Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi


Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

1.2.Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot. Alisher 

Navoiy hijriy yil hisobi bilan “o‘n yettinchi ramazon oyi sana 844-tovuq yili” 

(milodiy hisob bilan 9-fevral 1441-yil) da tug‘ilgan. Uning tavallud topgan joyi 

Bog‘i Davlatxon deb atalib, Xuroson davlatining  yirik shahri  Hirot atrofida edi.  

                                                 

8

 Тўxлиев Б.Адабиёт ўқитиш методикаси. –T.2010,111-115-б. 




 

20 


 

 

Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad “Kichina Bahodir”, “Kichkina 



baxshi” laqablari bilan mashhur edi. U Hirotning Chig‘atoy ulusidan 

bo‘lib,temuriylar saroyida e’tiborli shaxslardan, “o‘z davrining mashhurlaridan va 

Chig‘atoy elining qahramonlaridan edi”. U “bisyor saodatmand va nek niyatli 

inson bo‘lib, tabiatida juda katta odamiylik xususiyati mavjud edi”. Alisherning 

onasi Kobulning amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi bo‘lgan. 

 

Alisherning oilada nechanchi farzand ekanligi aniq emas. Har holda uning  o‘zi 



akasi ham bo‘lgani haqida xabar beradi. Darveshali ismli ukasi bo‘lgani esa 

ma’lum. 


 

Alisherning  bolaligidanoq zehni o‘tkirligi, ziyrakligi, xushfahmligi bilan o`z 

tengdoshlari ichida ajralib turar edi Uning tarbiyasida muhitning, ota va ona, 

qarindosh-urug‘larning roli katta bo‘ldi. 

 

Xususan, G‘iyosiddin o‘z  o‘g‘li  tarbiyasiga alohida ahamiyat bergan. Bu 



haqda Davlatshoh: “U o‘z farzandini turli fazilatlar bilan bezash uchun oily 

himmatining borini sarf qildi va u buzrugvorning harakati bekor ketmadi, buning 

natijasida uning o‘g‘li izzat va kattalik taxtiga o‘tirdi …”, - deb yozadi. 

 

Alisherda uch-to`rt yoshga kirgandayoq she’r eshitishga, she’r o‘qish va 



yodlashga qiziqish paydo bo‘la boshlagan. U keyinroq bu vaqtlarni shunday 

eslaydi: “… uch yosh bila to‘rt yoshning  orasida erdim, azizlar o‘qumoq taklifi 

qilib ba’zi hayrat izhor qilurlar erdi …”. Azizlarni hayratga solgan bayt Amir 

Qosim Anvorning Alisher yod o‘qib bergan quyidagi matlai edi: 

 

 

 



Rindemu oshiqemu chahon so‘zu choma chok, 

 

 



 

Bo davlati g‘ami tu zi fikri chahon chi bok. 

Alisherning bolaligidan poeziyaga bunchalik muhabbat qo‘yganligining yana bir 

muhim boisi ─ u o‘sib, tarbiyalangan oila a’zolari adabiyotga, she’riyatga juda 

qiziqqan kishilar bo‘lganligidir. Alisher kamol topayotgan xonadonda she’riyat 

muhlislari tez-tez yig‘ilib turar va she’rxonliklar, g‘azalxonliklar bo‘lar edi.  

 

O‘sha davr odatiga ko‘ra hamda yosh Alisherning kitobga havasi kuchliligini 



nazarda tutib, uni to‘rt yoshdan sal o‘tganda maktabga beradilar. Alisher maktabda 

bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga o‘qiydi va tarbiyalaydi. 




 

21 


 

Xondamirning yozganidek, Alisher “… oz vaqt ichida tengdosh va sheriklaridan 

ilgarilab ketadi. Nozik tab’ining soflik va sog‘lomlik ovozasi olamga yoyiladi va 

muborak fikrining dalilligi haqida so‘zlar xalq orasida og‘izdan – og‘izga ko‘chib 

yuradi”. 

