187. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar kim tomonidan yaratilgan? *a) A. Navoiy
188. To’rt misradan iborat, ibratli fikrlar, shoirning ichki kechinmalari, o’y-mulohazalari bayon etilgan aruz vaznidagi hazaj bahrining axram va axrab tarmoqlarida yoziladigan she’r shakliga nima deyiladi? *a) Ruboiy
189. 1926-yilda yozilgan “Adabiyot qoidalari “kitobi kimning qalamiga mansub? *a) Fitrat
190. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qachon qabul qilingan ? *a) 2017-yil, 26 sentabr
191. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar qachon yaratilgan? *a) XV asrda
192. Fors-tojik adabiyotida aruz she’r o`lchovi qachon qo`llanila boshlangan? *a) IX asrning boshlarida
193. Aruz ilmining asoschisi Xalil ibn Ahmad bahrlar sonini nechtaga ajratgan? *a) 15 ta
194. “Mutolaa insonni bilimdonlik, suhbat topqirlik sari yetaklaydi” degan fikrlar kimga tegishli? *a) Frensis Bekon
195. “Kitoblarning soni emas, ularning yaxshisi foyda keltiradi” degan fikrlar kimga tegishli? *a) Seneka
196. Taqte’ arabcha so’zdan olingan bo’lib qandayma’noni bildiradi? *a) Kesish
197. Juzvlar birikishidan nechta rukn hosil qilinadi? *a) 8 ta rukn
198. “Bahr” so’zi arabcha so’zdan olingan bo’lib qanday ma’noni bildiradi? *a) dengiz
199. Ta’lim deb nimaga aytiladi? *a) bu o’quvchilarni bilim, ko’nikma malakalarni egallash, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish, axloqiy-ma’naviy fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida o’quv-bilish faoliyatini tashkil etishdan iborat pedagogik jarayon