1.1. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid ayrim ilmiy metodik fikrlar.
Keyingi yillarda yozuvchilar tarjimai holini o‘rganishda medodist olimlar o‘rtasida
turli xil fikrlar mavjud: kimdir darsliklarda yozuvchilarning tarjimai holini keng
yoritish kerak desa, kimdir hatto “shart emas`` degan fikrni oldinga suradi. Aslida
ijodkorlarning tarjimai holini o‘rganishga kengroq o‘rin berilishi uning ijodini
to‘laroq tushinib olishdan tashqari yozuvchining estetik olami, falsafiy qarashlari,
hayotga munosabati eng muhimi, ijodiy metodi va poetik mahoratini o‘rganish,
tushunib olish imkonini beradi.
17
Adabiyot o‘qitish metodikasi darsligi va qo‘llanmalarda yozuvchi ─
ijodkorning tarjimai holini o‘rganishga oid qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Ayniqsa, taniqli metodist olim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Asqar
Zunnunovning “Maktada adabiyot o‘qitish metodikasi” (Toshkent ,O‘qituvchi
nashriyoti, 1991) darsligi,shuningdek, metodist olim Boqijon To‘xliyevning
“Adabiyot o‘qitish metodikasi``(Toshkent ,2010) qo‘llanmasi, Sam DU
dotsentlari F.Badriyev, A.Xudoyberdiyevlarning “Adabiyot o‘qitish metodikasi”
(Samarqand 2003) qo‘llanmalarida yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid
ilmiy-metodik fikrlar talqin etilgan. Chunonchi, prof.A.Zunnunov bu haqida
quyidagilarni yozadi:
“Yuqori sinflarda yozuvchining tarjimai holi ijodiy faoliyati bilan bog‘liq
holda o‘rganiladi. Bunday mavzuni o‘rganishda o‘quvchilarning diqqat-e’tibori
yozuvchining adabiyot rivojida, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan
o‘rniga, ijodiy komolotining asosiy bosqichlariga jalb etiladi. Bu masalalar
bo‘yicha ma’lumotni o‘quvchilar, asosan, darsda yozuvchining hayoti va ijodi
haqida qilinadigan ma’ruzasida oladilar,ayrim asarlarini o‘qish va o‘rganish bilan u
haqida yanada kengroq tushunchaga ega bo‘ladilar.
Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishda uning boshqa yozuvchilar bilan adabiy
aloqasiga, ular ijodiga bo‘lgan munosabatiga ahamiyat beriladi.Chunki har bir
yozuvchi faqat o‘z zamondoshlari bilan cheklanmasda, o‘zidan oldin yashab, ijod
etgan yozuvchilarning adabiy merosini o‘rganadi,ularning eng yaxshi
traditsiyalarini ijodiy davom ettiradi. Shu ma’noda u o‘tmish odatlar ijodining
davomchisi, kelajak ijodkorlarning ustozi, yosh avlodning tarbiyachisi hisoblanadi.
Yuqori sinflarda esa, yozuvchining ijodiy yo‘li to‘la o‘rganiladi, programma
asosida bir yoki bir necha asari atroflicha tahlil qilinadi. Chunonchi, VII sinfda
Alisher Navoiyning g‘azal, ruboiy va tuyuqlardan ayrimlari va “Farhod va Shirin``
dostoni atroflicha tahlil qilib o‘rganilgan holda, boshqa dostonlari haqida umumiy
ma‘lumot beriladi”.
7
7
Зунуннов A.,Эсонов Ж. Мактабда ўқитиш методикаси.- T.: “ Ўқитувчи”, 1985 , 95-97-б.
18
Ijodkor tarjimai holini o‘rganishning nazariy-ilmiy masalasi prof. Boqijon
To‘xliyevning yuqorida tilga olingan qo‘llanmasida aniq misollar asosida talqin
etilgan.