 

Shohruhning  o‘limi (1447) temuriy shahzodalar o‘rtasidagi o‘zaro kurashlarga 



yo‘l ochadi. Xuroson va uning markazi Hirot tartibsizliklar va qirg‘inlar o‘chog‘iga 

aylanadi. Xalq bu “ro‘zgor havodisi fitnasi” bardosh berolmay, shaharni tashlab 

keta boshlaydi. Bular ichida G‘iyosiddin Kichkina oilasi ham bo‘lib, ularning 

karvoni Iroq tomon yo‘l oladi. Taft qishlog‘iga kelganda, ular dam olish uchun 

to‘xtaydilar va yosh Alisher tasodifan o‘z davrining yirik tarixchisi, mashhur 

“Zafarnoma” asarining muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi va 

o‘zining ziyrakligi, berilgan savollarga biyron – biyron javob berishi bilan keksa 

olim diqqatini o‘ziga tortadi. 

 

Alisherning oilasi besh yillik darbadarlikdan so‘ng “vatan muhabbati” talabiga 



muvofiq, Yazd cho‘li orqali Xurosonga qarab yo‘lga chiqadi. Xondamir hikoya 

qilishicha, yo‘lda shunday bir hodisa yuz beradi. Bu vaqtda hali yosh bola bo‘lgan 

Alisherni yo‘l charchog‘i va uyqu yengib, ot ustidan yerga qulab, tushib qoladi. 

Ertalab quyosh chiqqanida u uyqudan uyg‘onib qarasa, poyonsiz sahroda bir o‘zi 

oti bilan qolibdi. U darrov Xuroson yo‘lini topib ilgarilab ketadi va omon – eson 

ota-onasi yoniga boradi. 

 

“Lison ut-tayr” dostonida shoir o‘zining o‘quvchilik yillarini tasvirlar ekan, 



Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlarini, ayniqsa, Farididdin 

Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini berilib o‘qiganini ta’kidlaydi. 

 

“Mantiq ut-tayr” asari chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, shoir o‘zining 



so‘fiyona dunyoqarashini qushlarning o‘zaro suhbat va sayohatlari tasviri orqali 

g‘oyat sodda va tasavvufga xos majoziy usulda ifoda etgan edi. Asar yosh bola 

tasavvurini chalg‘itib yuboradi, u o‘zini hamma narsadan chetga tortib, yolg‘izlikni 

yoqtiradigan bo‘lib qoladi: 

 

 

Kim dedim: uzlat eshigin ochqomen, 



 

 

Dahri bema’ni elidin qochqomen. 




 

22 


 

Bu voqeadan xabardor bo‘lib qolgan Alisherning ota-onasi kitobining o‘g‘illariga 

salbiy ta’sirini ko‘rib tahlikaga tushadilar va kitobni yashirib, uning nomini ham 

atamaslikni buyuradilar: 

 

 

Lek chun yodimda erdi ul kalom, 



 

 

Yoshurun takror etar erdim mudom. 



 

 

Ondin o‘zga so‘zga maylim oz edi, 



 

 

Qush tili birla ko‘ngul hamroz edi. 



Alisherning bu vaqtda 10-11 yoshlarda ekanini ko‘zda tutsak, 4-5 ming misradan 

iborat katta bir asarni yod olishi uning  o‘tkir qobilyatini ko‘rsatuvchi favqulodda 

bir hodisa edi.  

 

Shoir birinchi tartib bergan devoni “Badoe ul-bidoya”, keyinroq tuzgan 



“Xazoyin ul-maoni” devoniga yozgan debochalarida va “Munshoat”ga kirgan 

xatlaridan birida kichik yoshda o‘zining “she’rning  parishon savdosiga giriftor” 

bo‘lganini va “tufuliyat zamonida” ko‘nglining “nazmning parokanda vasvosig‘a 

mashg‘ul va sheftavor” bo‘lganini ta’kidlab, “sig‘ari sinda” aytilgan ab’yotlari 

haqida fikr yuritadi va “G‘aroyib us-sig‘ar” devoniga “yetti-sakkiz yoshtin yigirma 

yoshqacha” bitilgan g‘azallari to‘planganini bildiridi.   

 

Xondamirning xabar berishiga ko‘ra, Alisher Navoiy yigitlik yillaridayoq, 



Lutfiyning yuqori bahosi va tahsiniga sazovor bo‘lgan. 

