Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi


I BOB. Buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

I BOB. Buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish 

va “Xamsa” asarini yaratilishi, xamsachilikdagi an’analar haqida. 

Maqsad: Buyuk Alisher Navoiyning hayoti va adabiy merosi haqida 

ma’lumot, “Xamsa” asarini yuzaga kelishi va xamsachilik an’analari haqida. 

Darsning metodi: O‘qituvchining ma’ruzasi, suhbat, ifodali o‘qish, badiiy 

tahlil; 

Darsning ilmiyligi: Adabiyotshunos olimlarning Alisher Navoiyning ijodi va 

“Xamsa” asari haqidagi ilmiy fikrlari yuzasidan ma’lumot berish; 

Ko‘rgazmalilik: Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid miniaturalar, 

hamda rasmlar namoyishi. 

Darsning borishi: O‘quvchilar sizlar quyi sinflarda buyuk Alisher 

Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid ma’lumotga ega bo‘lgansizlar. Kim 

aytadi, Navoiy bobomiz qachon va qayerda dunyoga kelgan? Shoir qanday asarlar 

yaratgan? Navoiyning “Xamsa” asari qaysi dostonlarni o‘z ichiga oladi? 

 

Birinchi o‘quvchi: Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning 



o‘g‘li Shohruh Mirzo hukumronligi davrida Hirotda tug‘ildi. Uning otasi 

G‘iyosiddin Kichkina temuriylar saroyining amaldorlaridan bo‘lgan. 

 

Ikkinchi o‘quvchi: Shoirning ilk devoni “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik 



ibtidosi”) 1472-1476-yillarda, 1485-1486-yillarda ikkinchi “Navodir un-nihoya” 

asarlari yaratildi. Shuningdek, “Devoni Foniy” asarini hamda dunyoga mashhur 

“Xamsa” asarini yaratgan. 

 

Uchinchi o‘quvchi: Buyuk Alisher Navoiyning “Xamsa” asari besh dostondan 



iborat bo‘lib, ular: “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, 

“Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlarini o‘z ichiga oladi.  

 

Endi Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatini boshlashdan oldin, uning jahon 



adabiyotiga molik bo‘lgan asarlari haqida shoir, olim, faylasuf, musiqashunos, 

tilshunos olim, aniqrog‘i, qomusiy olim va o‘zining poetik mahorati bilan jahonga 

tanilgan san’atkor Alisher Navoiy haqida qisqacha gapirishdan oldin, buyuk 

shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, Navoiy ijodining tarixiy ahamiyati va 

iymiy- poetik san’ati haqida qisqacha gapirish maqsadga muvofiqdir. 



 

15 


 

O‘qituvchining bu fikrlari Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy olami haqida 

ma‘lumot berishdan oldingi kirish mashg‘ulotlari hisoblanadi. Zotan, adabiyot 

darslarida kirish mashg‘ulotlari o‘rganilayotgan mavzuni chuqur o‘zlashtirish, 

ayniqsa, ijodkor haqida ilmiy-estetik tushunchalarga ega bo‘lishning vositasi 

hisoblanadi. Bu haqida metodist olim prof. Boqijon To‘xliyevning badiiy asar 

tahlili jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Kirish mashg‘ulotlari” haqidagi 

ilmiy fikrlari adabiyot fanini o‘qitish, uning estetik olamini yoritishda muhim 

ahamiyat kasb etadi: badiiy asar matni ustida ishlashda kirish mashg‘ulotlarining 

o‘rni, ayniqsa, kattadir. Ta’limning turli bosqichlarida o‘rganiladigan adabiyot 

kursining asosiy mazmun va mohiyatini badiiy asarlarni o‘rganish tashkil etadi. Bu 

jarayon bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi mumkin. Xususan, kirish 

mashg‘ulotlari, badiiy matnni tahlil qilish, yakunlovchi mashg‘ulotlar shular 

sirasiga mansubdir.  

