Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati.Davlat ta’lim standartlari ta’lim
mazmunini, shakllar, vositalar, usullarini, uning sifatini baholash tartibini
belgilaydi. Ta’lim mazmuning o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat)
ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim
standartlari o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar
va boshqa me‘yoriy hujjatlar yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘quv rejasi davlat ta’lim
standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sohalarini me’yorlashni hamda
maktabning moliyaviy taminotini belgilashga asos bo‘ladigan davlat hujjatidir.
Tayanch o‘quv rejasi predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga
yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini
ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat standartlariga
muvofiq beriladiga ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi.
6
Metodist olim Q.Yo‘ldoshevning “ Adabiy saboqlar “(T,2004) qo‘llanmasi
umumta’lim maktablarida badiiy adabiyotni o‘qitishning muhim muammolariga
bag‘ishlangan bo‘lib, unda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning
“Muhabbatnoma” asari, Lutfiy, Nodira g`azallari, Oybekning “Navoiy” romanini
o‘rganishning usullariga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan. Bu
ma’lumotlar adabiyot o‘qituvchilarining faoliyatlari uchun zaruriy dastur
hisoblanadi. SamDU dotsentlari F.Badriyev, A.Xudoyberdiyevlar tomonidan 1198-
2003-yillarda yaratilgan “Adabiyot o‘qitish metodikasi” qo‘llanmasida
umumta’lim maktablarida badiiy adabiyotni o‘qitishning nazariy va amaliy
masalalariga oid fikrlar, metodika faning tarixiy bosqichlar, boshqa fanlar bilan
aloqasi, adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish, badiiy asar tahlili, badiiy asar
6
Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Т. 2010, 43-44-б.
13
janrini o‘rganish, yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid ma’lumotlar keltirilgan;
ilg‘or maktab tajribalari umumlashtirilgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizning mustaqillik davri va
undan keyin yaratilgan darslik va metodik qo‘llanmalarda umumta’lim
maktablarida adabiyot o‘qitishning samarali usullari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy
fikrlar bayon etilgani holda shuningdek,mumtoz adabiyotimiz va hozirgi davr
adiblari ijodiga oid eng yaxshi namunalarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlar
keltirilan holda,daho ijodkor Alisher Navoiyning “Xamsa”sidagi “Farhod va
Shirin”dostonini monografik tarzda o‘rganishning usullari bilan bog‘liq bo‘lgan
nazariy fikrlar, dars namunalari kam uchraydi. Bu esa o‘z navbatida buyuk shoir
ijodini o‘rganishda o‘qituvchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Shu maqsadda mazkur
malakaviy bitirish ishimizda daho ijodkor Alisher Navoiyning jahonshumul
“Xamsa” asarini yaratishdagi poetik mahorati, asarning jahonshumul ahamiyati,
xususan, umumta’lim maktablarining IX sinfida “Farhod va Shirin” dostonini
o‘rganishning ijobiy usullari haqida ma’lumot berish, dars namunalarini keltirish,
bu asarning mamlakatimizning mustaqilligi sharoitida komil insonni
shakllantirishdagi ahamiyati haqida shaxsiy fikrlarni bayon etishni maqsad qilib
oldim.
Shu maqsadda quyidagilarni hal etish nazarda tutiladi:
1.Kirish: buyuk daho Alisher Navoiy “Xamsa”sining ahamiyati haqida fikrlar.
2.Mavzuga oid ilmiy –metodik adabiyotlar tahlili.
3.Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid metodik fiklar.
4.Q.Yo‘ldoshev,V.Qodirov,J.Yo‘ldoshbekovlar tomonidan yaratilgan darslik
(Alisher Navoiy bo‘limi tahlili).
5.”Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid nazariy fikrlar, metodik
tavfsiyalar,dars namunalari keltirish.
6.Xulosa va tavfsiyalar.
7. Ilova.
8.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini berish ko‘zda tutiladi.
|