 

 



 

Orazin yopqoch, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, 

 

 

 



Bo‘ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh, ─ 

Matlai bilan boshlanadigan g‘azali shu davr, ya’ni o‘n besh, o‘n olti yoshlaridagi 

shoir ijodining mahsuli bo‘lib, u Xondamirning yozishiga qaraganda, Alisherning 

“yoshlari endigina to‘lib, yigitlik davri boshlangan” paytlarida yaratilgan.

9

 

 



Alisher Navoiy 1464-yilda Hirotga qaytadi. Shoir otasidan qolgan meros bilan 

yashashga, adabiy va madaniy markazlardan biri hisoblangan ona shahrida ijodiy 

ish bilan shug‘ullanishga umid bog‘laydi. Hirotga kelgan dastlabki kunlaridayoq 

Abdurahmon Jomiy bilan shaxsan uchrashib, u bilan yaqindan tanishish Alisher 

Navoiy uchun bir umrga katta ahamiyat kasb etib qoldi. Navoiyshunoslikda bu 

                                                 

9

 Ўзбек  адабиёти тарихи. –Т. 1978, 40-46-бет. 




 

23 


 

uchrashuv haqida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim navoiyshunos olimlar Husayn 

Boyqaro davrida Hirot madaniy markaz bo‘lib, ko‘zga ko‘ringan olim va fozillar 

shu shaharga to‘plangan ekan, bu ikki daho uchrashuvi ham shu vaqtlarga to‘g‘ri 

kelsa kerak, degan fikrni bildiradilar. 

 

Alisherning tahsili uchun Samarqandni tanlashi bejiz emas edi. Samarqand  



Hirotdan keyin ikkinchi ilmiy-madaniy markaz sifatida Ulug‘bek davrida olim va 

shoirlar, maktab va madrasalari bilan shuhrat qozongan edi. Bu yerga ilm o‘rganish 

uchun mamlakatning har chekkalaridan tolibi ilmlar kelib turar edi. 

 

Alisher Navoiy Samarqandda yashagan dastlabki kunlarida faqirona hayot 



kechirdi. U moddiy qiyinchilikda yashasa-da, Samarqand madrasalariga qatnadi, 

ilm-fan, adabiyot va san’at ahli bilan do‘stlashdi, ular orasida tez orada e’tiborli 

kishilarga aylandi. She’rlari Xurosonda shuhrat tutgan Alisher Navoiy ko‘p 

o‘tmay, asli Xurosonlik bo‘lgan Ahmad Hojibekning diqqatini o‘ziga tortadi. 

Ahmad Hojibek Samarqandda katta obro‘ga ega bo‘lib, Ulug‘bekning madaniyat 

sohasidagi an’anasini ma’lum darajada davom ettirgan, olim va fozillarni qadrlab, 

madrasa va maktablar qurilishiga ahamiyat bergan, ilm ahliga homiylik qilgan. 

Ahmad Hojibek Alisherni ham o‘z homiysiga olib, unga ilm olish va yashash 

uchun sharoit yaratib beradi,moddiy jihatdan yordam ko‘rsatib turadi. 

 

Bu davrda Samarqandda mashhur olim, yirik qonunshunos va arabshunos Xoja 



Fayzulloh Abdullays yashar edi. Alisher Navoiy shu olimning madrasasida tahsil 

ko‘rib, “fiqh” ilmidan dars oladi, uning xonaqosi hujralaridan birida yashaydi. 

Alisher Navoiyning Samarqanddagi hayoti g‘oyat mazmunli bo‘ldi. Shoir bilan 

birga Samarqandda“muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharafiddin Yazdiy 

muqobalasida mazkur” qiladigan Mavlono Uloiy Shoshiy, Ulug‘bek Mirzo 

madrasasining mudarrisi Xoja Xurd, Ulug‘bek Mirzo bila hamsabaq va musohib 

bo‘lgan Mavlono Muhammad Olim, har kuni besh yuz baytni osonlik bilan 

bituvchi “sari’ul-qalam kotib” Mavlono Soyiliy, muzika ustasi Darvesh Ahmad 

Samarqandiy, talantli shoir Mirzobek, andijonlik shoirlardan Yusufshoh Safoiy va 

boshqa ko‘p shoir va san’atkorlar ham istiqomat qilar edilar. Shoir o‘zining 




 

24 


 

samarqandlik ijodkor do‘stlari bilan fors-tojik va turkiy shoirlarning asarlarini 

sinchiklab o‘rganadi, ular yuzasidan bo‘lgan bahslarda qatnashadi. 