 

Kirish mashg‘ulotlari o‘quvchilar e’tiborini asar muallifining alohida xislatlari 



yoki shu asarga xos bo‘lgan eng muhim qirralari, asosiy badiiy- estetik jihatlarini 

anglashga, his etishga imkon berishi bilan e’tiborlidir. Yanada aniqroq aytadigan 

bo‘lsak, kirish mashg‘ulotlari o‘quvchilarni badiiyatning navbatdagi yangi olamiga 

olib kirishdagi o‘ziga xos yo‘ldir. 

 

Har bir yangi asar – yangi olam. Ulardagi hodisalarning o‘zigaxos tasviri va 



talqini beriladi. Demakki, mana shu asarlarda tasvirlangan qahramonlar – obrazlar 

ham bir – birlarini takrorlamaydi. Ularning har birida shu olamga xos bo‘lgan 

odamlardagi takrorlanmaslik xislatlari mujassamlashgan bo‘ladi. 

 

Kirish mashg‘ulotlari o‘quvchilar o‘rganilayotgan asarni to‘la va hissiy qabul 



qilishlari uchun munosib zamin yaratishi bilan ajralib turadi. Natijada, ularda 

asarni o‘rganish uchun ishtiyoq, qiziqish shakllanadi, paydo bo‘ladi. Kirish 

mashg‘ulotlarining shakl va mazmuni xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ba’zan u bir-ikki 

muhim detallar tasviri va bayonidan iborat bo‘lsa, ba’zan muayyan tarixiy davr va 

sharoit, yozuvchining tarjimai holidagi eng muhim qirrqlar, muayyan asar atofidagi 

muhim ijtimoiy-siyosiy va badiiy-estetik hodisalar tahlilidan iborat bo‘lishi 

mumkin. 



 

16 


 

 

Ayrim yangi, o‘quvchilar uchun ma’nosi notanish bo‘lgan so‘zlar izohi ham 



kirish mashg‘ulotlarining mazmunini tashkil eta oladi. Demak, kirish 

mashg‘ulotlari mazmunini qat’iy tarzda chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bu vaqt 

nuqtai nazardan ham shunday xususiyatga ega. Ba’zan kirish mashg‘ulotlari 

darsning bir qismini, deylik 3-5 minutdan 15-20 minutgacha bo‘lgan qismini 

qamrab olsa, ayrim hollarda  butun boshli bir dars faqat kirish mashg‘ulotlariga 

ajratilishi mumkin. Bu o‘quvchilarning yosh xususiytlari, adabiy tayyorgarlik 

darajalariga hamda o‘rganilayotgan asar yoki mavzuning mohiyatiga bog‘liq holda 

amalga oshiriladi.  Shundan so‘ng o‘qituvchi umumbashariyat xazinasiga o‘zining 

umrboqiy lirik she’rlari kitobxonni hayratda qoldiruvchi dostonlari, ayniqsa, inson 

ruhiyatiga, uning ma’naviy olamiga ijodiy ta’sir etuvchi, aniqrog‘i, o‘zida komil 

insonga xos xislata ega bo‘lgan qahramonlarning sarguzashtlari bilan dunyoga 

tanilgan buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti, uning madrasada tahsil olagan 

davri adabiyotga bo‘lgan ixlosi, ayniqsa, buyuk ijodkor Fariduddin Attorning 

“Mantiq ut-tayr” asarini yod olishi, ustozlari Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy va fors-tojik 

adabiyotining daholaridan Abdurahmon Jomiy bilan do‘stlashganligi, ota-bola 

tutunganligi, eng muhimi shoirning Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy 

tomonidan yaratilgan “Xamsa” asarini chuqur tahlil etganligi va ustozi 

Abdurahmon Jomiyning  qistovi bilan tamoman xamsachilikda yangi davr, yangi 

uslub, yangi g‘oya eng muhimi boshqalarda uchramaydigan poetik mahorat 

yaratganligi, Alisher Navoiyning  “Xamsa” asari dunyo san’atida yangi davrni 

boshlab berganligi haqida ma’lumot beradi. 


Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin