatma. U – xudbin.
5-
tarqatma. U – hiylakor.
Mehinbonu timsoliga 5 ta tarqatma:
1-
tarqatma. U – adolatli hukmdor.
2-
tarqatma. U – ma’tifatparvar ayol.
3-
tarqatma. U – tadbirkor.
4-
tarqatma. U – ideal hukmdor.
5-
tarqatma. U – ezgu maqsadli.
Sheruya timsoliga oid 5 ta tarqatma:
1-
tarqatma. U – insofsiz.
2-
tarqatma. U – razil.
3-
tarqatma. U – shuhratparast.
4-
tarqatma. U – axloqan buzuq.
5-
tarqatma. U – padarkush.
Ushbu tarqatmalar aralash holda sinf o‘quvchilariga tarqatiladi. O‘quvchilar
qo‘llaridagi tarqatmada ifodalangan timsolga oid sifatlarni o‘qib, guruhlarga
birlashadi.
2- bosqich. O‘quvchilar o‘z guruhlariga nom berishadi. Tanlagan nomini
izohlaydilar. Bu jarayon juda qisqa vaqt davom etishi kerak. Masalan, Farhod
timsoliga- “Tadbirkor”, Shirin timsoliga- “Sadoqat”, Mehinbonu timsoliga-
“Ma’rifat”, Xusrav timsoliga- “Jaholat”, Sheruya timsoliga- “Qasoskor” guruhi
deb nom berishlari mumkin.
3- bosqich. Guruhlarga dostondan she’riy parchalar beriladi.
Topshiriq: Dostondan olingan parchalarni o‘qing va tahlil qiling.
Tushunchalaringizni daftaringizga yozing. Bunda lug‘atdan foydalaning.
68
4- bosqich. Har bir guruhga o‘zlari tahlil qilgan parchalarning nasriy bayoni
berilgan tarqatma materiali tarqatiladi va quyidagi topshiriq beriladi:
1. Matnga sarlavha tanlang.
2. Tushunmagan so‘zlaringizni belgilang va shu so‘zlar ma’nosini o‘rganing.
Dostları ilə paylaş: |