 

Navoiy Samarqandda ekan, Xurosonning ahvoli hamon yomon, Abdusaid 



xalqni har tomonlama ezmoqda edi. Navoiy Xurosonning bu davrdagi ahvoliga 

baho berar ekan: “Sulton Abusaid Mirzo zamonidakim, Xuroson ahli Samarqand 

ahliga asir erdilar va har nav zulm va taaddiki, alardin voqe bo‘lsa, bu asirlar 

(Hirot aholisi) mute va farmonpazir”, - deb yozadi. 

 

Avoiyning  xalqparvarlik  va  odillik kabi fazilatlarini bilgan ko‘pchilik omma 



uning vazir sifatida ko‘tarilishidan juda mamnun edi, ilm va san’at ahllari uni 

sharaflar va shoirlar Amir Alisherning muhr bosgan kuniga atab “tarix”lar bitgan 

edi. 

 

Navoiyning o‘z e’tiroflaridan va o‘sha zamon tarixchilarining yozganlaridan 



shu narsa seziladiki, bu davrda Navoiy katta huquqlarga ega bo‘lgan. U davlat 

ishining deyarli hamma sohasiga aralashar, eng murakkab va muhim masalalarni 

ham o‘zi hal qila olar edi. Navoiy kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlar, 

o‘zining shaxsiy, hatto ijodiy ishlarini ham ikkinchi planga surib qo‘yishga majbur 

bo‘lgan edi. O‘z vazirlik yillari haqida  shoir “Hayrat ul-abror”da: 

 

 



Kim  bor edi boshima ko‘p mehnatim, 

 

 



Yo‘q edi bosh qoshig‘ali fursatim, ─ 

deb yozadi. Bunda ayniqsa, mazlumlarning arz-dodini eshitish, ularga yordam 

berish, hojatini chiqarish, zolimlarning qo‘lini zulmdan tiyish eng ko‘p vaqtni olar, 

shikoyat bilan keluvchilarning esa son-sanog‘i, oxiri yo‘q edi. Arz qilgan masalalar 

bitta Navoiyning o`zi hal etishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi 

masalalar ham ediki, shoir ularni “butmagi aql oldida imkon emas”, deb ta’riflaydi. 

Navoiy davlat ishlarini nihoyatda halollik bilan, faqat xalq va davlat manfaatlarini 

ko‘zlab, insof va adolat asosida olib borishga intiladi. 

 

Hirotning o‘sha davrdagi shuhratini dunyoga yoygan binolardan biri Navoiy 



qurdirgan “Ixlosiya” madrasasi bo‘ldi. Shu madrasaning janubida “Xalosiya” 

nomli katta xonaqoh barpo etildi. Madrasaning g‘arbida “Shifoiya” nomli bino 

qurilib, bu yerda mashhur tabiblar to‘plandi. Madrasaning g‘arbida yana katta 



 

25 


 

Masjidi jome, masjid yonida bir gumbaz ham qurilgan. Bu gumbazga “Dorul - 

xuffoz”(“Qorilar uyi”) deb nom berilgan. Navoiy kutubxonasida 70 dan ortiq 

xushxat kotib va naqqosh xat ko‘chirish, kitoblarga ziynat berish bilan 

shug‘ullangan. Bulardan tashqari, Navoiy Hirotning ichida “Nizomiya”, Marvda 

“Xusraviya” nomli madrasalar qurdirgan. Hirot va boshqa shaharlarda yana 10 dan 

ortiq xonaqoh, 20 dan ortiq masjid qurilgan. Navoiyning qurilish ishlari butun 

Xuroson va uning shaharlarida olib boriladi. Navoiy ixtiyoridagi mablag‘lar 

hisobiga qurilgan binolarning soni ba’zi manbalarda uch yuzdan ortiq deb, ba‘zi 

manbalarda to‘rt yuzga yaqin deb ko‘rsatiladi. 