Badiiy asarlarni o‘rganishda uning muallifi haqidagi ma’lumotlar ham
ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma‘lumotlar ko‘pincha, asarning g‘oyaviy-badiiy
mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to‘g‘ri
belgilashda yordam beradi.Mazkur ma’lumotlar qayerlarda olinadi?
Ularni adiblarning o‘zlari yozib qoldirgan tarjimai hollardan, adib haqida
aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-
bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma yozma holida yetib kelgan
manbalardan olish mumkin. Bu boradadagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va
yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir.
Badiiy asarni tahllil qilish jarayonida adibning o`z fikrlaridan foydalanish
ham yaxshi samara beradi. Masalan,Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodini
o‘rganishda bevosita uning o‘z asari ─ “Qutadg‘u bilig”ga murojaat qilish o‘rinli
bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri, adib haqida boshqa ilmiy, tarixiy
manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib qolinmagani yoki hozircha topilmay
turishidir.
Kitob muqaddimasida adib o‘zining tug‘ilgan yurtini eslatib o‘tadi:
Munuqi turug‘laq Quz O‘rdu eli,
Tub-asli,nasabdin yurumish tili.
Buning tug‘ilgan eli Quz O‘rdudir,
Tub-asli, nasl-nasabdan tili so‘z ochdi.
Quz O‘rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biri.
U Bolosag‘un nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu shahar XI asrda yaratilgan
yana bir muhtasham obida─Mahmud Kog‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida
bir necha marta tilga olinadi. Jumladan, bu shaharning arg‘un lahjasida Quz ulus,
o‘g‘uz lahjasida esa Quz O‘rdu deb yuritilishini Mahmud Qoshg‘ariy maxsus qayd
etadi.Mana bunday muallif izohlari, eslatmalari badiiy ijodning o‘ziga xos
xususiyatlarni tushunish uchun ham, adibning shaxsiyatiga aloqodor bo‘lgan
19
ma’lumotlarni oydinlashtirish uchun ham, o‘rni bilan esa muayyan bir adabiy
hodisaning ijtimoiy-estetik ahamiyatini tasavvur etish uchun ham favqulodda katta
yordam berish mumkin bo‘ladi.
Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan ham farq etadiki, uning
asarlarida hayot hodisalari, faktlari faqat qayt etilibgina qolmaydi. Har gal biror
hodisa,fakt haqidagi hikoya – yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga,
pirovardida kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu
“munosabat omili” shunchalik muhimki, faqat ugina bizga hodisa haqida
haqqoniy,mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San‘atkorning ijobiy munosabati,
mehri va muhabbat bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho‘g‘dan
olingan temirdek, o‘z rangi,harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va
tahsinimizga sazovor bo‘lishi mumkin.
8
Shuni ham qayd qilish kerakki, bugungi kundagi adabiyot o‘qitish masalasi
sho‘rolar davrida yaratilgan darslik va ilmiy manbalar tubdan farq qiladi. Bu farq
darslikning didaktik talablardan tashqari ilmiy-ma’naviy masalalarini o‘z ichiga
olishi bilan belgilanadi. Shu jihatdan, buyuk Alisher Navoiy ijodi, uning ummon
asarlari, ayniqsa, ”Xamsa” asarini o‘rganishda adabiyotshunos olimlardan
akademiklar: A.Qayumov, B.Valixo‘jayev, I.Sultonov, A.Rustamov; professorlar:
A.Hayitmetov, H.Sulaymonov, M.Muhiddinov, S.G‘aniyeva, N.Komilov,
R.Vohidov va boshqa adabiyotshunos olimlarning monografiyasi hamda ilmiy
tadqiqot ishlaridan foydalanish umumta’lim maktablari o‘quvchilarini adabiyot
olamiga olib kirishdan tashqari, ularda ilmiy tushunchalarni yuzaga kelishiga
yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida maktab partasida adabiyot haqida bilim
olayotgan talabalarni, o‘quvchilarni ijobiy qobilyatlarini o‘stirish eng muhimi,
san’at olamiga olib kiradi.
Dostları ilə paylaş: |