 

Navoiy mamlakat uchun qancha ko‘p qayg‘urmasin, uning qilayotgan ishlarini 



shoh bora – bora kam qo‘llab – quvvatlaydigan, fitna va bo‘xtonlarga ishonadigan 

bo‘lib qoladi. “Tazkirat ush-shuaro” muallifining  xabar berishiga ko‘ra, 

haqiqatdan ham Navoiy ma’lum bir vaqtdan keyin Sultonning o‘zidan ayniganing, 

shoirga qarshi uyushtirilgan yolg‘on – yashiriq ig‘volar ta’siriga tushganining  

guvohi bo‘ladi va tezroq davlat ishidan ketish taraddudiga tushadi. Binobarin, 

Husayn Boyqaro atrofida to‘planib olgan fisqu – fujurchi amaldorlar ham o‘z 

mavqeini mustahkamlash uchun kurashni kuchaytirib, Navoiyni saroydan 

chetlashtirish payiga tushgan edilar. 

 

Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida o‘z davri ziyolilarini, olim va 



san’atkorlarini, rassom va muhandislarini, xattot va shoirlarni o‘z atrofiga tortdi. 

Hirot adabiy muhitidagi eng mashhur va hammaga manzur kishi, zabardast shoir 

va olim Abdurahmon Jomiy edi. Navoiy Jomiyni garchi yigitlik davridan boshlab 

tanisa ham, lekin ular orasidagi eng yaqin munosabatlar shu davrda o‘rnatildi. 

Navoiy undan faqat adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay balki vazirlik 

lavozimi taqozosi biln davlat ishlarid, siyosiy va ijtimoiy faoliyatda ham 

maslahatlar olib turardi. 1476 – 1477-yillar orasida esa u Jomiyni o‘ziga pir 

sifatida tanlagan edi.  

 

Bu davr Hirot madaniy hayotida Shayxim Suhayliy, Atoulloh Mahmud Husayn, 



Husayn Jaloyir, Muhammad Solih Ahliy, Ohiy, Osafiy, Hiloliy, Binoiy, Xotifiy, 

Mir Husayn Muammoiy, Sayfi Buxoriy, Abdullohiy, Mulla Muhammad 




 

26 


 

Badahshiy, Yusuf Badeiy kabi o‘z davrida ko‘zga ko‘ringan va devon tartib etgan 

o‘nlab shoirlar; Mirxond va Xondamir kabi tarixnavislar, Sulton Ali Mashhadiy, 

Mirali va Abdujamil kabi usta xattotlar, qilqalam rassom va go‘zal miniaturalar 

sohibi Behzod, Shoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib, mohir sozanda va 

musiqachilardan Xoja Yusuf Burhon, Mavlono Alishoh, Xoja Abdulloh Marvarid, 

Shayxi Noyi, Qulmuhammad Udiy, Mirmurtoz, Husayn Udiy, Shohquli 

G‘ijjakiylar, talaygina hofizlar yashar va ijod etar edilar.

10

   


 

1500-yil dekabrining oxirlarida Husayn Boyqaro Astrobod yurishidan qaytar 

edi. An’anaga ko`ra, saroyning barcha e’tiborli kishilari shohni kutib olishga yo‘la 

chiqadilar. Ular orasida Navoiy ham bor edi. Sog‘lig‘i juda yomonlashganiga 

qaramay, shoir saardan qaytgan sulton huzuriga yetib keldi va hamrohlari 

yordamida uning ko‘ksiga bosh qo‘yib, hushidan ketadi. Shu ahvolda yarim tunda 

uni uyga olib keladilar. Ertasiga mashhur tabiblar maslahatga to‘planib, qon 

olmoqqa qaror beradilar. Ammo buning foydasi bo‘lmaydi. Uch kun hushsiz 

yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning  3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq: shohdan 

gadogacha, olimdan cho‘pongacha, shoirdan dehqongacha ulug‘ farzandining 

o‘limiga qayg‘u va iztirob bilan motam tutadi. 

 


Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin